Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


11. Televizor, telefon va kompyuterdan


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

543
11. Televizor, telefon va kompyuterdan 
uzoq bo‘lish.
Ta’lim olayotgan o‘quvchi e’tiborini jalb 
etadigan barcha narsadan uzoq bo‘lishi zarur. 
Hatto uyali aloqa vositasi ham xalaqit bergani 
uchun uni o‘chirib qo‘yishi kerak.
Dars vaqtida begonalar telefon qilsa, o‘quvchi 
dasrdan chalg‘iydi va xayoli bo‘linadi. Shuning-
dek, televizor qarshisida uzoq vaqt o‘tirish an-
cha vaqtimizni oladi va darsga kirishish oson 
bo‘lmaydi. Televizor dars qilishga to‘sqinlik qiladi.
Ba’zi o‘quvchilar dars jarayonida televizorga 
quloq solib, yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirishlari 
noto‘g‘ri. Bundan tashqari, kompyuter o‘yinlari 
o‘quvchini toliqtiradi. Undan faqat kerakli ish-
lardagina foydalanish lozim.
12. Vaqtida ovqatlanish muhim.
Aqliy mehnat bilan shug‘ullanayotgan o‘quv-
chilar ovqatlanishga e’tibor berib ko‘p ovqat yey-
ishdan tiyilishlari kerak. Ammo meva va sabza-
votlarni ko‘p iste’mol qilinsa, sog‘liqqa shuncha 
foyda keltiradi. Asal, uzum, yong‘oq kabilar 
aqlni charxlaydi, xotirani kuchaytiradi. Taom-
lanishda qorinni haddan ziyod to‘ydirmaslik 
lozim. Shuningdek, juda kam taom yeyish ham 
to‘g‘ri emas, balki me’yorida yeyish talab etiladi. 
Luqmalarni yaxshilab chaynab, o‘tirib ovqatla-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
544
nish kerak. Ammo turib yoki yurib ovqatlanish 
sog‘liqqa zararli.
13. Uyquning ahamiyati.
Uyqu faqat tana uchun emas, balki miya 
dam olishi uchun ham muhimdir. Vaqtida ux-
lamagan o‘quvchi ishyoqmas, dangasa va haf-
salasiz bo‘lib, uning ish unumdorligi ham pas-
ayadi. Shu sababli o‘quvchilar uyqu soatlariga 
e’tiborli bo‘lib, me’yorida va vaqtida uxlab 
dam olishlari kerak. Ammo bolalar quyidagi-
larni unutmang:
– ko‘p uxlagan odam ko‘p dam oladi, deb 
juda vaqtli uxlash noto‘g‘ri. Majburiy dam ol-
ish insonni asabiy holga keltiradi.
– ko‘p uxlagan odam ham vaqt yo‘qotadi, 
ham dangasa bo‘lib qoladi.
– ertalab vaqtli uyg‘onib, sokin muhitda 
dars qilish yaxshi natija beradi.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling