Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish Mashg‘ulot o‘tish rejasi


Tananing boshqa qismlaridan ketayotgan qonni to‘xtatish usullari


Download 155.86 Kb.
bet9/23
Sana07.11.2023
Hajmi155.86 Kb.
#1753457
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
18 Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil

Tananing boshqa qismlaridan ketayotgan qonni to‘xtatish usullari
Qon to‘xtatuvchi bog‘lam (jgut) qo‘yish imkoni bo‘lmagan joydan qon otilib oqayotgan bo‘lsa nima qilish lozim?
Jarohatdagi otilib chiqayotgan qon jarohatga keluvchi tomirlarni bosish yo‘li bilan to‘xtatiladi. Buning uchun barmoqlar bilan jarohat chetlari bosiladi. Agar qon to‘xtamasa jarohatga toza bint o‘rami yoki ro‘molcha bosiladi. Bosgan holda 20 daqiqa davomida ushlab turiladi. Imkon darajasida tezroq shifoxonaga etkaziladi.


Suyak sinishi turlari va birinchi yordam qoidalari
Yopiq va ochiq sinishlar
Suyaklarning sinishi
Suyak sinishlarining ochiq va yopiq turlari farqlanadi. Teri va teri osti qatlamlarining jarohatlanishi bilan kechadigan siniqlar ochiq siniqlar, teri va teri osti qatlamlarining shikastlanmasligi bilan kechadigan siniqlar yopiq siniqlar deyiladi.
Sabablari:
suyakka ortiqcha og‘irlik tushishi (balandlikdan sakrash);
nojo‘ya harakat – qo‘l yoki oyoqning qayrilib ketishi;
tashqi zarb (avtohalokat, biror jismning urilishi).
Belgilari:
yopiq siniqlarda:
og‘riq;
paypaslab ko‘rilganda og‘riqning kuchayishi;
shish;
odatdagi harakatlarni bajara olmaslik;
teri rangining o‘zgarishi;
shaklning buzilishi (g‘ayrioddiy g‘adir-budurlik, bo‘rtiq yoki chuqurchaning mavjudligi);
shikastlangan paytda qisirlagan yoki shiqirlagan tovush eshitilishi.
ochiq siniqlarda:
yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda:
jarohatning mavjudligi;
qon ketishi;
Birinchi yordam:
Barcha siniqlarda amal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy qoidalar:
1. Singan joyni hamda unga eng yaqin bo‘lgan (tepa va pastdagi) kamida ikkita bo‘g‘inning harakatsizligini ta’minlash;
2. Singan joyga sovuq narsa qo‘yish;
3. Singan joyni bir oz ko‘tarib qo‘yish.
1. Harakatsizlikni ta’minlash:
jabrlanuvchini jarohat olgan holatda qoldiring;
og‘riqqa sabab bo‘luvchi har qanday harakatdan qoching;
jabrlanuvchining qulay o‘rnashib olishiga ko‘maklashing;
tez yordam kelguncha singan joyni qo‘l bilan qimirlatmasdan ushlab turing yoki yostiq, ko‘rpa, plash, palto yordamida qimirlamaydigan holatga keltiring;
tez yordam etib kelmasa jabrlanuvchini boshqa transport vositasida shifoxonaga etkazish lozim bo‘lsa a’zoning harakatsizligini taxtakachlash yo‘li ta’minlang;
singan joyga biror jism (taxta, tayoq, karton, plastik bo‘lagi va h.) qo‘yib ustidan bint yoki boshqa biror mato bilan bog‘lang;
taxtakachlash jarayonida shikastlangan joy holatini o‘zgartirmaslikka harakat qiling;
taxtakachlashdan oldin ham, keyin ham qon aylanishini tekshiring;
qon aylanishi buzilsa (a’zoning uvishishi, sovushi, tirnoqlardagi pushti rangning yo‘qolishi) bog‘lamni bir oz bo‘shating.


Taxtakach turlari:
yumshoq — taxlangan adyol, sochiq, yostiq, mato o‘rami, bint (bint bilan qo‘l panjalarini qimirlamaydigan qilib bog‘lash)
qattiq — taxta, metal, plastik bo‘lagi, tayoq, karton, buklangan jurnal va h.
anatomik — shikastlangan a’zoni sog‘lom a’zoga bog‘lash.

Download 155.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling