Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
542
– baland ovozda o‘qish;
– o‘rtoqlari
bilan savol-javob qilish;
– mavzuga tegishli testlarni yechish va ka-
mchiliklarini bilib, ularni o‘rganish.
– ma’lumotlarni yodlab qolish uchun tush-
unib o‘qish hamda amaliyatda qo‘llash kerak.
– imtihon kunidan oldin oxirgi marta belgi-
lab qo‘yilgan qaydlarga yoki kitobning muhim
joylariga qarash samara beradi.
10. Jismoniy mashqlarga beparvo bo‘lmaslik.
Sog‘lom bo‘lishni
xohlaydigan har bir bola
jismoniy mashqlarni
har doim bajarib turi-
shi kerak. Chunki mashq orqali qon ay-lanishi
tezlashadi, miyamizga
kislorod yetib boradi,
mushaklar kucha-yib, bo‘g‘inlarning harakati-
ni ta’minlaydi, ruhiy taranglik kamayib, kuch-
quvvat ortadi.
Mashq tufayli yurak, buyrak,
o‘pka va tomirlar kuchga to‘ladi, tomirlar ken-
gayadi va elastik (egiluvchan) holga keladi.
Aziz bolalar,
bu kabi mashqlarga beparvo
bo‘lmang. Eng qulay mashq yurish va zinadan
chiqib-tushish, ayniqsa, futbol, suzish, velo-
siped haydash, tennis, voleybol, basketbol kabi
sport turlari bilan shug‘ullanish lozim. Dars-
dan toliqqanimizda
jismoniy mashqlar qilish
foydali. Bu bilan dam olamiz, badanimiz va aq-
limizga kuch-quvvat qo‘shiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi