«fashion- menejment va marketing»
Download 0.58 Mb.
|
фмм умк 2023 КД —3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.Ishlab chiqarish bơlimi.
6.Matolarni bichish bơlimi.
Kơp katta tikuvchilik fabrikalarda matolarni bichish bơlimi faoliyat kơrsatadi, lekin shunday ishni bajaradigan alohida firmalar ham bor.Ularni hizmatlaridan katta hajmdagi buyurtmalarni bajaradigan yirik kompaniyalar foydalanadi. Modelni razmer qatori tasdiqlangandan sơng, bichuvchi andozalarni gazlamalarga iloji boricha kam chiqindi chiqadigan qilib joylashtiradi. Ommaviy ishlab chiqarishda gazlamalar kơp taxlamalardan iborat bơlib, ularning ustki qismiga andozalar joylashtiriladi. Kơp fabrikalarda elektromotorda ishlaydigan tơğri pichoqli bichish mashinalari qơllanadi. Ular yordamida konstruktorchi modeler andozalarni joylashtirish rejasiga binoan, gazlamalarni bir necha tahlamini kesib oladi. Hozirgi kunda bichish uchun yangi zamonaviy texnologiyalar yaratilmoqda. Shulardan lazer,suvli,ul trazvukli kesish texnologiyalari eskilarini ơrnini egallamoqda. Bichilgan mahsulot markalanadi va boğlab ishlab chiqarish tsexiga boriladi. 7.Ishlab chiqarish bơlimi. Ishlab chiqarish bơlimini menejer boshqaradi. Menejerning asosiy vazifasi mahsulotni tikishni rejalashtirish hisoblanadi. Fabrikalarda odatda mahsulotni tayyorlash jarayoni potokli liniyalar bơyicha amalga oshiriladi, bunda tikuvchilar bir qatorda ơtirishadi ularga bichilgan ơramlarni uchastka masterlari yetkazib turishadi. Ishlab chiqarishda foydalanadigan texnologiyani ikki turi mavjud-chelnok chokli tikuv mashinalari va overloklar. Birinchi tikuv mashinalari kiyim detallarini biriktirish va ularga turli choklar bilan ishlov berish uchun ishlatiladi. Overloklar yordamida choklarni chetlariga. sitilib ketmasligi uchun ishlov beriladi. Mahsus tikuv mashinalarining turlari juda kơp.Bunday mashinalardan yashirin chokli va tekis choklilari trikotaj gazlamalariga ishlov berishda ishlatiladi. Tikuvchilar aynan kiyimning bir detalini tikishga ihtisoslashgan bơladilar. Uchastka masterlari juda tajribali tikuvchilardan tanlab olinadi. Tayyor mahsulot dazmollash va buğ bilan ishlov berishga boriladi. Mahsulot sifati sifatni nazorat qilish inspektorlari tomonidan tekshiriladi va sifatsiz mahsulotni tikuv tsexiga boshqa tikish uchun qaytariladi. Yaroqsiz tovarlar ikkinchi navli deb tasdiqlanadi va reteylerlarga berilmaydi. Omborxona. Tayyor mahsulotlar maxsus paketlarda qutilarga joylanadi yoki ilgichlarga osib qơyiladi. Shu paytda sifatni nazorat qilish bơlimidagi inspektorlar yana bir marotaba mahsulotni sifatini tekshirishlari mumkin. Shundan sơng mahsulot reteylerning omborxonasiga boriladi va sơnggi marta savdo dơkonlariga borilishidan oldin sifati tekshiriladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling