Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
402 riladi. Aks holda ularni chang va kir qoplaydi. Kir mikroblarni paydo bo‘ladi. Mikroblardan kasallik kelib chiqadi. Agar buyumlar toza tu- tilsa, egasiga ko‘p xizmat qiladi. Shu sabab- li pul ham tejaladi. Demak, buyumlarni toza tutishda uchta foyda bor ekan: uyning tartibli bo‘lishi, kasallikdan saqlanish va pulning te- jalishi. Kitoblar itob inson uchun ulug‘ ne’matdir. Kitob tufayli biz bilmaganimizni bilib olamiz va to‘g‘ri yo‘lni va odob-axloqni o‘rganamiz. Shuning uchun kitoblarni avaylashimiz va toza tutishimiz zarur. Kitobdan foydalangan bola shunchaki ermak uchun unga yozishi, chizishi, uning varaqlarini buklashi yoki yirtishi mum- kin emas. O‘qigan vaqtda kitob titilib-to‘zib ketishi va kir qilishi ham yomon ish. Kitob- lar uyda alohida tokchada yoki shkafda turishi kerak. Kitobni o‘qib bo‘lgach, yana o‘z joyiga qo‘yib qo‘yiladi. Kitoblarni va ular turadigan tokchalarni tez-tez artib, changdan tozalab tu- riladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 403 o‘quv qurollari 1. Daftarlar. Aqlli bolaning daftarlari toza bo‘lishi kerak. Agar daftarga siyoh bilan xato yozib qo‘ysa, nima qilish kerak? Uning ustidan bir chiziq tortiladi – bo‘ldi. Aqli kamroq bola esa xatoni tirnog‘i bilan o‘chirishga urinadi. Bunaqada daftar xunuk bo‘lib ketadi. Yozish uchun chiqarilgan daftarga rasm solinmaydi. Rasm daftari alohida bo‘ladi. 2. Qalam (ruchka). Qalamni o‘ynash, sindi- rish va og‘izga solib kir qilish mumkin emas. Ayrim odobsiz bolalar qalamni nayza qilib otadi, tishlab g‘ajiydi. Natijada qalam yaroq- siz holga keladi. Bu ota-onasi peshana teri bi- lan topgan ne’matni isrof qilishdir. Isrof qilish esa gunoh. 3. Sumka-portfellar. Kitob va daftar so- linadigan sumkalar ham toza bo‘lishi kerak. Sumkaga turli yegulik, kiyim-bosh yoki turli o‘yinchoqlar ham solinmaydi. Bu narsalarning sumkasi alohida. Ammo maktabga ketayotgan- da sumkaga quruq meva solish mumkin. Mev- ani sumkaga solishda avval kog‘ozga o‘raladi yoki maxsus idishga solinib, undan keyin sum- kaga joylanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling