Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

99

Ko‘ngluma ko‘hi g‘amu mujgonlaring kirmish, valek  



Ne g‘am ul tog‘din, bu metinlarki Farhodimda bor. 

Kesgali hushu xirad naxlini bilgil arrae,  

Har xaroshikim junun sharhida faryodimda bor. 

Dayr piri o‘zlukum qaydin ketardi, vah, ne tong,  

Gar duosi har sabuhi vaqti avrodimda bor. 

Ey Navoiy, telbaratmishdur meni ifrot ila,

Baski mufrit odamiylig‘lar pariyzodimda bor. 

192

Qoshing avji malohatning yangi tug‘qan hilolidur,  

Qading naxli latofat bog‘ining navras niholidur. 

Fido jonim qading naxlig‘akim, garchi erur navras

 Vale andomu ra’nolig‘da haddi e’tidolidur. 

Nazokat gulshanida toza gulbun qomating shibhi,  

Aning tab’ida muzmar g‘uncha yo‘q og‘zing misolidur. 

Chuchuk lafzing Masihoning tufuliyatdag‘i nutqi, 

 Beling jonbaxshliqta ko‘ngliga kirgan xayolidur. 

Ne tong ko‘nglum agar majruh o‘lub, qon borsa zaxmidin  

Ki, uzgan g‘unchadek bir tiflvashning poymolidur. 

Yuru, ey Xizrkim, hayvon suyidur zahr agar ichsam  

Bu damkim, jomim ul sho‘x itlari sing‘an safolidur. 

Xalo mavjud emas su zarfidin chiqqach havo to‘ldi,  

Havoi ishqidin mamludur, o‘zdin kimki xolidur. 

Navoiy ashkidek ul sho‘x agar tinmas, ajab ermas,  

Qilurlar po‘ya yoshlar to yugurmak ehtimolidur. 

Fano dayrin tilarmen, men vale uchmog‘ni zohidkim,

Mening komim — qadah durdi, aning — kavsar zulolidur, 

193

Xasta ko‘nglum o‘rtanur, go‘yo sevar jonim borur,  

Yig‘lag‘um kelur,  magar  gulbargi xandonim borur. 

Ul quyosh hajrindankim jonimni o‘rtar g‘am tuni,  

Sham’ yanglig‘, ne ajab, gar durri g‘altonim borur. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling