Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Bu kun yo‘q kimsa mendek ishq dardi ani zor etkan, Diyoru mulkidin ovoralig‘ni ixtiyor etkan.  70


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

69

Bu kun yo‘q kimsa mendek ishq dardi ani zor etkan,

Diyoru mulkidin ovoralig‘ni ixtiyor etkan. 

70



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

398


Menki chektim yig‘lamoqlar birla jonondin ilik,

Ashk selobn bila oxir yudum jondin ilik. 



71

Ham meni ul toza naxli nozparvard o‘lturur,  

Ham bukim, yo‘q dardini ayturg‘a hamdard, o‘lturur. 

72

Andin o‘zga garchi sham’i topmadi kulbamg‘a yo‘l,  

Mendin o‘zga barchaning sham’i shabistonidur ul. 

73

Ul pariykim, ani demishmen yor,  

Odamlig‘din o‘zga barchasi bor. 

74

Manga andin nekim Chin mulkida sham’i tirozidur,

Vayo Kashmir aro bir fitna ko‘zluk sehr sozidur. 

75

Chirmabon ilgiga umdo yog‘lig‘ ul qoshi qora,  

Men qora baxtim bila uryon tanimda yuz yara. 

76

Baloyidur, buki mendin hamisha yor judodur,  

Dame bu dardu balodin xalos emon, ne balodur. 

77

Elga bo‘lmish ruhparvar bog‘u ruhafzo bahor,

Yer hajridin manga, bilmon, xazondur yo bahor. 

78

Deding sog‘indim, erur ashkdin yuzung gulgun,  

Begim uzun yasha, sog‘ing‘aning sarig‘ oltun. 

79

Netay elning bahorinkim,  manga oshubi hijrondur,  

Ko‘zumda sarv o‘qdur, ko‘nglum ichra g‘uncha paykondur. 

80



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

399


Istaram — sho‘xe chiqib, jonimg‘a bedod aylagay,  

Sabru hushu aqlu imonimni barbod aylagay. 



81

Necha bo‘lg‘ay, ey ko‘ngul, oshiqliqu aftodaliq,

Necha kun ham xushturur forig‘liqu ozodaliq. 

82

Ikki ko‘zungu labing g‘amidin 

Men xasta o‘lub-o‘lub tirildim. 

83

O‘q eding, ey tongki, otting jonima vuslat—tuni,  

Bu jihatdin yoruma dermen seni har subhdam. 

84

Belu og‘zidin, dedilarkim, degil afsonae,

Boshladim filholkim, «Bir bor edi, bir yo‘q edi». 

85

Ko‘nglum harimi ichra qilur jilva ul pariy,

Andoqki, Ka’ba ichra haramning kabutari. 

86

Sayl yo‘lida fano dashtida mujgonim emas,

Ko‘z olochug‘larining dud yegan ug‘laridur. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

400


KO‘RSATKIChLAR


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling