Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
442 qanchalik xursand bo‘lmasin, buni bildirma- di. Darhol hamyonini ochib sanab ko‘rgach, bechora etikdo‘zga tuhmat qilib shunday dedi: “Shundoq ham oladigan pulingni allaqachon olib bo‘libsan!”. Vali etikdo‘z savdogarga shun- day debdi: “Og‘zingizga qarab gapiring! Men faqir kishiman, ammo yolg‘onchi, o‘g‘ri emas- man! Va’da qilgan pulingizni berolmasangiz, meni o‘g‘irlikda ayblamang”. Nopok savdogar Vali etikdo‘zga tuhmat qilib, hatto ikkovi mahkamaga (qozixonaga) borishdi. Ikki tomon so‘zini eshitgan qozi savdogarning aldayotganini sezdi va uni qattiq jazolamoq- chi bo‘ldi. Qozi g‘azabini bildirmay o‘z qarorini e’lon qilib dedi: “Savdogar hamyonidan yuz oltin tanga olinganini da’vo qilayapti, etikdo‘z esa hamyondan hech narsa olmaganman, deb aytayapti. Men har ikkisining so‘ziga ishona- man, ikkovining ham gapi rost. Shuning uchun etikdo‘z topib olgan bu hamyon boshqa odam- niki, hamyon to egasi chiqqunicha mahkamada turib turadi”. Baxil savdogar etikdo‘zga qilgan ishidan afsuslandi, ammo endi kech edi... www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 443 Ustoz otangdek ulug‘! ziz bolalar! Ustozni hurmat qilish sizning burchingizdir. Ba’zi kitoblarda ustozning haqqi ota-ona haqqidan keyin turishi aytilgan. Chunki ota-onangiz dunyoga kelishingizga sa- babchi bo‘lsa, ustozingiz, qadrli muallimingiz oq-qorani tanitadi, o‘qish, yozish va fikrlashga o‘rgatadi. Shunday ekan, bolalar, ustozni hur- mat qilish va unga minnatdorlik izhor qilishi- miz lozim. Ustozga hurmat bilan muomalada bo‘lish qatorida undan hol-avhol so‘rash, biron ish buyursa, darhol bajarish lozim. Shuningdek, kamtarona munosabatda bo‘lamiz, hech qa- chon ustozdan o‘zimizni katta tutmaymiz. Chunki uning yoshi, ilmi va tajribasi ham bi- znikidan ko‘proq. Shunday ekan, uni behur- mat qilmaslik va ustozlik haqqini ado qilish talab etiladi. Ota-onamizga qilgan yaxshiliklarni albat- ta ustozimizga ham qilishimiz kerak. Bundan tashqari, ularga yaxshilik so‘rab duo qilishimiz, duolarini olishimiz va aytganlarini bee’tibor qoldirmay ado etishimiz lozim. Ba’zi yomon bolalar ustozlarini xafa qiladilar, aytganlari- www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling