Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish Mashg‘ulot o‘tish rejasi
Kislotalar bilan zaharlanganlarga birinchi tibbiy yordam
Download 155.86 Kb.
|
18 Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishqorlar bilan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam.
Kislotalar bilan zaharlanganlarga birinchi tibbiy yordam.
Og‘iz atrofi va og‘iz suv bilan yuviladi. Keyin (agar qizilo‘ngach va oshqozon teshilmagan bo‘lsa) oshqozon yuviladi. Buning uchun oshqozonga zond yuborilib zond orqali 6-10 litr iliq suv yuboriladi suvga har litriga 20 g. miqdorida magniy sulfat qo‘shiladi. Agar magniy sulfat bo‘lmasa so‘ndirilgan ohak suvi qo‘shish mumkin. Biroq soda qo‘shish mumkin emas. Zondsiz yuvish ya’ni 4-5 stakan suv ichirish bemorning ahvolini yaxshilamaydi, aksincha zaharli moddaning tanaga so‘rilib ketishiga yordam beradi. Agar zond bilan yuvishning iloji bo‘lmasa jabrlanuvchiga sut, o‘simlik moyi, tuxum oqi, kraxmalga boy qaynatmalar ichiriladi. Faqat karbol kislotadan zaharlanishda (fenol, lizol) jabrlanuvchiga sut, yog‘ va moylar berish taqiqlanadi. Bunday magniy sulfatli yoki so‘ndirilgan ohakli suv ichiriladi. Oshqozon sohasidagi og‘riqni kamaytirish uchun oshqozon sohasiga muz qo‘yiladi. Ishqorlar bilan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam. (kaustik soda, novshadil spirti, so‘ndirilgan va so‘ndirilmagan ohak va h.k.) Belgilari: og‘iz, qizilo‘ngach, oshqozon shilliq pardalari kuyishi, buning natijasida qattiq og‘riq turishi, chanqash, ba’zida tomir tortishib qolishi. Zudlik bilan og‘iz atrofini va og‘iz bo‘shlig‘ini yuvish. Oshqozonni 6-10l. iliq suv yoki limon yoki sirka kislotasining 1%li eritmasi bilan yuvish. Oshqozonni yuvish birinchi 4 soat davomida amalga oshirilishi lozim. Zond yordamida oshqozonni yuvishning iloji bo‘lmasa har 5 daqiqada 1 osh qoshiqdan 2-3%li limon yoki sirka kislotasi berib turiladi. Limon sharbati berish ham mumkin. soda bilan og‘izni chayish yoki uni ichirish mumkin emas. Agar zahar organizmga teri yoki tashqi shilliq pardalar orqali kirgan bo‘lsa, uni ko‘p miqdordagi suyuqlik – fiziologik eritma, ichimlik sodasi yoki limon kislotasi qo‘shilgan eritma bilan yuviladi. Zahar organizmga og‘iz orqali kirganida ko‘p miqdordagi suv bilan oshqozonni yuvish lozim. Tuxum oqsili, kraxmal, kisel, 100 g o‘simlik yog‘i yoki sut ichirish tavsiya etiladi 3.2. Favkulodda vaziyatda shikastlanganlarga tibbiy yordam berish, ularni davolashni tashkil etish va amalga oshirish. Favkulodda vaziyatdagi davolash-evakuasiya ta’minotining Favkulodda vaziyatdagi davolash-evakuasiya ta’minotining moxiyati shikastlanganlarga tibbiy evakuasiyaning ikki boskichida tibbiy yordam kursatish va davolash tadbirlarini utkazib, shikastlangan axolini olgan shikastlarining xususiyati (Tibbiy kursatkichlari) kandayligiga muvofik, ofat va xalokat zonalaridan davolash muassasalariga tezrok junatishdan iboratdir. Falokat uchogiga soglikni saklash kuchlari va vositalarini tezlik bilan olib kirish, ular ishini tugri tashkil kilish va jabrlanganlar ofat joyidan tashkariga evakuasiya kilinishini okilona tashkil etilishi bilan bu tadbirlar vaktida bajarilishiga erishiladi. Jabrlangan axoli shunda tibbiy yordamning xamma turlari, ya’ni birinchi tibbiy yordam, birinchi shifokor yordam, malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam bilan birin-ketin (izchil) ta’minlanadi. «Tibbiy evakuasiya boskichi» deganda tibbiy evakuasiya yullarida shikastlanganlarni kabul kilish, saralash, ularga tibbiy yordamning muayyan turlarini kursatish xamda ularni yana narirok evakuasiya kilishga tayyorlash muljallangan soglikni saklash kuchlari va vositalari tushiniladi. Xozirgi vaktda Uzbekiston Respublikasidagi favkulodda vaziyatlarda shikastlanganlarni davolash-evakuasiya tadbirlari bilan ta’minlab, muljallangan joyga evakuasiya kilish kuzda tutiladigan ikki boskichli tizim kabul kilingan. Shikastlanganlarga ofat uchoklari va joylarida tibbiy yordam kursatish ishlarini shartli tarzda uch davrga: yakkalash (izolyatsiya kilish); kutkarish va soglikni tiklash davriga bulish mumkin. Download 155.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling