Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
390
Odobsiz bolaning kiyim yechishini ko‘rgan-
misiz? U ko‘chadan kelsa, kiyimlarini yechib, 
duch kelgan yerga uloqtiradi. Ertasiga mak-
tabga ketayotganda kiyimlarini topa olmaydi. 
Chunki yechgan joyini esidan chiqarib qo‘ygan 
bo‘ladi. Ba’zida u ichdan kiyadigan yupqa 
kiyim bilan ko‘chaga chiqib, hammaga kulgi 
bo‘ladi...
Kiyim turlari
1) O‘g‘il bolalar kiyimi. O‘g‘il bolalarning 
kiyimlari paxta, jun yoki kanopdan tayyorla-
nadi. Ularning rangi har xil bo‘lishi mumkin. 
Ammo oq rangli kiyimlar maqtalgan. Chun-
ki oq rang toza va yoqimli bo‘ladi. Ozgina kir 
bo‘lsa ham tezda bilinadi va tez yuviladi. Yana 
yashil rangli kiyim ham yaxshidir.
Ko‘ylak. Ko‘ylak o‘g‘il bolalar uchun eng 
yaxshi kiyimlardan biridir.
Erkaklar ko‘ylagining turlari ko‘p. Har 
bir millatning o‘ziga xos ko‘ylaklari bo‘ladi. 
Ba’zilari uzun, ba’zilari qisqaroq.
Shim, shalvar. Tikilishi oddiy shimlar o‘g‘il bo-
lalar uchun yaxshi shimlardir. Shim va shalvar-
larning pochasi to‘piqqacha tushib turadi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
391
Shortik. Shortik – yozda kiyiladigan kalta 
shalvar. Shortikning pochasi tizzani yopib tura-
digan bo‘lishi kerak. O‘g‘il bolalar cho‘milganda 
ham shortikka o‘xshagan ishton kiyadilar.
2) Ayol-qizlar kiyimi. Qizlar va ayollarning 
kiyimi kanop, paxta, jundan tashqari ipakdan 
ham tikiladi. Ranglari ham har xil va rang-
barang bo‘ladi.
Ro‘mol. Ro‘mol qizlar va ayollar eng yaxshi 
ko‘radigan kiyim bo‘lib, uning katta-kichikli-
gi har xil bo‘ladi. Xotin-qizlar uyda kichik-
roq ro‘mol o‘rashadi. Kichkina ro‘mol bilan 
ko‘chaga chiqishmaydi.
Ko‘ylak va lozim. Qizlarning ko‘ylagi keng 
va uzun bo‘ladi. Uzunligi to‘piqqacha tushib 
turadigan ko‘ylak – yaxshi ko‘ylak. Lozim ham 
uzun va keng bo‘lishi kerak. 

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling