Zomin davlat qo‘riqxonasining yaratilish tarixi
Zomin davlat qo‘riqxonasining joylashuv o‘rni va chegarasi
Download 29.97 Kb.
|
1bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3 Zomin davlat qo‘riqxonasining iqlimi, orografiya va geologiyasi
1.2. Zomin davlat qo‘riqxonasining joylashuv o‘rni va chegarasi
Zomin davlat qo‘riqxonasi Turkiston tog‘ tizmasi tarmog‘i qiyaliklarining Jizzax viloyat Zomin va Baxmal tumanlarida joylashgan. Qo‘riqxona hududi yaxshi shakllangan mintaqaviy tog‘ zanjirlaridan iborat bo‘lib, dengiz sathidan 1760-3500 balandlikdagi oʻrtatog‘lik va balandtog‘likda joylashgan. Qo‘riqxonaning janubiy qismi Turkiston tog‘ tizmasining chuqur daralar bilan kesilgan tik qiyaliklarini egallaydi, shimoliy qismi keng qalinlikdagi ohakgil va sariq (sog‘) qumoqli tuproq bilan yopilgan ancha yassilangan terassali relefga ega. Qo‘riqxonaga eng yaqin aholi punktlari: sharqda Qizilmozor qishlog‘i, shimolda qo‘riqxona chegarasidan 4 km uzoqlikda joylashgan Kichikqorashaqshaq qishlog‘idir. 1.3 Zomin davlat qo‘riqxonasining iqlimi, orografiya va geologiyasi Qo‘riqxoan hududida iqlim keskin kontinentaldir. Ko‘pyillik ma’lumotlarga ko‘ra o‘rtacha yillik yog‘in 404 mm ni tashkil etadi. Yozgi yog‘inlar yomg‘ir ko‘rinishida, tog‘ cho‘qqilarida qor yoki “un” shaklida tushadi. Baland tog‘liklar zonasida qor ko‘proq may va iyun oylarida kuzatiladi. Yanvar-fevral oylarida qorning qalinligi yarim metr va undan ham qalin bo‘ladi. Issiqlikning yuqori darajasi +33 +35 iyul va avgust oylarida kuzatiladi, dekabr - yanvar oylarida -34ga tushadi, bahorgi ayoz may oyining oxirlarigacha davom etadi, erta kuzgi ayoz sentyabr oyidan namoyon bo‘ladi. Qo‘riqxonada qish barqaror va besh oy davom etadi. Qiyaliklarning past-balandligi, quyosh va shamol yo‘ nalishi ta'siridagi relef shaklining turfaligi, vertikal hududlik mavjudligi quyosh nurlari va namlik tuproq paydo bo‘lishi va denudatsion jarayonlari xilma-xilligini barpo etadi, turli xildagi daraxtlar, Xususan, qora archalar joylashuvi xususiyatini belgilaydi. Geobotanikada archa o‘rmonlari quyidagi ikki kenglikka bo‘linadi: termofil. va mikroterm archazorlari. O‘rmonchilik tadqiqotlarida (Muxamedshin, 1967, 1977) yuqori-iqlimli hududlik ro‘yxati uchun zarafshon archasi pasttog‘lik kenglikosti, yarimsharsifat archa hukmron o‘rtatog‘lik kenglikosti, turkiston archasining yuqoritog‘lik kenglikosti va turkiston archasining stlanik (yer bag‘irlab o‘sadigan buta o‘simlik) ko‘rinishidagi archasi subalip kenglikostiga boʻlinadi. Geologiya nuqtai nazaridan qo‘riqxona hududi ichida asosan slanets va qumtoshlar tashkil etgan paleozoy metamorfizlashgan jinslardan tashkil topgan. Bu choʻkindili jinslar uzoqmuddatli tektonik bosimlar va aloqali metamorfizlar natijasida hamma yoqda anchayin zichlashgan. O‘zining yoshiga ko‘ra bu plita (tog‘ jinslari tizmasi) yuqori silur davriga qaraydi. Qo‘riqxonada vulqon hodisalar o‘rmon kengliklaridan tepada, subalp hududidagi suv yig‘adigan havzalarning yuqori qismiga to‘g‘ri keladi. Katta vulqonlar o‘choglari migdori kam, kichik hajmdagi maydonni qamrab olgani bois vulqonlar daraxt-buta o‘simliklariga sezilarli zarar keltirmaydi. Biroq, vulqonlar vujudga kelgan va taronovli joylarda bu yerda ko‘proq uchraydigan turkiston archasi vulqonli egik o‘rmon shakli xususiyatiga ega. Bunday tarnovlardagi daraxtlarning bo‘yi 1,5-2,5 metrni tashkil etadi, ko‘ptupli, ko‘pshoxli, shox-shabbasi vulqon tushayotgan tomonga cho‘zilib bayroqni eslatadi, yangilanish pastki qismdagi shox-shabba va yon novdalarida vaqti-vaqti bilan mayda tuproq yig‘ilishi oqibatida vegetativ uslubda quvvatlanadi. Relefning nisbatan qismliligi, turfa iqlimli o‘simliklar qoplamida vertikal kengliklarning keng qamrovi qo‘riqxona tuprog‘ining turli-tumanligini yuzaga keltirgan. Tog‘ jinslari asosan tuproqli, ohak-tuproqli bo‘lib, kulrang, och kulrang, ahyonda ko‘kimtir va qo‘ngir rangda. Ba'zan to‘q toshko‘mirli qatlam uchraydi. Subal'p hududida, asosiy suv shaxobchalarining boshlanish joyida tog‘ jinslari hamma yoqda keng tog‘ jinslari tizmasini tashkil etib tuproqning yuziga chiqadi. Denudirlangan jarayon va mutassil shamol esishi natijasida qiyalik va suv ayirg‘ichlarida yalang‘ochlanish yuzaga kelgan. Qizil-Etaksoy bo‘ylab uzoq muddat shamol esishi oqibatida bir necha guruh katta, palaxsalar birikmasidan iborat tog‘ jinslari jimjimador va juda xushmanzara shaklga ega ancha qiziq maydon bor. Boshqa ikkita joyda denudatsion jarayon parchalangan ulkan palaxsalarning qoziqsimon ko‘rinishini shakllantirgan. Stratigrafik ma'noda hudud shimoliy va janubiy qismlarga bo‘ linadi. Shimoliy qism uchdan bir-choraklik davrining parchalangan ashyosi, janubiy qism o‘rta-paleozoy va quyi davr jinslari bilan yopilgan. Zamonaviy denudatsion faoliyat oqibatiga G‘uralash-Soyning o‘rta qismida uch baquvvat konuslarning chiqishi va yuz bergan uchoqdagi turli darajalarda o‘rmonlashgan tik tushgan qiyaliklarni ko‘rsatish o‘rinlidir. Chiqishning konuslaridagi anchayin qari archalarning yoshiga qarab bu shaklning paydo bo‘lganiga hali ikki asr to‘lmagan. Ko‘lsoy basseynida ko‘chish faoliyati ancha qadimiy xususiyatga ega, kuchish oqimining akkumulyatsiya maydoni joylashgan va yassilangan, o‘tli qatlam bu maydon formatsiyasiga xos daragacha qayta tiklangan. A.I. Popov keltirgan (1935) ma’lumotga ko‘ra Ko‘lsoy o‘zining dastlabki janubi-sharq o‘zanini andezitlarning chiqishidagi hosilalar natijasida o‘zgartirgani vulqon oqibatida chiqib kelganidan dalolatdir. Shunday qilib qo‘riqxonaning butun hududi baland kengliklar, manzara va tik qiyaliklar bo‘ylab tarqalgan o‘rmon o‘simliklari xususiyati bilan tipik tog‘ relefiga ega. Download 29.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling