«fashion- menejment va marketing»


Download 0.58 Mb.
bet57/68
Sana21.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1645379
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68
Bog'liq
фмм умк 2023 КД —3

4.Boshqaruv malakalari
Bayerlarning kơpchiligi kichik personalni – stajer yoki assistentlarni boshqarish bơyicha muayyan burchlarga ega bơladilar. Shuning uchun ayrim kompaniyalar ơz bayerlarini boshqaruv xusussiyatlariga maxsus ơqitishadi, ammo bu amaliyot keng ommalashmagan.
Bayer bunda ơz tajribasidan foydalanishi, ya'ni ơzi assistent yoki stajer bơlgan vaqtlarini esga olishi va u bilan boshliği qanday muomala qilganligini xotirlashi kerak. Bu bayerga ơzini unga tobe bơlganlar nuqtai nazaridan baholash va professional bơlib qolish imkoniyatini beradi. Bayerning barcha hamkasblariga nisbatan bơlgan munosabati hamisha yuksak professional darajada bơlishi kerak. Bayer personalga rahbarlik qilishidan tashqari kiyim assortimenti, byudjet, resurslar va vaqtni boshqarishi zarur. Boshqaruv malakasi ham xuddi sotish sohasidagidek yillar davomida tajriba orqali orttiriladi.
Asosiy qoidalar
Bayerning asosiy vazifasi shundaki, u reteyler ishlaydigan bozor uchun mahsulot assortimentini shakllantirishi zarur. Bu vazifani amalga oshirish uchun quyidagilar lozim bơladi:
- ơz mamlakati, shuningdek, xorijdagi mahsulot yetkazib beruvchilar bilan doimiy aloqani ushlab turish;
-kompaniyaning turli bơlimlari bilan doimiy kontaktlarga ega bơlish, ya'ni boshqa bayerlar, merchandayzerlar va sifat bơyicha inspektorlar bilan yaqin aloqada bơlish;
-ơz bơlimidagi kichik xodimlarni boshqarish. Ushbu vazifalarni bajarish uchun bayer mustahkam iroda, ơz ishiga bơlgan muhabbat va yuksak motivatsiyaga, kreativlikka ega bơlishi hamda mahsulotni juda yaxshi bilishi zarur.
Nazorat savollari:
1.Fashion- bayerning moda industriyasida tutgan ơrni.
2.Zamonaviy bayerning vazifalari nimalardan iborat?
3.Kompaniyaning qaysi bơlimlari bilan bayer doimiy muloqotda bơlishi kerak?
4.Professional bayer qanday xussusi tlarga va malakaga ega bơlishi lozim?

1-Seminar mashg’uloti (2 soat)

Mashg’ulotning mavzusi: Moda sohasidagi marketing.




O’quv maqsadi: . Moda sohasidagi marketingni o’rganish.

Ta'limiy: Talabalar moda sohasidagi marketing tơğrisidagi nazariy bilimlarni egallash bilan bir qatorda moda sohasidagi marketingning kơp yillik tajribasini ơrganishi ularda amaliy kơnikmalarni shakllanishiga yordam beradi.


Tarbiyaviy: Talabalarning individual ishlashi uchun mavzuga oid bilim va kơnikmalari shakllanadi va talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling