Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Foydali nasihatlar
1. O‘zing ham, moling ham 
otangnikidir.
2. “Ota-onasini hurmat qilgan 
kishining umri uzun bo‘ladi”.
3. “Haqiqiy farzand har bir sohada o‘z otas-
ining hukmiga bo‘ysunadi”.
4. O‘g‘il dono bo‘lsa, ota rohat topibdi.
5. Otaning xatosi uchun tanbeh beruvchi 
bo‘lma.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
432
ota-ona o‘rnini hech kim bosolmaydi
ta-ona uchun farzandining chiroyli xulqi 
va odobi muhimdir. Odobli bolaning ota-
onasi kambag‘al bo‘lsa ham hech ayb emas. 
Chunki har bir narsa Yaratganning xohish-
irodasiga bog‘liq. Ota-onasining faqirligini ayb 
sanash, buni o‘zlariga aytib, taqdiridan nolish 
juda katta xatodir.
Ey farzand, sening ota-onang hayot ekan, 
sog‘-salomat ekan, ularning qadriga yet, yas-
hab turganini g‘animat bil. Shuni unutmaki
ota-onaning kambag‘alligi ayb emas. Aslida 
farzandning odobsizligi nihoyatda katta aybdir. 
Odobsiz bolaning ota-onasi boy, martabali yoki 
olim bo‘lsa ham odamlar e’tiborida bo‘lmaydi. 
Unday bola ota-ona sha’niga isnod keltiradi. 
Farzandi tufayli obro‘’-e’tibordan qolgan ota-
ona kasallikka chalinadi, vaqtidan erta qariydi, 
umri qisqaradi.
Odobli bolaning ota-onasi faqir va kambag‘al 
bo‘lsa ham bolasi tufayli qadrli va hurmat-
li bo‘ladi. El-yurt orasida hurmatda, izzatda 
bo‘lgan ota-onaning sog‘lig‘i yaxshi, ruhi tetik 
bo‘ladi. Tengdoshlariga nisbatan yosh ko‘ri-
nadi, umri uzayadi. Shuning uchun sen odobli 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
433
va yaxshi bola bo‘lishing kerak. Shunda ota-
onangni hurmat etib, ularni xursand qilgan va 
qadrlariga yetgan bo‘lasan. Zero, ota-onang 
o‘rnini hech kim bosolmaydi.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling