Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
394
Kiyimlarni toza saqlash
Toza kiyim – pokiza tabiat
ziz bolajonlar, siz egningizdagi kiyimni 
doim toza tutishga harakat qiling. Shun-
da sizni ko‘rgan odam: “Bu bolaning tabiati 
pokiza, xulqi yaxshi ekan”, deb o‘ylaydi. Kiy-
im hashamli bo‘lishi shart emas, ammo toza 
bo‘lishi zarur.
Kir-chir kiyimda yurgan bolani ko‘rgan 
odam nima deyishi mumkin? “E, bu bolaning 
ko‘ngli ham toza bo‘lmasa kerak”, deydi. So‘ng 
undan uzoq bo‘lishni istab qoladi. Chunki kiy-
imga ahamiyat bermaslik inson tabiatining 
toza emasligini ko‘rsatadi. Aqlli bola tez-tez 
yuvinib, har doim ozoda bo‘lib yuradi. Uning 
badani toza bo‘lgandan keyin kiyimlarning 
ham tozasini kiyadi.
Agar badan toza bo‘lsa-yu kiyimlar kir 
bo‘lsa, nima bo‘ladi? Kiyimdagi kirlar badanga 
o‘tadi. Shundan keyin yuvinishning ham foy-
dasi qolmaydi.
Kiyimlar tez-tez yuvilishi va dazmollanishi 
kerak. Kattaroq bolalar kiyimlarini o‘zlari yuv-
ishga o‘rganadilar. Kichkina bolalar esa kiyim-
larini onalari yoki opalariga yuvdirib oladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
395
Ustki kiyimlar
alto, kurtka, chopon, kostyum yoki shim-
ga o‘xshash kiyimlar ustki kiyimlardir. 
Ularni ehtiyot qilib kiyish lozim. Ko‘chada yur-
ganda kiyimni nopok narsalar tegishdan saqlash 
kerak. Ko‘chadan kelganda uyga kirishdan av-
val ustki kiyimlarga bir qarab olish kerak. Agar 
chang o‘tirgan bo‘lsa, qoqib tozalanadi. Agar 
qish fasli bo‘lsa, kiyimga yopishib qolgan qor-
lar tushirib yuboriladi. Shundan keyin uyga 
kiriladi. Uyga kirgach, qalinroq kiyimlarni es-
hik oldida yechiladi, so‘ng o‘z o‘rniga qo‘yiladi. 
Duch kelgan tomonga uloqtirilmaydi. Shunda 
ular toza saqlanadi. Ba’zi bolalar ko‘chada toza 
kiyim bilan iflos joyga o‘tirib oladilar. Hech ik-
kilanmay erga dumalaydilar. Bunaqada kiyim 
kir bo‘lib ketadi va tez yirtiladi.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling