Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Kiyish mumkin bo‘lmagan kiyimlar
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 392
Kiyish mumkin bo‘lmagan kiyimlar
1) O‘g‘il bolalar uchun. O‘g‘il bolalarn- ing ko‘ylagi qizlarnikiga o‘xshagan gulli yoki yaltiroq bo‘lmaydi. Ipak kiyimlar kiyish ham mumkin emas. O‘g‘il bolalarga qip-qizil, sap- sariq, olovrang yoki pushti rangli kiyimlar yarashmaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 392 O‘g‘il bolalar tor shimlarni kiymaydilar. Ba’zi shimlar odamning orqasini aniq bildirib turadi. Bularni kiyish mumkin emas. Shimning pochasi haddan tashqari uzun bo‘lmasligi ker- ak. To‘piqdan tushib ketadigan shimni maqtal- maydi. Shortiklarning uzunligi, agar tizzadan te- pada bo‘lsa, odobli bolalarga to‘g‘ri kelmaydi. O‘g‘il bolalar qizlarnikiga o‘xshagan kiyimlarni kiymaydilar. Kiyimlari va badanlariga har xil bema’ni narsalarni osib yurmaydilar. Tilla soat taqmaydilar. Tilla taqinchoqlar qizlarga yara- shadi. 2) Qiz bolalar uchun. Beli tor, ko‘kragi ochiq, yengi kalta ko‘ylak qizlarga to‘g‘ri kelmaydi. Qiz bola shim yoki shortik kiymaydi. Chunki bular erkaklar kiyimidir. Qizlar o‘g‘il bolaga o‘xshatib qo‘yadigan kiyimlarni kiyish mum- kin emas. Odobli qizlar begona odamlar oldida taqin- choqlarini ko‘rsatib yurmaydilar. 3) Hamma uchun. Qizlar va o‘g‘il bolalarn- ing kiyimlari badanga yopishib turadigan tor bo‘lishi to‘g‘ri emas. Tor kiyim axloqqa xilof sanaladi va sog‘liqqa ziyon keltiradi. Tana- da qon aylanishiga xalaqit beradi. Tanani ko‘rsatib turadigan yupqa kiyim kiyish ham www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 393 yomon. Yupqa kiyimlar inson avratini yashira olmaydi. Xulqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Aqlli bolalarga bachkana kiyimlarni kiyish- dan saqlanish tavsiya qilinadi. Masalan, jonli narsalarning surati solingan va yomon so‘zlar yozilgan kiyimlar odobli bolalar kiyimi emas. Odobli bola bizning diniy va milliy qadriyatlar- imizga begona, o‘zga dindagilarga xos bo‘lgan kiyimlarni kiymaydi. Demak, aziz bolalar, kiyish mumkin bo‘lmagan kiyimlar quyidagilardir: 1. Badanga yopishib turadigan tor kiyim; 2. Terini ko‘rsatib turadigan yupqa kiyim; 3. Jonli narsalarning rasmi solingan kiyim; 4. Yomon so‘zlar yozilgan kiyim; 5. Hammani o‘ziga qaratadigan g‘ayri oddiy kiyim; 6. Boshqa din va millatning ramzi tushiril- gan kiyim; 7. Harom yo‘l, masalan, o‘g‘irlik bilan topil- gan kiyim; 8. Qiz bolani o‘g‘il bolaga o‘xshatib qo‘yadigan kiyim; 9. O‘g‘il bolani qizlarga o‘xshatib qo‘yadigan kiyim; 10. O‘g‘il bolalar uchun ipak kiyim. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling