Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janjalkash bola
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
366 Har bir sohada tozalik muhimdir ar bir sohada tozalikka ahamiyat ber- ish va poklik sari intilish taraqqiyotning asosidir. Yuqorida insonning tanasi, uy-joylari va liboslari toza bo‘lishi lozimligi aytib o‘tildi. Ammo biz yana bir a’zoning pokligiga alohida e’tibor berishimiz lozim. Bu qalbdir. To‘g‘ri, bolalar qalbi tug‘ilganida pok va ma’sum hol- da tug‘iladi. Bu a’zoni odob va xush xulqlar har xil chirk va iflosliklardan asraydi. Ammo tengdoshlaringiz ichida yomonlik qilishni qa- lbida asrab yuradigan bolalar ham uchrashi mumkin. Shunday ekan, har qanday zararli ishlardan saqlansak, qalbimizni ham toza saql- agan, uni turli ma’naviy kirlardan pok tutgan bo‘lamiz. zararli odatlardan uzoq bo‘ling! urmatli bolajonlar, hayotda inson sog‘lig‘i va ruhiy holatiga zarar keltiruvchi nar- salar ko‘p. Masalan, mast qiluvchi ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 367 sog‘lig‘imiz uchun zarari katta. Chunki mast qiluvchi ichimliklar inson aql-hushini ketka- zadi, unga har taraflama ziyon yetkazadi. Ta- maki esa salomatligimizning asosiy kushanda- sidir. Hatto uning hidi ham o‘ta zararli. Tamaki chekkan odam xavfli rak kasalligiga chalinishi ilmiy tomondan tasdiqlangan. Yana cheku- vchi kishilarning og‘zi, kiyimlari va qo‘lidan badbo‘y hid kelib turadi. Shunday ekan, bo- lalar, bunday zararli narsalar o‘rniga foydali bo‘lgan taomlar, meva-sabzavotlarni iste’mol qilish sog‘likka juda foydalidir. Janjalkash bola (Ibratli hikoya) okir a’lochi o‘quvchi, ammo uni o‘rtoqlari uncha yoqtirmaydi. Chunki u doim kim bilandir janjallashib-tortishadi, murosani bil- maydi. Kuz kunlarining birida bolalar ko‘l bo‘yida yig‘ilishdi. Ular ko‘llar va dengizlar haqida gaplashib, dengizlar ko‘llarga nisbatan sovuqroq va chuqurroq bo‘lishi haqida tor- tishib qolishdi. Ammo Zokir o‘z odatiga ko‘ra bolalar fikriga qarshi borib, o‘zining gapini ma’qullardi. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling