Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

164


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

86

Nazarga  qaysi tarafdinki bir g‘ubor kelur,



Ko‘zum yorur bu tamanno bilaki, yor kelur. 

Chu ko‘chadin qulog‘im dubdurun eshitsa ko‘ngul

Dukuldar, uylaki ul nozanin savor kelur. 

Boqar yona sari ko‘rmaska solibon ul sho‘x,  

Qoshida qay saridinkim bu beqaror kelur. 

Qochinglar  ahli  salomatki, kofiri maste  

Chiqarg‘ali xiradu sabrdin dimor kelur. 

Ko‘rub, bo‘lurlar oshufta ro‘zgor ahli,  

Qayu tarafki bu oshufta ro‘zgor kelur. 

Bukim bir-biri kenicha bordilar ahbob,  

Azolarig‘a sirishkim tuzub qator kelur. 

Navoiyo, qalaming javfi bahr yo‘limudur  

Ki, turmayin ichidin durri shohvor kelur. 

165

Beliyu og‘zi  ko‘rar-ko‘rmasda  chun pinhon erur,  

Bas muni quchmaq, ani o‘pmak qachon imkon erur? 

Men dog‘i dey belinu og‘zinki ko‘rdum, ko‘rmadim  

Yo‘q tamannolarni topqan, topmag‘an yakson erur. 

Bevafolar qaddu mujgonini ko‘p qilmang xayol  

Kim, biri tuz-o‘qdurur, bu bir itik paykon erur. 

Ishvagarlar  lablari  qasdig‘a  jondin  kechmangiz,  

Negakim o‘z qasdi joni qilg‘an el nodon erur. 

Tunu kun deb istamang har lahza zulfu yuzlarin

Kim, bu bir domi balo ul shu’lai hijron erur. 

No‘sh emasdur dahr bazmida, gazakkim neshdur,  

May demakim, sog‘ari hijron ichinda qon erur. 

Ey Navoiy, bu g‘arib ishlarki, taklif aylading,  

Bizgadur bisyor mushkil, gar sanga oson erur. 

166

Hush chun may bazmi ichra dilsitonimdin ketar,  

Tob jismimdin, hayot ozurda jonimdin ketar. 

Bazmdin usruk chiqibkim, otlanur oliftavor,  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling