Farzandlarimiz – kelajagimiz mevalari. Kalit so’zlar


Download 12.6 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi12.6 Kb.
#1502250

FARZANDLARIMIZ KELAJAGIMIZ
Xasanova Dilafruz
Xalqaro Nordik Universiteti
Talaba
xasanova_dilafruz@gmail.com
+998990613794

Anostatsiya : FARZANDLARIMIZ – KELAJAGIMIZ MEVALARI .
Kalit so’zlar : mamlakat , farzand , jamiyat , inson , bola .
Kirish :
Mamlakatning gullab-yashnashi hamda jamiyatning rivojlanishiga, eng avvalo, sog‘lom va baxtli oilalar asos bo‘ladi. Bu esa xalqimizning azaliy va ezgu orzusidir. Ushbu ulug‘ maqsadning asosiy harakatlantiruvchi omili barkamol shaxs tarbiyasi bilan bog‘liq.
Asosiy qism :
Har bir inson uchun uni va oilasining salomatligi bebaho boylik hisoblanadi. Bizning go‘zal va betakror, jannatmakon yurtimizda esa inson omili va uning manfaatlarini himoya etish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasi, onalik va bolalikni muhofaza etish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarimiz dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Yurtimizda tizimli va muntazam ravishda o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog‘lom hamda ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun hukumatimiz g‘amxo‘rlik ko‘rsatmoqda.
Sog‘lom bola tug‘ilishi masalasiga ahil oila mevasi sifatida qarash zarur. Oila – bu hayot manguligini ta’minlovchi yetakchi va yagona kuch. U muqaddas o‘choqdir. Chunki, har bir odam o‘zining sog‘lom oilasi bag‘rida barkamol voyaga yetadi. Uning insoniyat rivojlanishidagi o‘ziga xos o‘rnini allaqachon jahon hamjamiyati tan olgan.
Bugungi kunda ona va bola salomatligini saqlash eng muhim ustuvor yoʻnalishlardan hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu soha bo‘yicha tasdiqlangan farmon va qarorlar ijrosini ta'minlash yuzasidan koʻplab amaliy ishlar olib borilmoqda. Afsuski, keyingi paytlarda sodir bo‘layotgan chaqaloqlar oʻlimi bilan bogʻliq hodisalar tez-tez takrorlanib turishi kishi koʻnglini vayron qilishi tabiiy.
Bunga asosiy sabablardan biri esa ona qornidagi homila gipoksiyasi hisoblanadi.
Shuning uchun ham ayol homilador boʻlishi bilan unga mehr-e’tibor va yahshi parvarish lozim. Shunda farzandlarimiz sogʻlom, kelajagimiz buyuk va qudratli boʻladi.
Yana bolalar va homilador ayollarga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish, bemor bolalarni yurtimizda va xorijda davolanishlari uchun sharoit yaratish mamlakatimizning eng olis go‘shalaridagi fuqarolar sog‘lig‘ini asrashda muhim o‘rin tutmoqda.
Insoniyat yaralibdiki, to hozirgi kunga qadar rivojlanishlar, yuksalishlar sari intilib yashaydi. Yuksalish qay bir sohada bo‘lmasin, albatta u inson tomonidan yaratiladi. Hozirgi kunda nafaqat yurtimizda, balki butun dunyo mamlakatlarida koronavirus pandemiyasi tufayli karantin e'lon qilinganligiga qaramay barcha ta'lim sohalarda jumladan, maktabgacha ta'lim tizimida ham onlayn tarzda ta'lim-tarbiya jarayoni olib borilmoqda. Tizimda faoliyat yuritayotgan barcha pedagog xodimlar vatanimiz kelajagi bo‘lmish jajji bolajonlarimizning barkamol avlod bo‘lib shakllanishida o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Yosh avlod – bu jo‘shqin bir daryo. Har bir inson bir irmoq bo‘lsa. ularni birlashtiruvchi o‘zan – bu tarbiyachi - murabbiydir. Hozirgi sinovli kunlarda ham tarbiyachilarimiz kunlik faoliyatida masofadan turib bolaning o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlarini, bola salomatligini asrash va mustahkamlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini o‘yinlar, ta'lim – tarbiya berish orqali o‘stirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ushbu maqsad sari intilib, Maktabgacha ta'lim Vazirligi, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan berilayotgan tavsiyalar asosida, tumanimiz maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun onlayn mashg‘ulotlarni olib borishmoqdalar. Ushbu mashg‘ulotlar maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan tashkil etilgan ota-onalar va tarbiyachilar hamkorlik telegram kanaliga uzatilib kelinmoqda. Tarbiyachilarimiz ota-onalar bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqdalar. Onlayn mashg‘ulotlar orqali bolajonlarimizga berilayotgan topshiriqlarni birgalikda bajarmoqdalar. Berilayotgan tavsiyalar, applikatsiya ishlari, musiqiy chiqishlar, badantarbiya va nutq o‘stirishga oid mashg‘ulotlar, qiziqarli ertak va sherlar bolajonlarimizning salomatligi, odob-axloqli, mehnatsevar, vatanparvar, ma'suliyatli bo‘lib tarbiyalanishlarida asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bunday e'tibordan ota-onalarimizning quvonchi cheksiz. Tarbiyachilar bilan masofaviy hamkorlikda farzandlarimizning yanada bilim olishlari, jismonan sog‘lom va ma'nan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarida hamfikr bo‘lib kelmoqdalar. Telegram kanalimizda tarbiyachilarimiz tomonidan berib borilayotgan topshiriqlarni farzandlari bilan birga a'lo darajada bajarib, tarbiyachilarimiz shijoatiga yanada kuch bag‘ishlab kelmoqda.Ota-onalarimiz tomonidan har kuni telegram kanalimizga kelayotgan minnatdorchilik xatlari buning isbotidir. Ota- onalarimizni tizimda bo‘layotgan yangiliklarga befarq bo‘lmay, farzandlari uchun xavfsiz muhitni ta'minlab, ularning tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanib kelayotganligi bizni yanada quvontirmoqda. Bundan tashqari, Har kuni efir orqali farzandlarimiz uchun “Bolajon” telekanalida “Aqlvoy”, “Elementar matematika”, “Nutq o‘stirish”ga oid ko‘rsatuvlar, musiqali chiqishlar , multfil'mlar va boshqa qiziqarli ma'lumotlar berib borilmoqda. Buning uchun bolajonlarimiz uchun shunday sharoitlarni , imkoniyatlarni yaratib berayotgan muhtaram Prezidentimizga, Maktabgacha ta'lim Vazirligiga, “Bolajon” ko‘rsatuvi ijodkorlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bundan keyin ham Vatanimiz kelajagi bo‘lmish farzandlarimizni har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlarida o‘z bilim va mahoratimizni ayamaymiz.
Xulosa .
Xulosa qilib shuni aytish joizki, O‘zbekistonda sog‘lom va baxtli hamda farovon oilalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ular davlatimizning buguni, ertasi va porloq kelajagi uchun sidqidildan xizmat qiluvchi vatanparvar farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazadi.
Foydalanilgan adabiyotlar .
Internet saytlari :

  1. https://oqdaryomtb.uz/press/news/farzandlarimiz-bizning-kelajagimiz

  2. https://farzandtarbiyasi.uz/farzand-tarbiyasi-masuliati/

  3. http://www.namhaqiqat.uz/zhamiyat/FARZANDLARIMIZ__KELAJAGIMIZ_MEVALARI.html

Download 12.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling