Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

82

Ey Navoiy, shoh G‘oziy gavhari nazming bilur  



Kim, fido har lafzig‘a ko‘zdin durri maknun etar. 

156

Ne naxl qomat ekinkim, ko‘ngul xarobi erur,  

Ne turrakim, qora jonimda pechu tobi erur. 

Dedi ko‘zi: seni bir g‘amzada halok aylay,  

Hanuz g‘amzada ko‘nglumda iztirobi erur. 

Firoq  shomiki,  ahli  xirad berur  pandim,

Magarkn, do‘zax ulu bu aning azobi  erur. 

Jamoldin garaz ul chehradur, bu turfa  varaq

Magarki, husn kitobining intixobi erur. 

Tanimda yuz alifu yuz tugandin o‘lg‘an sifr,

Magar  ko‘ngul alamu ranjining hisobi erur. 

Sabo nasimi aningdek esar chamandinkim.

Degaysen, ahli vafo umrining shitobi erur. 

Navoiy  o‘ldiyu jon topti la’lgun maydin,  

Magarki, soqiyi gulchehra la’li  nobi erur. 

157

Har necha yetkursa ul sho‘xi sitamgar intizor.  

Naylagumdur tortman men zori muztar intizor. 

Vah, ne tun erdi bukim, kelgay deb ul sham’i chigil,  

Shomdin to subh tortarmen sarosar intizor. 

Jon tilar bo‘lsa, ravon beray ko‘ngulkim, bu mato’  

Arzimas tortar uchun ul huri paykar intizor. 

Javru lutfi har ne kelsa shodmenkim, yo‘qturur  

Ixtiyorim, yordin gar kom erur, gar intizor. 

Har kun ul oy intizoridin kuyubmen onchakim,  

Boqsa, bir hijron tunicha bor ekin har intizor. 

Ul quyoshning gomi davri yetsa xushtur subhi vasl,  

Bersa ham bir yilcha tun charxi mudavvar intizor. 

Soqiyo, hijron xumori lolu madhush aylamish,  

Bermagaysen bizga yetsa davri sog‘ar intizor. 

Va’da qildingkim, kelay qatlingg‘a, vah, lutf aylakim,




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling