«fashion- menejment va marketing»


Vitrinalar “yopiq” va “ochiq” bơladi


Download 0.58 Mb.
bet32/68
Sana21.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1645379
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68
Bog'liq
фмм умк 2023 КД —3

Vitrinalar “yopiq” va “ochiq” bơladi.
Yopiq vitrinalar orqa devori bor va savdo zalidan alohida ajralib turadi, yonlari va old qismi katta vitrina oynalari bilan yopilgan bơladi. Yopiq vitrinalar har hil ekspozitsiyalar tuzishga juda qulay hisoblanadi,chunki u yerdagi manekenlar ơzgacha dunyoda bơlganga ơxshaydi.Hozirgi kunda yopiq vitrinalar juda kam ishlatilyapti.Shunga qaramasdan yopiq vitrinalar ơziga hos shou maydoni, magazin intererining bir tomoshasi bơlib qoladi.
Ochiq vitrinalar yopiq vitrinadan farqi shundaki ularning orqa devori yơq bơladi va savdo zali kơrinib turadi.Ochiq vitrinalarni bezatish alohida e'tiborni talab etadi, chunki magazindagi tovarlarni qanday joylashtirilgani kơrinib turadi. Bunday vitrinalarda yoruğlik tarqatilishi ham magazin ichidagi yoruğlik bilan uyğunlashgan bơlishi kerak. Ochiq vitrinalarni bezatishda rang marketingidan keng foydalanish mumkin (masalan: agar magazinda qizil rangli kiyimlar sotilayotgan bơlsa unda vitrinadagi manekenlar ham hammasi shu rangli kiyimda bơlishi mumkin.) Butiklar ochiq vitrinalari dơkon dizaynini yanada chiroyli kơrsatish uchun hizmat qiladi.
Yopiq, ochiq vitrinalardan tashqari kơtarilgan va chuqurlashgan vitrinalar qơllanadi.
Vitrinalarni bezatish 4 turda bơladi:
1.Tovarli. Bunda vitrinaga yangi, sotuvda mavjud tovarlar joylashtiriladi.Ularning narhlari ham kơrinib turishi kerak.Agar tovar sotilib bơlgan bơlsa, vitrinadan uning nushasini darhol olib qơyish kerak bơladi.
2.Syujetli. Eng qiziqarli va murakkab kompozitsiyalardan biri bơlib, bunday vitrinalarda tovar va dekorativ elementlarini shunday joylashtirish kerakki unda bir hodisa kơrinishi lozim.
3.Axborot beruvchi.Bunday vitrinalarda dơkondagi brend tơğrisida, dơkondagi har hil tadbirlar tơğrisida axborot beriladi. Masalan:katta reklama plakatlari joylashtiriladi, yangi kollektsiyalar tơğrisida va kompaniya logotiplari haqida ma'lumotlar kơrsatiladi.
4.Dekorativ.Bu vitrinalar xaridorlarga qandaydir murakkab dekorativ elemetlardan foydalanib, bir mavzudagi sahna kơrinishini kơrsatib berishi kerak. Bunday vitrinalar kơproq qimmat brendlarning dơkonlarida qơllanadi.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling