Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

80

Kerakliktur anda sabukborlig‘lar. 



Navoiy, bahor o‘ldi, tavbangni sindur  

Ki, xushtur bu fasl ichra xummorlig‘lar. 



152

Oncha  ko‘nglumni jununu ishq yag‘mo qildilar.  

Kim, meni devonani olamg‘a rasvo qildilar. 

Xalq ba’zi kuldp, ba’zi ibrat olib yig‘ladi,

Har qachon mufrit jununimni tamosho qildilar. 

G‘amzasi har damki qon to‘kmakka xuni istadi,  

Ko‘zlari  men qoni to‘lg‘an sari imo qildilar. 

Men gadokim, vaslekim chun ko‘rdilar yuz tig‘i qatl,  

Shahlar anikim, xayol ichra tamanno qildilar. 

Ko‘yiga kirgach meni munglug‘, hujum etti raqib,  

Uylakim, itlar gado ko‘rganda g‘avg‘o qildilar. 

Men chu asran olmadim sirrimni, naylab ayb etay,  

Dushmanoyin do‘stlar gar oshkoro qildilar. 

Vah, ne zulm erdiki, o‘zga sari solding tig‘i zulm,

Har nechakim, jon bila ko‘nglum tavallo qildilar 

Boda ichkim, g‘ussadin fard o‘ldilar ul xaylkim,  

Bu ko‘han dayr ichra mayli jomi sahbo qildilar. 

Ey Navoiy, bergil o‘zluk naqdinu kasb et fano  

Kim, alar sud ayladilarkim, bu savdo qildilar. 

153

G‘am tuni ikki ko‘zumgakim quyoshe evrulur,  

Lam’asidin har biriga g‘ussa yoshi evrulur. 

Hajr vodisinda sargardonmen andoqkim quyun,  

Hamqadam bo‘lsa manga bir lahza, boshi evrulur. 

Istaguncha boda ichdik zahr davron bazmida,  

Kimki qon yutmoq bila aning maoshi evrulur. 

Shu’lai vasl ichra kuysa tong yo‘q ulkim, yorining  

Boshig‘a parvona yanglig‘ betahoshi evrulur. 

Rasm erur payvasta yoning bo‘lmag‘i qurbon aro,  

Tong emas gar choklik ko‘nglumda qoshi evrulur. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling