Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
444 ni vaqtida bajarmaydi, darsda o‘rtoqlari bi- lan gaplashib o‘tirib, muallim so‘ziga quloq tutmaydi. Aziz bolalar, unutmangki, ustozini xafa qilgan va uni ranjitgan bolalar hayotda yaxshilik ham, baraka ham topmaydi. Zero, biz ustozimizni hurmat qilib, undan ko‘p bil- imlarni olsak, hayotda qoqilmaymiz. Ustozimiz biz uchun ma’rifat ziyosidir. Ustoz qadri katta hayot boshlab, biron kasb boshini tutib, yas- hay boshlagandan keyin bilinadi. Ana o‘shanda maktab davrida bilim olmagani, agar bilim olganida, ustozining pand-nasihatlariga quloq tutganida, yaxshiroq ishlarda ishlab, yax- shiroq pul topishi mumkinligiga afsuslanadi. Ammo endi kech bo‘lganini, hayotni orqaga qaytarib bo‘lmasligini bilib, o‘zidan o‘zi xafa bo‘ladi. Ey farzand, senga ilm o‘rgatayotgan ustoz mehrini qozonish uchun quyidagilarga amal qilishing kerak: 1. Ustozingdan oldinda yurma. 2. Ustozing o‘rniga o‘tirma. 3. Ustozing oldida ruxsatsiz gapirma. 4. Malol keladigan bo‘lsa, dars vaqtida ko‘p savol berma. 5. Dasrga kech kelma. 6. Ustozingni bezovta qilma. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 445 Hikoya qilinishicha, Imom Buxoriy bobomiz bir muddat Makkai mukarramada dars olishi- ga to‘g‘ri keladi. Bir ziyoratchi u zotning Bux- oroi sharifdagi bir ustozidan salom va maktub keltirganida ustoz yurtidan kelganini bilib, u bilan quchoq ochib ko‘rishadi va unga hurmat bajo keltiradi. So‘ng salom xabarini eshitgan- ida, Buxoroi sharif tomonga yuzlanib, salom- ga alik olib, ustozi haqiga duo qiladi. Keyin maktubni ikki qo‘llab olib, ehtirom bilan xatni o‘qiydi. Qarang bolalar, qanday ibratli voqea?! De- mak, ustoz o‘zidan uzoq joyda bo‘lsa ham un- ing huzurida turgandek hurmat bajo keltirish va uni doim e’zozlash lozim ekan. Hikmat ir hakimdan: – Nima uchun ustozingni otangdan ham yaxshi ko‘rasan? – deb so‘raldi. – Ustoz abadiy tirikligimning sababchisi, otam esa o‘tkinchi hayotimning sababchisidir! – deb javob qildi u. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling