Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haqiqiy pahlavon kim
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
424 to‘ldirib olmanglar, chunki yo‘l yolg‘iz sizlar uchun emas. 4. Agar bir ojiz yoki zaif kishi yo‘ldan o‘tkazib qo‘yishni so‘rasa, darhol unga yordam ber. Buning savobi juda katta. Bu bechora bi- lan yurishga uyalma. 5. Ko‘chada ketayotganingda kitob o‘qish bilan mashg‘ul bo‘lma, yon-atrofga ko‘p alan- glama. Tijorat do‘konlari yoki o‘yingohlar old- ida ko‘p turib qolma. 6. Yurganingda shoshilib tez ham yurma, juda sekin ham yurma, o‘rtacha yurgin va do- imo oldingga qara. 7. Mashinaga yoki biron-bir ulovga mingan bo‘lsang ham yo‘lda ketayotganingda ovqat yeyishing odobdan emas. 8. Yo‘lda yotgan toshni oyog‘ing bilan tepma va sotuv do‘konlari eshiklariga osib qo‘yilgan mollarni o‘ynama. 9. Agar sen velosiped yoki mashinada bo‘lsang, ko‘chaning o‘ng tomonidan yur. 10. Yurib ketayotgan tramvayga minishga yoki undan tushishga urinma. 11. Agar yo‘ldan adashib qolsang yoki o‘rtog‘ing yashaydigan joyni bilmasang, odob bilan yon-atrofdagilardan so‘ra. 12. Agar biron kishiga bilmasdan ozor yet- www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 425 kazib qo‘ysang, masalan, turtilib ketsang yoki yo‘lovchi qo‘lidan biron narsani tushirib yu- borsang yoki uning oyoq kiyimini bosib olsang, muloyimlik bilan kechirim so‘ra. 13. O‘zing tanimaydigan odamning yuziga uzoq tikilib turma va nogironlarni masxara qilma. Haqiqiy pahlavon kim? (Ibratli hikoya) olid kuchli, juda qo‘rqmas bola. Stulni bukmasdan turib, bir qo‘lida ko‘tara ol- adigan kuchi bor. Maktabda sportning kurash turi bilan shug‘ullanardi. Hech kim uni mag‘lub qila olmagan. U bilan eng ko‘p kurashgan Nuriddin degan bola edi. Bir kuni ikkovlari maktab bog‘ida janjal- lashib, urishib qolishdi. Kurashda Nuriddin yengildi. Sinfga kirganida esa u Xolidning ki- tobini yirtib, yaroqsiz holga keltirdi. Bu ishni ko‘rgan Xolidning jahli chiqib ketdi, o‘rtog‘iga tashlanib, uning yuziga musht tushirdi. Nati- jada Nuriddinning burni qonab, kiyimlari qon- ga belandi. Sinf ham ifloslandi. Bu hodisadan butun sinf xafa bo‘ldi. Xolidning bu ishini oqlab www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling