Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
446
odamlarni hurmat qilish
uyidagi odoblarga rioya qilish odamlarni 
hurmat qilish jumlasidandir:
1. Salomni oshkora ber, ko‘rishganda tabas-
sum qilib, ochiq chehrali bo‘l. Chunki yuzni 
burishtirish va kibr odamlarda senga nisbatan 
nafratni paydo qiladi.
2. O‘zingga yaxshi ko‘rgan narsani odamlar-
ga ham yaxshi ko‘r va o‘zingga ravo ko‘rmagan 
narsani odamlarga ham ravo ko‘rma. O‘ziga 
yoqqan narsani o‘zgalardan qizg‘anish va yo-
qtirmagan narsani birovlarga berish odobli bo-
lalar ishi emas.
Agar avtobus yoki tramvayda o‘tirgan bo‘lsang, 
o‘zingga yetarli joydan oshig‘ini band qilma. 
Chunki boshqa odamning o‘tirishiga xalaqit be-
rasan. Unutma, jamoat transporti yolg‘iz seniki 
emas, unda boshqa odamlarning ham haqi bor.
3. Senga gapirayotgan odamga ovozingni 
baland ko‘tarma. Agar ular ota-onang, o‘qi-
tuvching kabi sendan yoshi ulug‘ va martabali 
kishi bo‘lsa, senga gapirayotgan paytda uning 
so‘zini bo‘lma.
4. O‘zing yoki mashinang ovozi yoki uni tez 
haydash bilan odamlarni bezovta qilma. Chun-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
447
ki yo‘lda yosh bolalar, zaifa ayollar va qariya-
lar bor. Sening bu qilig‘ing ularga ozor beradi.
5. Kambag‘alni kambag‘alligi uchun tahqir-
lama, bechorahol, nogiron yoki badanida biron 
aybi bor kishilarni masxara qilma. Balki o‘sha 
odam uchragan kasallikdan seni salomat qil-
gani uchun Allohga shukr qil.
6. Biron kishini u yomon ko‘radigan laqab 
bilan chaqirma. Do‘stlaring va tengdoshlaring-
ga laqablar to‘qima. Chunki bu ularning diliga 
ozor yetkazadi.
Bolalar lug‘ati
Hurmat
– izzat, ehtirom, si-
ylash, qadrlash; obro‘-e’tibor.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling