Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
426
bo‘lmaydi. Chunki bir hadisi sharifda: "Raqib-
ini yenggan pahlavon emas, balki g‘azab kel-
ganida o‘zini bosib tura olgan haqiqiy pahla-
vondir”, deyilgan.
Farzand ota-onasi uchun
nima qilishi kerak?
y aziz farzand, ota-onang senga eng yaqin, 
seni eng ko‘p yaxshi ko‘radigan va senga 
juda mehribon insonlardir. Ular sening hayo-
tga kelishing sababchilaridir. Senga g‘amxo‘rlik 
qilish, tarbiyalash va seni barcha ozorlardan 
saqlashda ularning juda ham katta xizmatlari 
bor. Shunday ekan, ularning fazilatlarini bilib 
olib, ota-onangni hurmat qilishing kerak.
ona fazilati
1. Onang seni to‘qqiz oy qornida ko‘tarib, 
shu vaqt orasida ko‘p og‘riq va qiyinchiliklarni 
boshidan o‘tkazgan.
2. U sening jisming va kiyimlaringning to-
zaligiga e’tibor berar edi. Seni emizganda te-
pangda uzun tunlarni bedor o‘tkazar edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
427
3. U senga qanday yeyish, ichish, yurish va 
o‘ynashni o‘rgatgan, sen o‘shanda bularning 
birontasiga kuchi yetmaydigan bir ojiz bola 
eding. Senga og‘riq bergan narsa uni og‘ritar 
edi, seni xursand qilgan narsa uni xursand qi-
lar edi. Demak, sen onang bilan bir butun ta-
nasan.
ota fazilati
1. Otang har kuni ko‘chaga chiqib, qiynal-
ib mehnat qilib, senga kerakli taom, kiyim, 
o‘yinchoq va boshqa narsalarni sotib olib kelar 
edi.
2. Sen ulg‘aygach, u seni maktabga yubordi. 
Ta’lim olishing uchun pul topib, sarfladi, seni 
odam bo‘lsin, katta bo‘lganida qiynalmasin, 
deb iztirob chekdi. 
3. Agar kasal bo‘lsang, seni davolash uchun 
doktorga olib borib, sog‘ayishing uchun dori-
darmon olib kelar edi. Demak, otang sen uc-
hun tayanchdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling