Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Farzand ota-onadan doim qarzdor
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 434
- Farzand onaning bir bo‘lagidir!
Farzand ota-onadan doim qarzdor
ziz bolajonlar, shuni bilinglarki, atrofin- gizdagi bolalar, o‘rta va katta yoshda- gi kishilar marhamatli va shafqatli bo‘lishlari mumkin. Ammo hech bir kishi sizlarga ota- onangizdek sadoqatli bo‘lolmaydi, hech kim ota-onangizdek xizmat yo‘lida mashaqqat chek - magan. Ota-onangiz hamisha sizlarning bar - kamol va solih bo‘lishingizni xohlaydilar. Ota-onangiz sizlarni parvarish qilishda is- siq-sovuqqa chalintirmay, sog‘-salomat, odobli va ilmli bo‘lishingizda chekkan mashaqqatla- rini, tortgan kulfatlarini, o‘zi yemasa ham si- zlarga yedirib-ichirganini unutmang. Hamisha ularning roziligi yo‘lida xizmat va hurmatlarini joyiga qo‘ying. Shuni unutmangki, ota-onan- gizning sizlardan umidi katta. Ular sizlarni qa- drli va hurmatli, ulug‘ kishilar bo‘lishingizni hamisha umid bilan kutib turadilar. Shunday ekan, fursatni qo‘ldan boy bermang. Har soat www.ziyouz.com kutubxonasi Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 434 va kunni g‘animat bilib, ota-onangiz ko‘nglini ko‘tarish, xursand qilish harakatida bo‘ling. Zaif va nimjon vaqtingizda ota-onangiz tar- biyalari tufayli sizlar odamga aylandingiz va o‘sib voyaga yetdingiz. Shunday ekan, ota- onaga buning evaziga doim yaxshilik qilib, ularning duolarini olish kerak. Aziz bolalar, ota-ona diydorini g‘animat bil- ing. Bugun ota-onamiz oldimizda, belimizga quvvat, g‘am va xursandchiligimizga sherik bo‘lib turishibdi. Shunday ekan, ularni qadriga yetish kerak. Farzand onaning bir bo‘lagidir! nalarimiz bizlarni voyaga yetkazish uc- hun mehru muruvvatlarini ayamagan, oromidan kechib, kechalari uxlamay tarbi- yamiz bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Xafa bo‘lsak yoki ko‘nglimiz bir narsadan ranjib qolsa, atro- fimizda parvona bo‘lgan, tobimiz qochib qolsa, huzur-halovatini yo‘qotgan ham onadir. Ona biz uchun bog‘bondir. U doim bizni par- varish qilish payida bo‘ladi. Buni tushungan har qanday bola o‘z onasi hurmatini barcha narsadan ustun qo‘yadi. Aqlli farzand bir daq- www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 435 iqa bo‘lsa ham ona mehrini esdan chiqarmaydi, kichikroq bo‘lsa ham ishga qo‘l urganida onani bundan xabardor qilib, uning roziligini oladi. Aytgan so‘zlariga quloq solib, maslahatlariga amal qiladi, har vaqt onani minnatdor qilishga intiladi. Biz onamizning bir bo‘lagimiz, agar bi- ron a’zomiz og‘risa, onamizning tani og‘riydi, agar biz xursand bo‘lsak, onamiz ham xursand bo‘ladi. Shunday ekan, doim onamizga e’tiborli bo‘laylik, ularni qarovsiz qoldirmaylik, hami- sha holidan xabar olib turaylik. Download 5.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling