Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish Mashg‘ulot o‘tish rejasi


Kundalik turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalardan kuyishda birinchi yoram


Download 155.86 Kb.
bet15/23
Sana07.11.2023
Hajmi155.86 Kb.
#1753457
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
18 Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil

Kundalik turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalardan kuyishda birinchi yoram
Kuydiruvchi omilni bartaraf qiling;
kuydiruvchi modda quruq bo‘lsa uni darhol artib tashlang;
kuygan joyni kamida 20 daqiqa davomida sovuq suv bilan yuving;
kimyoviy modda bilan zararlangan kiyimni eching;
kimyoviy modda ko‘zga tushgan bo‘lsa uni kamida 20 daqiqa davomida sovuq suv bilan yuving.
Sanoatda ishlatiladigan kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan kuyishda birinchi yordam

Sanoatda ishlatiladigan kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan kuyganda zudlik bilan kiyim echib 15-20 daqiqa davomida tezda yordam etib kelmasa 30-40 daqiqa davomida oqar suvda yuviladi. Agar kuyish tarkibida ftor bo‘lgan kislotalar natijasida kelib qichchan bo‘lsa, kuygan joy uzluksiz 2-3 soat davomida kislotaga xos hid yo‘q bo‘lgunga qadar yuviladi.


Umuman olganda kislotalar bilan kuyganda jarohatga 5%li gidrokarbonat natriy (choy soda) bilan namlangan bog‘lam, ishqorlar bilan kuyganda limon, sirka yoki bor kislotalari bilan namlangan bog‘lam qo‘yiladi. Ohak bilan kuyganda qandning 20%li eritmasida namlangan bog‘lam foydali hisoblanadi.
Issiqurishi va oftob urishi
Issiq urishining sabablari:
atrof muhit issiq va nam bo‘lganda badandan issiqlik chiqib ketishining qiyinlashishi (issiq va nam joyda uzoq muddat qolib ketish);
og‘ir jismoniy mehnat qilinganda tanadan issiqlik chiqib ketishining qiyinlashishi (issiq sharoitda og‘ir mehnat qilish);
oftob urishining sabablari:
oftobda uzoq muddat turib qolish.
Belgilari:
Issiq urishi va oftob urishining belgilari bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Avvaliga charchoq, bosh og‘rig‘i, uyqu tortishi, bosh aylanishi paydo bo‘lib ularga oyoqlarda elkada og‘riq, quloqning shang‘illashi, ko‘z oldining qorong‘ilashishi, ko‘ngil aynishi, qusish va qisqa muddatli hushdan ketish qo‘shiladi.


Issiq va oftob urishida birinchi yordam
Issiq urishi va oftob urishida birinchi yordam quyidagi tartibda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
jabrlanuvchini soya-salqin joyga o‘tkazing;
jabrlanuvchining kiyimlarini echib oyoqlarini boshiga nisbatan balandroq qilib joylashtiring;
ensa sohasi, bo‘yin, qo‘ltiq va chotlarga muz yoki sovuq suvda namlangan latta qo‘ying (jabrlanuvchini namlangan choyshab bilan o‘rash ham mumkin);
sochoq bilan elping (ventilyator tagiga yotqizing);
jabrlanuvchi hushida bo‘lsa achchiq choy yoki ozgina tuz qo‘shilgan suv bering;
qusish harakatlari bo‘lsa yon tomoniga yotqizing;
hushidan ketgan bo‘lsa hushiga keltirish choralarini ko‘ring;
jabrlanuvchi nafas olmasa va uning yuragi urmasa yurak o‘pka reanimasiyasi o‘tkazishga kirishing.

Download 155.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling