Nazorat savollari:
1.Zamonaviy kompaniyalarning tuzilmasi qanday?
2.Dizayn bơlimining vazifalari nimalardan iborat?
3.Tikuvchilik korxonasining bơlimlarini aytib bering.
4.Sifatni nazorat qilish bơlimining asosiy vazifalarini ayting.
Foydalanadigan adabiyotlar:
1.Ф.Котлер,К.Л.Келлер.МаркетингМенеджмент12-е издание.Питер.2009.
2.Хелен Говорек. Закупки в сфере моды. Пер.с англ.Гревцов Паблишер. Минск.2009.
9.BAYERLAR UCHUN FASHION – MARKETING.
Reja:
1. Fashion – bayerlar nima bilan shuğullanadi?
2. Fashion – bayerning vazifalari.
3. Muvaffaqiyatli bayerning xussusiyatlari.
4. Boshqaruv malakalari.
1. Fashion – bayerlar nima bilan shuğullanadi?
Professional Fashion – bayer – bu har tomonlama rivojlangan, nafaqat ơzaro munosabatlarni qurish va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bơlgan, balki mahsulot va u bilan boğliq jarayonlar bo’yicha chuqur bilimga ega bơlgan insondir. Bu kasb qiyin bơlib, ushbu kasb bilan shuğullanmoqchi bơlganlardan mustahkam iroda va fidokorlikni talab qiladi. Mazkur sohaning mutaxassislari ma'lum kompaniyaning aniq bozori uchun mơljallangan mahsulotlarni tanlash bilan shuğullanishadi. Masalan, ular ommaviy bozor uchun ayollarning kechki kiyimlari yoki bozorning ơrtacha segmenti uchun ayollar ichki kơylaklarini tanlab olish vazifasi bilan shuğullanadilar.
Bayerlar ơz ishlarida muvaffaqiyatga erishishlari uchun quyidagilarni bajarishlari zarur:
1. Aktual moda tendentsiyalarini aniqlash.
2. Mahsulotni yetkazib beruvchilar bilan aloqada bơlish.
3. Tanlangan mahsulotlarning assortimentini hamkasblari va rahbariya tiga taqdim qilib borish.
4. Foyda hajmini hisoblash.
5. Moda ishlab chiqarish mahsulotlarini sotish natijalari nazorati va tahlilini amalga oshirish.
6. Raqobatchilar mahsulotlarining assortimentini kuzatib borish va tahlil qilish.
Bayer mahsulot mơljallangan auditoriya bilan tanish bơlishi kerak, chunki u keyinchalik ularga mahsulotni foydasi bilan sota olishi zarur. Bayerlar yakka holda harakat qilishmaydi, zero eng sơnggi modadagi assortimentini sotish - bu komanda ishining natijasidir. Sotish bơyicha mutaxassis kompaniyaning boshqa bơlimlariga va mahsulot yetkazib beruvchilarning tashqi tarmoğiga boğliq bơladi. Bayer kasbi iste'molchilarning didiga mos ravishdagi yangi texnologiyalar va ơzgarishlarga bevosita boğliq ravishda rivojlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |