Farzand tarbiyasida ota-ona va maktab hamkorligi


Download 38.61 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi38.61 Kb.
#1251626
Bog'liq
7- sinflar majlis


FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONA VA MAKTAB HAMKORLIGI

1. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 23-avgustda xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida umumta'lim maktablari o‘quv dasturiga “Tarbiya” fanini kiritish va oʻqitish tashabbusi ilgari surilgan edi. Bu xayrli tashabbus, chin ma'noda, kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lmish yosh avlod tarbiyasi, ta'lim olishi, buyuk ajdodlarimizga munosib farzandlarni voyaga yetkazishdek hayotiy zarurat bilan chambarchas bogʻliq. Shu maqsadda maktablardagi maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etib, “Milliy gʻoya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuygʻusi” kabi fanlarni birlashtirgan holda “Tarbiya” fanini joriy etish zarurligi qayd etildi. Mazkur tashabbus roʻyobi sifatida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyulda “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi va hozir shu asosda keng koʻlamli ishlar olib borilyapti.
Maʼlumki, tarbiya oʻz mazmun-mohiyati bilan milliy hamda umuminsoniy mazmunga egadir. Har bir jamiyat oʻz oldiga yetuk, har tomonlama kamol topgan, oʻzida ijobiy, oliyjanob fazilatlarni birlashtirgan avlodni tarbiyalashni orzu qiladi. Boisi, tarbiyasi ogʻir, maʼnaviyati qashshoq yoki maʼnaviyatdan mahrum boʻlgan odamdan biror ezgulik kutish mumkin emas. Chunki u yaxshilik va ezgulik haqida umuman oʻylamaydi. Atrofga, va hatto ota-onasi, qarindosh-urugʻlari taqdiriga ham befarq, loqayd holda yashaydi. Tarbiyali, maʼnaviyatli inson bugungi kun va kelajak haqida fikr yuritadi, shuningdek, kelgusi hayot va turmushning ravnaqi uchun oʻz hissasini qoʻshishga intiladi. Zotan, bugun xalqimizning “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” buyuk maqsadiga erishuvida maʼnaviyati yuksak, barkamol insonlar zarur.
Mazkur masala oʻta dolzarb boʻlganligidan barcha zamonlar donishlari yoshlar tarbiyasi haqida bosh qotirib kelishgan. Masalan, buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan soʻzlari bor. Zardushtiylik ta'limoti uch asosiy axloqiy qoidaga tayanadi: “Ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal”. Shu uchalasiga rioya qilgan odam zardushtlar nazdida kamolotga yetgan hisoblangan. Imom Buxoriy bu xususda yanada yorqinroq soʻz aytgan: “Bolaning tabiati rivojlanishga moyil boʻladi, uni qanday gʻoyalar bilan toʻldirish ota-ona va ustozga bogʻliq”.
Maktab ostonasiga oyoq qo‘yish har bir inson uchun nihoyatda katta hayotiy burilishdir. Mana shu davrdan boshlab bolalikning eng beg‘ubor onlariga bir qadar cheklanishlar kirib keladi. Endi bola oilada nafaqat oilaviy ba’zi burchlarni, vaholanki, o‘z shaxsi uchun zarur bo‘lgan xususiy vazifalarni bajarishi shart davrga o‘tadi. Bu bilan uning oiladagi roli bir qarashda kamayganday emas, aksincha ko‘paygan bo‘ladi. Ya’ni u o‘z obro‘sini endi nafaqat oila a’zolari o‘rtasida, aksincha, jamiyat o‘rtasida oila obro‘sini o‘z shaxsiy harakati bilan himoya qilish davri boshlanadi.
Maktab davrida turli vaziyatlar tufayli har xil tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin. Bunday vaziyatda ota-onalar farzandlariga o’qituvchisi haqida salbiy fikr bildirmasdan, balki qandaydir tushunmovchilik tufayli o’qituvchining noto’g’ri yo‘l tutganligini tushuntirishi lozim. Рedagog tomonidan qandaydir noo’rin ish sodir bo’lgan bo’lsa, ota-onalar buni farzandiga bildirmasdan, o’qituvchisi bilan alohida gaplashishi lozim. Sababi, bu hodisa o’quvchiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Ruhiy muhiti sog‘lom oila a’zosi bo‘lgan bolaning birinchi bor maktabga borishi qanchalik hayajonli bo‘lmasin, bola uchun jiddiy qiynchiliklar tug‘dirmaydi. Chunki maktabda o‘qituvchi hamma bolalarga bir ko‘z bilan qaraydi. Oilada ham bolaga maktabga borganligi munosabati bilan maktab uning o‘zi uchun kerak bo‘lgan burch ekanligini uqtirish kerak. Ana shunday yondashuvgina bolaga uy vazifalariga, maktabda berilgan topshiriqlarga shaxsiy burchi sifatida qarashga o‘rgatadi. 
O‘zini hurmat qilmaydigan shaxs boshqalarni ham hurmat qilmaydi, o‘z burchini sezgan shaxsda esa o‘z shaxsiga hurmat tuyg‘usi tobora ortib, shakllanib boradi.
Bu o‘rinda tarbiyaning, maktab va oila tarbiyasining bola shaxsiyatiga bir yo‘nalishda mutanosib olib borilishi jiddiy e’tiborga molik. Birgina misol keltiraylik:
Sobirning maktabdagi ilk kunlari. Onasi unga tanaffuslarda tashqariga toza havoga chiqqin, deya tayinlaydi. “Tez chopib, albatta, toza havoga chiqqin". Sobir esa onasiga shunday deydi: “Tanaffuslar juda kichkina, qo‘ng‘iroq chalinadi, narsalarimni yig‘ishtirib, ko‘cha eshigiga yetgunimcha yana kirish qo‘ng‘irog‘i chalinadi”. 
“Narsalaringni tezroq yig‘ishtir, chopib chiqqin”.
“Eee, bilmaysizda, maktabda chopish mumkin emas”.
Mana bu misolda Sobirning onasi birgina so‘zni noaniqroq ishlatgani, maktab va oila talabining bola qalbida nomutanosib kelganiga uning bu muammoga hali javob topolmaganini ko‘rsatmoqda. Biz, kattalar bu nomutanosiblikni sezmay ham o‘tishimiz mumkin. Ammo, bola qalbi hali o‘ta musaffo bo‘lganligidan unga talab, tushuncha, qoida yoki oddiy bir so‘z va hokazo birinchi bor qanday yozilsa, yoki aytilsa, u uchun shunday tushuncha hosil bo`ladi. “Maktabda chopish mumkin emas”.
Boshlang‘ich sinf, ya’ni olti-to‘qqiz yoshli bolalar maktabgacha yoshdagi qiliqlarini endi takrorlashmaydi. Yosh bola o‘jarlik qilib piyolani otib yuborishi mumkin, bu holda u piyolaning sinishini o‘ylab ham o‘tirmaydi. Ammo, bunday ishni boshlang‘ich sinf bolasi qilmaydi. U endi bunday qiliqni o‘ziga ep ko‘rmaydi, chunki atrof, boshqalar uning bunday harakatiga qanday baho berishini u biladi va shundan uyaladi. Bu o‘rinda insonni jamiyat orasida shaxs sifatida shakllantiruvchi eng katta tuyg‘ulardan biri, mana shu keng ma’nodagi ijtimoiy tushuncha bo‘lmish, boshqa jonzotlar orasida uchramaydigan uyat ekanligini bilishimiz va unutmasligimiz kerak.
Shuningdek, oilada bolani hech vaqt uyaltirmaslik va izza qilmaslik lozim. Har qanday inson boshqalar oldida uyalishni, uyalganlikni og‘ir esdan chiqaradi. Ko‘pchilik orasida izza bo‘lganligini bir umr esdan chiqarmasligi mumkin. Shunday ekan, oilangizda ruhiy muhit sog‘lom bo‘lsin, desangiz bolangizning hozirgina qilgan noo‘rin, xato, adashilgan, anglashilmovchilik yuzasidan, uning tajribasizligidan kelib chiqqan xatti-harakatini qoralab uni jazolab o‘tirmang, ayniqsa, voqeani yuziga solib, izza qilmang. Shu borada agar bu voqeadan uning biror tanishi voqif bo‘lishi xavfi bo‘lsa, kechinma yanada kuchliroq tus olishi mumkin. Bolani xato bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlardan ogohlantirib, tarbiyalab borsangiz, uning oiladagi o‘rnini mustahkamlagan bo‘lasiz.
2. Hozirgi zamon oilalarning tarbiya jabhalaridagi umumiy va xususiy tomonlarini, vazifalarini bilish nihoyatda ahamiyatlidir. Chunki bir bolalarning bog‘cha va maktabda olayetgan bilimlarini, aqliy qiziqishlarini hisobga olganimizdagina oilaviy tarbiya ishi samaradorligini ta’minlashimiz mumkin. Biz tarbiyaviy vazifalarimiz xususiyatlaridan kelib chiqib, bolalar kamolotiga yakka holda yendashish, aqliy, axloqiy, mehnat tarbiya ehtiyejini shakllantirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish malakasi, maishiy mehnat, ietimoiy mehnatga ma’naviy-ruhiy tayyerlash kabi mezon va qoidalarni hisobga olib ish tutishimiz ijobiy maqsadga muvofiqdir. Bunisiz tarbiya jarayenini ijobiy hal qila olmaymiz.
Oiladagi tarbiyaviy jabhalarning saviyasi uning tuzilishiga, ko‘p bolalik yeki kam bolalik, ikki yeki uch avlodning birgalikda yashashi, ota-onaning mavjudligi yeki ulardan birortasining yo‘qligi, har ikki jinsdagi (o‘g‘il-qiz) bolalarining borligiga, ota-onalarning ma’lumot saviyasiga, oila a’zolarining ijtimoiy ahvoliga, bolalar tarbiyasi bo‘yicha o‘z burchlarini his etishlari, er va xotinning tarbiyaviy jabhalarga munosabati kabi ijtimoiy omillarga bog‘liq. Shuningdek, oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini aniңlashda oila tuzilishining milliy o‘ziga xosligini aniqlashda oila tuzilishining milliy o‘ziga xosligini va milliy an’analardan foydalanish darajasini hisobga olish lozim.
Bolalar tarbiyasi oilaning insonni buned etuvchi tabiiy va ijtimoiy moxiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Xuddi shu ma’noda tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra shunday bir jarayenki, u tarbiyalanuvchining biologik, ijtimoiy ehtiyej turlarini, o‘zining qadri, qiziqish va g‘oyalarini jamiyat talablariga bo‘ysundirishda namoyet bo‘ladi.
Bola oilada, maktabda, ota-onalar bilan munosabatda, jamoat joylarida, katta yeshdagilar, o‘rtoqlari bilan muloqotda tajriba orttirib boradi.
Oilalarda bolalarga tarbiya berishda ota-onaning namunasi, ularning mehnatsevarligi, oilaviy ishlarga javobgarligi, ish yuritishi, o‘g‘il bolalarga nisbatan otaning, qizlarga esa onaning ustozlik, rahnamolik ishlari asosiy o‘rinni egallaydi. Bu fikrlar oilalarda o‘tkazilgan anketa ma’lumotlari yerdamida aniqlandi.
Anketa mazmunida quyidagi savollar bor edi.
1. Familiyangiz, ismingiz, otangizni ismi, tug‘ilgan yilingiz, ma’lumotingiz, kasbingiz va adresingiz.
2. Oilangizda necha farzandingiz bor.
3. Sizning sevgan mashg‘ulotingiz.
4. Bolangiz sevgan mashg‘ulotlarni sanab bering.
5. Oilangizda farzandlaringiz mashg‘uloti uchun qanday sharoitlar mavjud. Maxsus xona, stol, stul, kitob shkaflari, radio va boshqalar.
6. Bolangizni tarbiyalashda qiynalyapsizmi. Ha yeki yo‘q.
7. Sizningcha oila tarbiyasini nima qiyinlashtiryapti. (Tarbiyaga oid bilimlarning yetishmasligi, ota-onalarning bemaslahat ish olib borishi, bolalarni ish bilan band etmaslik, yeshiga, qiziqishlariga qarab muomala qilmaslik, xo‘jalik ishlarining bajarilishida ishtirok etmasligi va hokazo).
8. Siz tarbiya ishida uslublar zarur deb hisoblaysizmi. Ha yeki yo‘q. Bir kunda necha soat bola tarbiyasi bilan shug‘ullanasiz.
9. Oilangizda bola tarbiyasi bilan kim ko‘proq shug‘ullanadi, bobosi, buvisi, onasi, otasi, akasi, opasi va boshqalar.
10. Siz ko‘proq nima tufayli bolangizga tanbeh berasiz, jazolaysiz, kelisha olmaysiz.
11. Siz va bolalaringizning kelajak haqidagi qarashlarida qarama-qarshilik mavjudmi. Fikrlaringiz to‘g‘ri keladimi. Ha yeki yo‘q.
12. Bolangiz nima sababdan u yeki bu noo‘rin xatolarga yo‘l qo‘yishi hollariga e’tibor berasizmi. Ha yeki yo‘q. Sababini surishtirmay jazolaysizmi. Sababini hisobga olasizmi.
13. Oilangizda o‘z-aro munosabatni qanday baholaysiz.
14. Qizingiz yeki o‘g‘lingiz haqida kimlardan ko‘proq ma’lumot olib turasiz. Kishilardan, jamoatchilikdan, o‘qituvchilardan yeki boshqalardan.
15. Tarbiyaga oid Adabiyotlarni, ro‘znoma va oynomalarni muntazam o‘qib borasizmi. Tarbiya ishlari haqidagi qanday gazeta va jurnallarga obuna bo‘lgansiz.
16. Tarbiyaga oid oynai jahon ko‘rsatuvlarini tomosha qilasizmi. Eshittirishlarni muntazam eshitasizmi.
17. Oilangizda bolalaringizga ertak, maqol, topishmoqlar aytib berasizmi.
18. Shu o‘quv yilida necha marta va nima sababdan maktabda bo‘ldingiz.
19. Necha marta va qanday maqsad bilan sinf rahbarlari uyingizda bo‘ldi. Har oyda necha marta sinf rahbari siznikiga keladi.
20. Bolalarning o‘zlashtirishi va tarbiya sifatlarini yaxshilash uchun qanday maslahat berasiz.
3. Bola tarbiyasida sinf rahbarining roli. Bolalarni tarbiyalashda bayramlarning ahamiyati
Bolalarni tarbiyalashda maktab juda katta va muhim rol o'ynaydi, chunki oiladan keyin u yaxlit va ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishga ta'sir qiluvchi eng muhim va ijtimoiy ahamiyatga ega institutlardan biridir. Bundan tashqari, samaradorlik tarbiyaviy ish to'g'ridan-to'g'ri ota-onalar va o'qituvchilarning bir-biri bilan qanchalik yaqin aloqada bo'lishiga bog'liq.
Bolalarni tarbiyalashda maktab juda katta va muhim rol o'ynaydi, chunki oiladan keyin u yaxlit va ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishga ta'sir qiluvchi eng muhim va ijtimoiy ahamiyatga ega institutlardan biridir. Shu bilan birga, tarbiyaviy ishlarning samaradorligi bevosita ota-onalar va o'qituvchilarning bir-biri bilan qanchalik yaqin aloqada bo'lishiga bog'liq. Boshqacha aytganda, maktab va ota-onalarning har tomonlama hamkorligidagina yuksak axloqiy, madaniy, ijodiy va ijtimoiy etuk shaxsni shakllantirish mumkin. Bolalarni tarbiyalashda maktabning roli Treningning birinchi kunlaridan boshlanadi, shuning uchun ham sinf o'qituvchisi, ham o'qituvchi boshlang'ich sinflar oʻrta va oʻrta maktabda alohida oʻrin tutadi c. Bundan tashqari, bolaning maktab jamoasida qulay bo'lish darajasi ko'p jihatdan aynan shu odamlarga bog'liq. Ular o'quv materialini o'zlashtirish darajasini, har bir o'quvchining alohida va umuman butun sinfning muvaffaqiyatlari va kamchiliklarini, sinfdagi munosabatlar va har bir bolani tarbiyalash masalalarini nazorat qiladi. Yil sayin o‘quvchilar tarbiyasida maktabning o‘rni ortib, o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar ortib bormoqda. Buning ajablanarli joyi yo'q, chunki bola kunning yarmini o'qituvchilar nazorati ostida maktab devorlari ichida o'tkazadi va uning tarbiyasi va xatti-harakatlariga aynan mana shu muhit ta'sir qiladi. Maktabda bola nafaqat bilim, balki xulq-atvor xususiyatlarini ham egallaydi, kuchli xarakter xususiyatlarini mustahkamlaydi va yangilarini oladi. Talabalarni tarbiyalash bo'yicha eng samarali ish uchun o'qituvchi egalik qilishi kerak to'liq ma'lumot oilaning shakllantiruvchi roli va bu rolning uning har bir a'zosining qadriyat ustuvorligiga bog'liqligi haqida. Bunday ma'lumotlarga ega bo'lish sinf o'qituvchisi yoki boshlang'ich sinf o'qituvchisiga bolaning oilasidagi munosabatlar uning shaxsiy rivojlanishi, xatti-harakatlari va xarakteriga qanday ta'sir qilishini oldindan bilishga yordam beradi. Shuning uchun o'qituvchilar ota-onalar bilan muloqotning turli shakllaridan foydalanadilar, bu esa har bir oiladagi munosabatlarning barcha xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Download 38.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling