Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish Mashg‘ulot o‘tish rejasi


Download 155.86 Kb.
bet14/23
Sana07.11.2023
Hajmi155.86 Kb.
#1753457
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
18 Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil

3-darajali kuyishning belgilari:
Jarohat hosil qilib kuygan barcha holatlar (teri osti qatlamlari, muskullar, qon tomir va asab tomirlari, suyaklarning kuyishi)


Birinchi va ikkinchi darajali kuyishda birinchi yordam

Kuyish jarayonida nima sodir bo‘lishini tassavvur qiling. kuyish jarayonida issiqlik ta’sirida tana xujayralari kengayib portlab ketayapdi deb tasavvur qiling va shunga ko‘ra harakat qiling. buning uchun:


kuygan joyni zudlik bilan sovutishga kirishing. Bu joyga sovuq suv quying. Qo‘l ostingizda suv bo‘lmasa sharbat, qatiq, sut kabi suyuqliklardan foydalaning;
sovutib bo‘lgach infeksiya tushishining oldini olish uchun toza mato (bint) bilan bog‘lang;
pufakchalarni yormang;
kuygan joyga tarkibida kimyoviy modda bo‘lgan suyuqlik va moddalarni surtmang (masalan tish pastasi);
kuygan joyga muz qo‘ymang;
pufakchalar o‘zi yorilgan bo‘lsa uni sovutlab yuvib keyin bog‘lang.
Uchinchi darajali kuyishda birinchi yordam
Kuygan joyni toza mato (sochiq) bilan yoping. Bu mato qurib jarohatga yopishib qolmasligi hamda jarohatni sovutish uchun uning ustidan muntazam namlab turing;
kuygan joy tananing katta qismini egallagan bo‘lsa hamma joyni sovutishga harakat qilmang. Kuygan joyning ma’lum bir qismini sovuting;
kuyish natijasida jabrlanuvchi shokka tushib qolishi mumkinligini hisobga oling. Shuning uchun shokka qarshi kurashing (shokka qarang);
jarohatga yopishgan kiyim parchalarini ko‘chirib olmang;
jarohatni suv bilan yuvmang;
nafas yo‘llari kuymaganligiga ishonch hosil qiling;
boshqa jarohatlar yo‘qligiga ishonch hosil qiling.
Jarohatga har xil maz, yog‘ va boshqa narsalar qo‘yish mumkin emas. Ular jarohatni ifloslantiradi. Jarohatning og‘irlik darajasini aniqlashga to‘sqinlik qiladi. Soda, kraxmal, sovun, xom tuxum qo‘yish ham yaxshi emas. Bu narsalar ham jarohatni ifloslantirishidan tashqari jarohat ustida ko‘chirib olish qiyin bo‘lganplenka hosil qiladi.


Kimyoviykuyish
Kimyoviy kuyish kundalik turmushda, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan moddalar ta’sirida hamda sanoatda, ishlab chiqarishda ishlatiladigan kuchli ta’sirga ega bo‘lgan kimyoviy moddalar ta’sirida bo‘lishi mumkin.



Download 155.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling