Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


– Nafs mening qulim, sen esa nafsning  qulisan!.. Foydali nasihatlar


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

387
Nafs mening qulim, sen esa nafsning 
qulisan!..
Foydali nasihatlar
1. O‘zi poku ko‘zi pokni inson 
desa bo‘ladi.
2. Halol pokiza kishi doim xotir-
jamu tinchlikdadir. Birovga xiyo-
nat qiladigan kishi esa halokatga giriftordir.
3. Halollik-poklik zehn va idrokni keng va 
o‘tkir qiladi. Xalq orasida e’tiboru shuhratga 
sabab bo‘ladi.
4. Harom oz bo‘lsa ham zarari ko‘pdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
388
KiYiniSH odoBi 
nima uchun kiyim kiyiladi?
olalar, nima uchun kiyim kiyiladi, bila-
sizlarmi? Kiyim kiyishdan uch narsani 
maqsad qilinadi: 
1. Uyat a’zolarni bekitish;
2. Issiq va sovuqdan saqlanish;
3. Odamlarga chiroyli ko‘rinish.
Inson har kuni uyqudan ko‘zini ochib, Yarat-
ganga shukr qiladi. Shundan so‘ng eng birinchi 
qiladigan ish – kiyimlarni kiyish. Uyqu vaqti-
dagi yupqa kiyim bilan odamlarga ko‘rinish 
odobdan emas. Yana bizdan sog‘ligimizni saq-
lash ham talab qilinadi. Shuning uchun biz is-
siqqa va sovuqqa moslab kiyinamiz.
Chiroyli va ozoda kiyinish ham maqtalgan 
sifatlardandir. Kiyimning sodda bo‘lishi ham 
yaxshi fazilat.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
389
Kiyim kiyish va yechish odoblari
1) Kiyinish paytidagi odoblar.
1. Kiyim kiyishda “bismilloh”, deb aytish;
2. O‘ng tomondan boshlab kiyish;
3. Kiyimni shoshilmasdan kiyish. Agar 
shoshilsang, kiyimni teskari kiyishing yoki 
tugmalarini uzib yuborishing, yangi libosingni 
tez eskirtib qo‘yishing mumkin. Shu sabab li-
bosni avaylab kiyish kerak.
2) Kiyim yechishdagi odoblar.
Kiyim yechayotganda ham “bismilloh” de-
yiladi va chap tomondan boshlab yechiladi. 
Yechilgan kiyimlar chiroyli qilib taxlab qo‘yi-
ladi. Kiyim qo‘yiladigan joy odamning ko‘zi 
tushmaydigan, masalan, shkaf ichida bo‘lgani 
afzal. Shunda kiyimlar toza saqlanib, ularga 
chang yuqmaydi. O‘g‘il bolalalarning ba’zi 
kiyimlari (ko‘ylak, kostyum, ustki kiyimlar) 
vaqtinchaga ko‘z tushadigan yerda turishi 
mumkin. Ammo shim, shalvor va ichki kiyim-
larni ko‘z tushmaydigan yerga qo‘yish kerak. 
Qizlarning kiyimlari odamlarning ko‘zi tush-
maydigan pana joyda turadi. O‘g‘il bolalarning 
kiyimiga aralashmaydi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling