Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
452 2. Agar yaxshi gaping bo‘lmasa, tilingni bo‘hton va g‘iybat bilan bulg‘ama. 3. Yaxshilik yo‘lida chekilgan mehnat yerda qol maydi. 4. Biror kimsaga katta yaxshilik qilgan bo‘lsang ham, uni kichik deb bil, birov senga yaxshilik qilgan bo‘lsa, uni katta deb bil. olim bo‘lgan cho‘pon (Ibratli hikoya) y farzand, sen pandu nasihatlarga quloq solsang va ulardan ibrat olsang, yax- shilab amal qilsang, diling doimo shod bo‘ladi, kundan kunga o‘saverasan. Aytishlaricha, Luqmoni hakimnikiga bir guruh kishilar mehmon bo‘lib kelishdi. Undan hikmatga oid narsalar haqida so‘rashdi. Shun- da kelganlardan biri: – Ey hakim, sen falon joyda cho‘ponlik qil- gan kishi emasmisan? – deb so‘rab qoldi. – Ha, o‘sha cho‘ponman, – deb javob berdi Luqmon, – hozir ko‘rib turibsanki, hakimman. – Bu darajaga qanday erishding? – so‘radi u. Luqmoni hakim unga: www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 453 – To‘g‘ri so‘zlash, odamlarga yaxshilik qil- ish, omonatga xiyonat qilmaslik, yolg‘on so‘zlamaslik, behuda gapirmaslik, musibat va qiyinchiliklarga mardona chidash va o‘zini ka- mtar tutish tufayli! – deb javob berdi. ziyorat qilish odobi uhabbatni oshiradigan va do‘stlikni mus tahkamlaydigan sabablardan biri bayramlar, dam olish kunlarida, safarga bor- moqchi bo‘lganda yoki safardan kelganda, kasal bo‘lganda o‘zaro bir-birini qutlab, ziyor- at qilib turishdir. Ziyorat qilishda rioya qilinadigan bir qan- cha odoblari bor. Jumladan: 1. Ziyorat qilish uchun munosib vaqt tan- lagin. Bu uxlash, ovqatlanish yoki boshqa ish bilan mashg‘ul bo‘linadigan vaqt bo‘lmasin. 2. Borishi haqida oldindan xabar berish (bu aslo manmanlikka kirmaydi, “meni munosib kutishga harakat qilinglar”, degan ma’noni an- glatmaydi. Balki ularni oldindan ogohlantirilsa, mezbonlar noqulay ahvolga tushib qolmaydilar). 3. Agar ziyorat uchun ma’lum vaqt tayin etilsa, unga rioya qil. Undan erta ham, kech ham borma. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling