Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish Mashg‘ulot o‘tish rejasi


Yurak to‘xtashining belgi va alomatlari


Download 155.86 Kb.
bet12/23
Sana07.11.2023
Hajmi155.86 Kb.
#1753457
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
18 Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil

Yurak to‘xtashining belgi va alomatlari
Behushlik;
Nafasning yo‘qligi;
Tomirning urmasligi.
Yurak-o‘pka reanimasiyasi
Yurak o‘pka reanimasiyasi o‘pka sun’iy yo‘l bilan havoga to‘ldirish va ko‘krak qafasini siqish hisobiga yurakni siqib qisman bo‘lsada undan qon chiqishini ta’minlashga asoslangan.
Kattalarda yurak-o‘pka reanimasiyasi
Jabrlanuvchi tekis va qattiq joyga yotqiziladi. Keyin bosilishi kerak bo‘lgan nuqta topiladi. Buning uchun to‘sh suyagining pastki uchi topilib (oshqozon sohasidagi bo‘liqda tugaydi) ushbu suyak uchiga qo‘lning ikkala barmog‘i perdikulyar ravishda qo‘yiladi. Uning yonidan ikkinchi qo‘lning kafti to‘sh suyagi ustiga qo‘yiladi. Birinchi qo‘lning kafti ikkinchi qo‘lning ustiga qo‘yiladi. To‘sh suyagini bosish paytida qovurg‘alarni ham qo‘shib bosish ta’qiqlanadi.
Bilaklarni to‘g‘ri tutgan holda har ikkala qo‘l bilan to‘sh suyagi 3,5-5 sm chuqurlikda 30 marta bosiladi. Bosish paytida jabrlanuvchining gavda tuzilishini inobatga olgan holda gavdaning og‘irligidan foydalaniladi. Har bir bosishlar orasida ko‘krak qafasi o‘z holigacha tiklanishi hisobga olinadi. Keyin ikki marta og‘izdan sun’iy nafas beriladi. Bunda puflashlar soni bir daqiqada 10-12tani tashkil qiladi. Har bir puflashga 1,5-2s. vaqt sarflanadi. Puflash davomida ko‘krak qafasining ko‘tarilayotganligiga e’tibor beriladi.
Sun’iy nafas berish va to‘sh suyagini bosishdan iborat ushbu sikl 6-7 marta takrorlanadi. Keyin uyqu arteriyasida tomir urishi tekshirib ko‘riladi. Tomir urishi va nafas olish tiklanmasa har 1-2 daqiqa davomida tomir urishini tekshirgan holda yurak-o‘pka reanimasiyasi davom ettiriladi.
1-8 yoshli bolalarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklash
Yosh bolalarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklash katta yoshdagilardan farq qiladi. Bolalarda to‘sh suyagini bosish bir qo‘l yordamida 15 marta 2,5-3sm. chuqurlikda bolalarda yurak urishi 100-110 marta urishini hisobga olib olib boriladi. Sun’iy nafas berishlar soni bir daqiqada 20-25tani tashkil qiladi. Har bir puflashga 1-1,5s. vaqt sarflanadi. Tomir urishi ham har bir daqiqada tekshirib turiladi. Tomir urishi va nafas olish aniqlanmasa har 1-2 daqiqa davomida tomir urishi tekshirilgan holda yurak-o‘pka reanimasiyasi davom ettiriladi.

Download 155.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling