Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
454
4. Agar biron uyga kirmoqchi bo‘lsang, oldin 
uy egasidan ruxsat so‘ra. Agar uy egasi senga 
eng yaqin kishi bo‘lsa ham.
5. Uyga kirayotganda seni qarshi olayotgan 
kishiga salom ber.
6. Uyga kirayotganingda yo‘lingda duch 
kelgan narsalardan ko‘zingni yerga qaratib 
o‘tgin. O‘tirgan paytingda uy jihozlari yoki de-
razalariga alanglab ko‘p qarama. Shuningdek, 
o‘zingga lozim ko‘rilgan joyda o‘tir.
7. Gapirayotganingda o‘rta ovoz bilan gapir. 
Foydali so‘zlar bilan cheklan.
8. Oldingga qo‘yilgan ovqatni yomonlama.
9. Uy egasining xursandligi yoki tashvishi-
ga sherik bo‘l. Xursand vaqtlarida tabriklab
tashvish chekayotganida unga dalda bo‘l.
10. Uzoq o‘tirma. Chunki uy egasining 
boshqalar bilan ham va’dasi yoki qiladigan 
ishlari bordir.
11. Kasal ko‘rishga borganingda ham uzoq 
o‘tirma yoki ko‘p gapirib uni qiynab qo‘yma. 
Uning oldida faqat xursand va xotirjam qiladi-
gan so‘zlarni gapir.
12. O‘zingdan zeriktirib qo‘yadigan dara-
jada ko‘p ziyorat qilma. Yoki butunlay aloqani 
uzib qo‘yadigan darajada ziyoratni kamaytirib 
yuborma.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
455
13. Seni ziyorat qilishga kelgan kishining 
yuziga ochiq tabassumli bo‘l. Uning oldiga 
mehmonlarga atalgan narsalardan qo‘y va ke-
tayotganida uni eshikkacha kuzatib chiq.
14. Zimmangdagi vazifani bajarish va ora-
dagi do‘stlikni saqlab qolish uchun ziyorat qil-
gan kishini sen ham ziyorat qilib tur.
Bolalar lug‘ati:
ziyorat
– tashrif, tabarruk joy-
larga safar qilish, yaqin kishilarni 
va yoshi ulug‘ keksalarning holi-
dan xabar olish.
dalda bo‘lish
– ruhiyatni 
ko‘tarish, kuch-quvvat va g‘ayrat 
bag‘ishlash; yordam, himoya.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling