Zomin davlat qo‘riqxonasining yaratilish tarixi


Download 29.97 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi29.97 Kb.
#1550246
  1   2   3   4
Bog'liq
1bob


    1. Zomin davlat qo‘riqxonasining yaratilish tarixi.

1925 yili Zominda qalam zavodi qurilishi munosabati bilan Ko‘lsoydagi archazorlarning ancha miqdordagi xoʻl o‘sayotgan ko‘chatlari kesildi. Archani Qalam dastagi sifatida ishlatish haqida gap ketganda avvalombor Zomin dala xovlisidagi archazorlar nazarda tutilgan. I.Sheglovning guvohlik berishicha (1932y.) bu archazorlar “ancha quyuq va yaxshi saqlangan”. Shunga qaramasdan qo‘riqxona hududida mos tushmagan tadbirlar amalga oshirilgan, Masalan, 1931 yilda Zomin qo‘riqxonasida erkin va yarimerkin sharoitda quyonlarni urchitish ishlari olib borildi. G.I. Ishuninning 1940 yilda yozishicha 1931 yili iyul oyida Kul-Soydagi archazorda 17-18 gektar temir to‘r bilan o‘ralgan maydonga 3000ta quyon qo‘yib yuborildi. Biroq, bir necha oy o‘tmasdan barcha o‘tli o‘simliklar yeb bitirildi, och kemiruvchilar buta va daraxtlarni g‘ajishga tushganlari bois tajriba to‘xtatildi. Natijada Zomin tog‘ archa qo‘riqxonasi beqaror ahvolga tushdi, 1934 yilda esa tugatildi.
Qo‘riqxona o‘zining uzoq davom etgan 80 yillik faoliyatida davomida ko‘pgina noxush davrlarni boshidan kechirishiga to‘g‘ri keldi. 1937 yilda u “G‘uralash” qo‘riqxonasi sifatida tiklandi. 14 yillik faoliyatdan so‘ng qo‘riqxona 1951 yilda keraksiz va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lmagan tashkilot sifatida (V.P.Lim, 1999) tugatildi. To‘qqiz yil qo‘riqxona xo‘jasiz va noma'lum sharoitda yotdi, lekin hudud yana Davlat o‘rmon fondining Jizzax o‘rmon xo‘jaligi tarkibiga kiritildi. O‘sha davrda qo‘riqxonalar faoliyatida utilitar tendentsiyalar kuchaydi, Sobiq Sho‘rolar regionlarida, shu Jumladan O‘zbekistonda ham azobi tortildi. Bayon etilganlardan ko‘rinib turibdi, hozirgi qo‘riqxona hududi taqdiri bir-birini inkor etadigan aktlar, kon'yuktir qarashlar, daqiqalik xo‘jalik ehtiyojlar tufayli yuzaga kelgan murakkab kurashlarda namoyon bo‘ldi. Qo‘riqxona faoliyatida burilish daqigasi 1959 yilda O‘zbekiston Vazirlar Kengashi qoshida yana Zomin tog‘-archa qo‘riqxonasini qayta tiklagan O‘rmon xo‘jaligi va tabiatni muhofaza qilish Bosh boshqarmasi tashkil etilganida keldi. Bu voqea 1960 yilda sodir bo‘ldi va o‘sha paytdan boshlab hozirgi kunga qadar Zomin Davlat tog‘-archa qo‘riqxonasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘mon xo‘jaligi bosh Boshqarmasi ixtiyorida.
Bugungi kunda qo‘riqxona hududi 26840 gektarni tashkil etadi, uning 92137,3 gektar maydoni o‘rmon bilan qoplangan. O‘zbekiston Respublikasi hududida archazor o‘rmonlarning eng qadimga paydo bo‘lgan ko‘rinishi faqat tog‘li qo‘riqxonalarda saqlanib qolganligini ko‘rsatib o‘tish lozim. Ular qishloq xo‘jaligiga katta zarar keltirayotgan tuproq eroziyasi va sel oqimlariga qarshi kurashda bosh faktor bo‘lib, suvni boshqarish va muhofaza qilish, tuproq muhofazasida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 29.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling