Birinchi shifokor yordami. Bu shikastning jabrlanganlar xayotiga bevosita xavf soluvchi okibatlarini bartaraf kilish, jaroxat infeksiyasi yanada rivoj topishining oldini olish va shikastlanganlarni evakuasiyaga tayyorlash maksadida tibbiy evakuasiyaning birinchi boskichida shifokorlar bajaradigan davolash-muxofaza majmuidir.Bunday yordamni umum shifokorlik tayyorgarligi bulgan va ixtisosli jarro-shifokorlar kursatadi. Shikastlangan ondan keyingi 3 soat, eng kupi bilan 6 soat birinchi shifokor yordami kursatish uchun eng kiska muddat xisoblanadi. Tibbiy yordamning bu turini xamma ixtisoslardagi shifokorlar, xatto mukim shifoxonalardagi urta tibbiy ma’lumoti bulgan tajribali xodimlar xam (shifokor nazoratida) bilishlari kerak.
Malakali tibbiy yordam-davolash muassasalari (bulinmalari)da tegishli ixtisosdagi shifokorlar amalga oshiradigan, shikast okibatlarini bartaraf kilishga, extimoli bor ogirlashuvlar oldini olishga va rivojlana boshlagan salbiy okibatlarga karshi kurashishning shikastlanganlarni uzil-kesil natijagacha davolashga karatilgan jarroxlik va terapevtik tadbirlar majmuidir.
Ixtisoslashgan tibbiy yordam-ixtisoslashgan davolash muassasalari (bulinmalari)da odamning ba’zi a’zolari va tizimlaridagi buzilishlarni maksimal darajada tiklash maksadida maxsus apparatlar va uskunalardan foydalanib, mutaxassis shifokorlar bajaradigan davolash-muxofaza tadbirlari majmuidir.
Fukaro muxofazasi tibbiy xizmati xamda «Xalokatlar tibbiyoti» xizmatining favkulodda vaziyatda jabrlanganlarga tibbiy yordam kursatish uchun jalb etiladigan kuch va vositalari
Birinchi tibbiy yordam mumkin kadar kuprok odamlar xayotini saklab kolish, axoli, ukuvchilar, najotkorlar eng avvalo uziga uzi va bir biriga yordam berish usuli, kulda mavjud bulgan, ruyxatdagi vositalar, shaxsiy dori kutisi (IA-2), turli dorivor moddalar va xokazolardan foydalanib:
-tez va kechiktirib bulmaydigan ixtisoslashgan tibbiy yordam xizmati;
-shaxar va tumandagi markaziy kasalxonalar, joylardagi shifokorlik nuktalari va uchastkalari xodimlari, ya’ni 1 shifokor, 2 xamshira va 2 sanitardan iborat shoshilinch tibbiy yordam brigadalari tashkil etilib, bevosita shikast uchogida faoliyat kursatadilar;
-ixtisoslashgan (doimiy shay) shoshilinch tibbiy yordam brigadalari esa, respublika, viloyatlar, shaxarlar, u erlardagi kup soxali, ixtisoslashgan tibbiy muassasalar, oliy tibbiy ukuv yurtlari klinikalari, ilmiy-tadkikot institutlari xamda markazlar bazasida barcha mutaxassisliklar buyicha tashkil etiladi. Bu brigadalardan kanday foydalanish xakida kirish kismida tuxtalgan edik. Shunday ekan, shoshilinch tibbiy yordam xizmati va «Xalokatlar tibiyoti» xizmati tuzilmalari va muassasalari asosan brigada usuli buyicha tashkil etilib, ikki boskichli tizimda faoliyat kursatish bilan belgilanadi. Bu vazifalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |