Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Ko‘ylak va ichki kiyimlar


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Ko‘ylak va ichki kiyimlar
o‘ylak uyda ham, ko‘chada ham kiyib 
yuriladigan doimiy libos. Shuning uc-
hun u tez kir bo‘ladi. Ko‘ylakning eng ko‘p 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
396
kir bo‘ladigan qismi yoqasi va yengi. Demak, 
ko‘ylakning yoqa va yengini tez-tez tekshirib 
turish kerak. Agar kirlangan bo‘lsa, yuvdirish 
va dazmollatish lozim.
Bolalar ovqat yeyotganda ehtiyot bo‘lsin-
lar. Ba’zi bolalar ovqatni xuddi birov yeb qo‘ -
yadigandek shoshib yeganlaridan ko‘ylak lariga 
to‘kib, oqizib yuboradilar. Yana ba’zi bolalar 
beadabligi bois ovqatni yeb, qo‘lini kiyimiga 
artadilar. Bunaqada kiyim dog‘ bo‘lib qoladi, 
uni yuvsa ham ketmaydi. 
Ichki kiyimlar. Ichki kiyimlar (mayka, ichki 
ishton) odamning badaniga bevosita tegib tu-
radi. Shuning uchun ularning toza bo‘lishi juda 
muhim. Ichki kiyim boshqalarga ko‘rinmaydi. 
Har bir bola o‘zining ichki kiyimlarini tekshirib 
turishi kerak. Sal kirlangan bo‘lsa, almashti-
rish lozim.
Bolalar hojat ushatganda ehtiyot bo‘lishlari 
zarur. Chunki bu paytda kiyimga najosat (siy-
dik, axlat) tegsa, albatta yuvish shart. Nopok 
kiyimda yurish kishi sog‘lig‘iga zarardir. Agar 
ichki kiyimga e’tibor berilmasa, u hidlanib, bi-
ron-bir kasallikni yuzaga keltiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
397
oyoq qiyimlari
ufli, etik, shippak, sandal kabi oyoq kiy-
imlari ko‘chada va hovlida har xil yer-
larni bosib yuradi. Ularga chang, loy yoki na-
josat ilashib qolishi mumkin. Odobli bola yo‘lda 
yurganda nopok yerlarni bosmaydi. Mabodo 
oyog‘iga biror iflos narsa tegib ketsa, darrov to-
zalaydi. Ko‘chadan qaytganda uyga kirishdan 
oldin oyoq kiyimlariga bir qarab oladi. Agar if-
los narsa tekkaniga ko‘zi tushsa, oyog‘ini yer-
ga ishqalab tozalaydi. Yoki biror cho‘p bilan 
najosatni ketkazadi. Odobsiz bola loy, kir oyoq 
kiyimi bilan uyiga kirib ketaveradi va uyni if-
los qilib qo‘yadi.
Paypoq. Paypoq doimo poyabzal ichida va 
yechib qo‘yilganda gilamga o‘xshash narsalar 
ustida bo‘ladi. Shuning uchun u tez kirlanadi. 
Bundan tashqari ba’zan oyoq paypoq ichida 
terlaydi. Oyoqdan chiqqan ter va hid paypo-
qqa o‘tadi va keyin undan atrofga badbo‘y hid 
tarqala boshlaydi. Shuning uchun oyoqni ham, 
paypoqni ham tez-tez yuvib turish kerak.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling