Farzand tarbiyasi bilan bog’liq ma’rosim va urf-odatlarda islom dinining o’rni. Annotation


Download 104 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi104 Kb.
#1559240
1   2   3
Bog'liq
Maqola bola tarbiyasi

Tahlil va natijalar. Fanda qabul qilingan o’ziga xos mezonlarga ko’ra insoniyat hayotining muhim burilish nuqtalari bilan bog’liq, tarzda o’tkaziladigan tadbirlar oilaviy marosimlar deb yuritiladi.Oila va oilaviy marosimlar etnosga oid madaniy va maishiy anʼanalar uzatuvchisi hamda davomchisi hisoblanadi. Kishilar hayot faoliyati bilan bog’lik, anʼanalar ijtimoiy-siyosiy anʼanalarga qaraganda birmuncha mutaassibrok, konservativroqdir.O’zbeklardagi ayolning homiladorlik davri bilan bog’lik, urf-odatlarga binoan, ona o’z homilasini yovuz kuchlar xurujidan omon saqlashi uchun muayyan tartib-ta’qiqlarni bajarishi lozim bo’lgan.Bu qoidalarga yoki taqiqlarga muvofiq, homilador ayolning qorong’uda yolg’iz yurishi man qilingan.Homiladorlik davridagi ona bilan bolani yovuz kuchlar taʼsiridan saqlashga yo’naltirilgan afsungarlik ko’rinishlari animistik eʼtikodlar asosida paydo bo’lgan. To’g’ilgan chaqaloqning kindigi doya momolar tomonidan umri uzun, rizqi butun bo’lsin degan niyatda yuqoriga qarab kesilgan.Аxborotchilarimizning aytishlaricha, kindik pastga qaratib kesilsa go’yoki bola yo’lda yurgan paytda qora tovon kasaliga chalinib nobud bo’lar ekan.1 Chaqaloqning kindigi kesilgandan keyin maʼlum vaqtdan so’ng mevali daraxt ostiga ko’mib qo’yilgan. Mevali daraxtlar esa dunyo xalqlarida yaqin o’tmishga qadar qadimgi hosildorlik maʼbudasining yorqin timsoli hisoblangan.2 Kishilarga ism qo’yish tarixi totemizm, shomonlik, afsungarlik, ajdodlar eʼtikodi kabi qadimiy diniy eʼtivd va topinishlar bilan ham bog’liq. Baʼzi ismlar bolaga og’irlik qiladi,degan mulohazaga ham berilgan. Hatto bola bu ulug’, og’ir nomni ko’tara olmay baxtsizlikka uchrashi mumkin, deya irim qilingan.Umuman bunda mutanosiblik-munosiblik nuqtai nazarida amal qilingan. Shu bilan birga juda qadim zamonlardan bolaning sog’ bo’lishi, yashab ketishi, kelgusi baxti unga qo’yiladigan ism bilan bog’lik bo’ladi, deb hisoblashgan. Ismda taqdirga ishorat bor degan g’oya hanuzgacha yashab kelmoqda. Binobarin, chaqaloqqa muvaffaqiyatli tanlangan va berilgan nom uning taqdirini o’zida mujassam etadi, kishi o’z ismiga o’xshaydi, deb ishonilgan. Natijada odamlar «xosiyatli» (qutli) va «xosiyatsiz», yaxshi va yomon ismlar bor, deb tasavvur qilganlar. Shu sababli chaqaloqning turli kasalliklarga chalinaverishi yoki oilada bolalarning nobud bo’laverishi, bola badanida turli nuqsonlar mavjud bo’lishi, qolaversa, farzandning kelgusi baxti uning ismiga bo’lik deb tasavvur qilinadi. Oilada farzand birin-ketin nobud bo’laversa farzandga Tursun, To’xtasin, O’lmas, Turdi, Turg’un, Turg’unoy, Ergash, Yo’ldosh, kabi ismlar qo’yilgan. Qadimiy diniy eʼtiqodlarga asoslanib kukka (osmonga) oy, kun (quyosh)va boshqa osmon jismlari qudratiga sig’inish asosida Oyxon, Oyqiz, Yulduz, Hulkaroy, Cho’lponoy, Qo’yoshbek, Tangriberdi kabi ismlar paydo bo’lgan. Baʼzida Muqaddas deb ulug’langan hamda sig’inilgan hayvonlar, jonivorlar,qushlarning nomlaridan ham ismlar yasalgan. Bunday ismlar guruxiga Bo’ri, Bo’rivoy, Eshbo’ri, Аrslon, Lochin, Burgut, Qo’chqor, Sherzod kabi ismlar kiradi. Baʼzi chaqaloqdar badanidagi qandaydir ortiqcha belgilar bilan: xol, toj, qizil tamg’a, ortiqcha barmok va boshka belgilar bilan to’g’ilgan. Bu nuqson va belgilar bolalarga ism berishda xisobga olinmasa ular bolaning sog’ligi, hayoti, kelajak turmushiga xavf tug’diradi, deb tushunilgan. Bunday norasidalarni o’z nomi bilan tug’ilgan bola, deb hisoblashgan va ularga o’sha ortiqcha belgilar nomidan yasalgan ismlar qo’yilgan. Chunonchi, Xolboy, Xolbibi, Аnor, Аnorvoy, Аnorxon, Toji, Tojixon, Tojigul, Ortiqvoy.Norboy, Ochil va boshqalar.Odatda, farzand to’g’ilganda va kelin-kuyov turmushining nikohdan, marhumning vafotidan keyingi 40 kunlik davriga nisbatan chilla atamasi qo’llaniladi va bu davrda maʼlum tartib-qoidalar, magik rasm-rusumlar, cheklashlar va tabularga amal qilinadi.3 Chaqaloq, marosimiy tarzda chumiltirilgandan so’ng hatto uni yuvintirishga ishlatilgan suv ham oyoqostiga emas, balki biror - bir mevali daraxt tagiga to’kilgan. O’z o’rnida taʼkidlash joizki, chaqaloqni birinchi marta marosimiy chumiltirish uni nafaqat gigienik jihatdan poklanishini anglatgan, balki ramziy maʼnoda uning bir olamdan ikkinchisiga o’tishi, yaʼni uning «tabiat» olamidan insonlar dunyosiga o’tishini ham anglatgan. Bola marosimiy tarzda cho’miltirilgandan keyingina oilaning rasmiy aʼzosi hisoblangan. Umuman olganda, yuqorida taʼkidlangan mulohazalardan shunga amin bo’lish mumkinki, O’rta Osiyoning ko’plab xalqlarida, jumladan, O’zbek xalqi oilaviy marosimlarida ham 40 soni tasodifiy emas. U bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o’tish davri holatining miqdor-sifat ko’rsatkichini anglatgan. Аynan qirq kundan keyin chaqaloq tabiat olamidan insonlar olamiga o’tgan va ona marosimiy nopoklikdan o’zining oldingi soflik xolatiga qaytgan. Qolaversa, motam marosimlarida aynan qirq kundan so’ng vafot etgan odamning ruhi bu dunyoni butkul tark etar ekan. O’zbek xalqi orasida bolani beshikka belashda qarindosh-ypyg’lar va mahallada xurmatli-eʼtiborli, uvali-juvali, nikohi butun ayollar tanlangan. Bulardan biri doya momo (enaga) yoki o’zining katta buvisi bo’lishi shart edi. Bolani beshikka belash jarayonida «Qo’rqmas botir bo’lgin, sog’lom o’sgin, uzoq yashagin!» degan niyat bildirib turiladi. Shu tarzda bola beshikka belanib, qo’l-oyog’i bog’langandan keyin atrofdagilar beshik ustidan turli shirinliklar hamda, o’rik, jiyda, pista, bodom kabi mevalarni sochganlar. Ushbu sochkilar marosim qatnashchilari tomonidan terib, o’z farzandlariga yaxshi niyatlar bilan ulashilgan. Chaqaloqning dastlabki «Qorin sochi»ni olish ham tantanaga aylangan. Аjdodlarimiz “Sochda odamning joni, kuch-qudrati, magik quvvati mujassamlashgan” deb tasavvur qilganlar. Ular bolaning qorin sochlarini o’zlari olishdan cho’chib, pir-u badavlat farzandli, keksa yoshli onaxonlarimizga oldirganlar va uni asrab-avaydab mevali daraxt tagaga ko’mganlar.4 Sunnat to’ylari ham bolaning toq yoshlarida, yaʼni uch, besh, yetti, to’qqiz yoshlarida katta to’y-tomoshalar bilan o’tkazilgan. Buning sababi, xatna juft yoshlarda qilinsa,bolaga baxtsizlik keltirar emish.5 Sunnat to’ylaridagi yoshning toq bo’lishi, birinchidan, bolaning umri uzoq bo’lishini, ikkinchidan, farzandni sunnat qildirishdek baxt ota-ona uchun davomli bo’lishini anglatadi. Chunki toq, narsa juftlikka to’lishga intiladi. Juftlikka to’lish esa kamolot va narsaning maʼlum maʼnoda intixosini ham anglatadi.Sunnat to’ylaridagi afsungarlik usullari boshqa marosim majmualaridan bizga yaxshi maʼlum. Sunnat to’ylarida ham to’yni o’tkazish tayyorgarliklari asosan pir-u badavlat odamlarga yuklatilgan.Buning sababi shundaki, ularning yaxshi fazilatlari marosimiy tarzda bolaga ham o’tsin deb niyat qilingan.Usta tomonidan xatna bajarib bo’linganidan keyin bola uchun «xatna chillasi» boshlanadi. «Xatna chillasi» davrida bola yangi to’gilgan chaqaloqlar va yosh kelin-kuyovlar bilan ko’rishmaslik kabi bir qator cheklovlarga amal qilgan. Xatnadan keyingi kechalari «chillali» bola xonadondan tashqariga chiqarilmagan, uning oldida doimo yaqinlaridan kimdir bo’lishi lozim hisoblangan. Barcha narsalarni ona, xotin-qizlar bajargani holda, aynan xatna jarayonini erkaklar amalga oshirganlar. Bu ham o’ziga yarasha ramziy maʼno kasb etgan.
Xulosa.Xulosa tarzida taʼkidlash joizki, ushbu turkum marosimlar o’ziga xosligi, tarixi bilangina farklanib qolmay, balki etno-milliy va diniy marosimlarga boyligi jihatidan ham o’zga marosimlardan ajralib turgan. Аynan mazkur turkumga kiruvchi urf-odatlar va marosimlarda biz islomiy anʼanalar bilan ungacha bolgan diniy eʼtiqodlar:totemizm, animizm, fetishizm, afsungarlik,shomonlik, zardushtiylikka oid eʼtiqodiy qarashlarning o’zaro sinkretlashgan ko’rinishlarini kuzatdik. Shuningdek, ushbu turkum marosimlaridagi afsungarliklar orqali avvalo, bo’lg’usi avlod, yaʼni to’g’ilgan chaqalok sog’ligini saqlashga qaratilganligini kuzatish mumkin. Zarar yetkazuvchi afsungarlik to’g’risida so’z borganda shuni ham eʼtiborga olish lozimki, ko’pincha u yoki bu kishida yovuz kuchlar taʼsiri orqali emas, balki odamning «kasalligi» (masalan, bepushtligi) o’zi xohlamagan holda boshidan o’tishi mumkin deb hisoblangan. Chaqaloqning dunyoga kelishi va undan keyingi chilla davrini o’rganish jarayonida ayollarning marosimiy «makrux» sanalganligi, ona va bola chilla paytida yovuz ruhlar, yomon ko’zlar, qora niyatli kishilarning zararli afsunlaridan himoyalanganligi va bu davrda ko’plab magik urf-odat, marosimlariga amal qilinganligini kuzatdik.Ushbu mavzu yakunida shuni alohida taʼkidlashimiz lozimki,sunnat to’yi tantanalari bilan bog’liq marosimlarda qatnashuvchilarning har biri ham o’ziga xos tarzda maʼlum darajada afsungarlik funksiyasini bajarganlar.

Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling