Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish Mashg‘ulot o‘tish rejasi


Download 155.86 Kb.
bet11/23
Sana07.11.2023
Hajmi155.86 Kb.
#1753457
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
18 Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil

Son suyagining sinishi
Birinchi yordam:
tos-son, tizza hamda boldir-panja bo‘g‘imlarining harakatsizligini ta’minlang;
sonni ichki va tashqi tomondan taxtakachlang. Bunda tashqi taxtakach qo‘ltiq ostidan oyoq panjalarigacha, ichki taxtakach chotdan oyoq panjalarigacha qo‘yiladi;
shinani besh joydan bog‘lang.
Eslatma: son suyagi sinishi og‘ir jarohatlar sirasiga kiradi. Agar son suyaklarining harakatsizligi yaxshi ta’minlanmasa bu yirik arteriya qon tomirlarining shikastlanishi hisobiga og‘ir holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tizza, boldir va oyoq panjalari sinishida yuqoridagidek yo‘l tutiladi. Umurtqa pog‘onasi singanda jabrlanuvchining harakatsizligi va gorizontal holati ta’minlanadi. Butun tana bo‘ylab taxtakach qo‘yilib bog‘lanadi. Shundan so‘nggina uni ko‘tarish mumkin bo‘ladi.
Qovurg‘alar singanda ko‘krak qafasiga bog‘lam qo‘yiladi. Qovurg‘alar ochiq sinsa, o‘pkani o‘rab turuvchi parda zararlanishi, buning natijasida bu joyga havo kirib qolishi mumkin. Bu holatga pnevmotoraks deyiladi. Pnevmotoraksda quyidagicha yordam ko‘rsatiladi:
Jarohat ustiga havo o‘tkazmaydigan biror narsa masaln, poletilen qo‘yiladi;
Polietilenning uch tarafi elimlanib yoki skochlanib bir tomoni ochiq qoldiriladi;
Jabrlanuvchiga chuqur nafas olish byuriladi.
Bunday tartibda yordam ko‘rsatilganda o‘pkani o‘rab turuvchi parda ostiga kirgan havo nafas chiqarish paytida polietilenning bekitilmagan bir tomonidan tashqariga chiqadi. Nafas olinganda esa polietilen to‘siq sababli havo ichkariga kirmaydi. Natijada jabrlanuvchining pnevmotoraks hisobiga puch hoga kelib qolgan o‘pkasi asta-sekin tiklanib o‘z holiga qaytadi.
Pnevmotokarsda har doim jarohatning teskari tomoni, orqa tomoni tekshirilib ko‘rilishi shart.
Yurak o‘pka reanimasiyasi
Yurak faoliyatining to‘xtashi deganda uning muskullari qisqarishdan to‘xtashiga tushuniladi. Yurak faoliyati quyidagi sabablarga ko‘ra to‘xtab qolishi mumkin:
Yurakning jarohatlanishi — jarohat natijasida uning muskullari etarli miqdordagi qonni hayday olmasligi;
Shok holati - qon bosimining keskin tushib ketishi oqibatida qon aylanishining buzilishi va buning oqibatida yurakning o‘zi qon bilan ta’minlanmay qolishi;
Suvda cho‘kish — o‘pka suv bilan to‘lib qonni kislorod bilan boyintira olmasligi oqibatida yurak muskullariga kislorod etib bormasligi;
Zaharli moddalar, jumladan giyohvand moddalar ta’sirida miyadagi nafasni boshqaruvchi markazning ishdan chiqishi;
Ko‘p miqdorda qon yo‘qotish — yurakning kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlanmay qolishi;
Elektr toki urishi — yurakning elektr faolligi izdan chiqishi;
Kasalliklar — yurak ishemik kasalligi, yurak muskularining zaiflashishiga olib keluvchi xilma-xil boshqa kasalliklar.
Ba’zan yurak kasallikning birinchi xuruji paytida ham to‘xtab qolishi mumkin. bunda to‘satdan o‘lim sodir bo‘ladi.

Download 155.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling