Favqulotda vaziyat turlari
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasidagi vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Download 34.71 Kb.
|
Favqulotda vaziyat turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish bo’yicha maxsus vakolatli davlat boshkaruv organi
3. Turli vazirlik va idoralarning fuqaro muhofazasi bo’yicha vakolatlari
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasidagi vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar davlat rezervlari yaratilishini ta`minlaydi hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etashga oid kuchlar va vositalarni moliya hamda resurs jihatidan ta`minlashni, ularni maxsus texnika va boshka moddiy-texnika vositalari bilan jihozlashni amalga oshiradi; favqulodda vaziyatlar tasnifini tasdiklaydi hamda ularni bartaraf etishda ijro hrkimiyati organlari ishtiroki darajasini belgilaydi; vazirliklar, idoralar, ijro hokimiyati mahalliy organlarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; qonun hujjatlariga muvofik boshka vakolatlarini amalga oshiradi. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish bo’yicha maxsus vakolatli davlat boshkaruv organiFavkulolda vaziyatlardan muhrfaza kilish, buiicha maxsus vakolatli davlat boshkaruv organi O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir. O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi: favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda aholi hayoti va sogligini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza kilish, shuningdek fav-kulodda vaziyatlar okibatlarini bartaraf etish va zararni kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chikadi hamda amalga oshiradi; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasida maxsus dasturlar ishlab chikilishi va ilmiy tadkikotlar amalga oshirilishini tashkil etadi; o’z vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shahslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan karorlar kabul kiladi; boshkaruv organlarining, aholini va hududlarni muhofaza kilish kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat kdlishga tayyor bulishini tashkil etadi; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari boshkaruvini amalga oshiradi, boshkaruv punktlari, xabar berish va aloka tizimlarini tuzadi; favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-kutkaruv ishlari va kechiktirib bulmaydigan boshka ishlar o’tkazilishini tashkil etadi; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; ishlab chiqarish va ijtimoiy ob`ektlar bo’yicha loyihalar va karorlar yuzasidan davlat ekspertizasi o’tkazilishida ishtirok etadi; qonun hujjatlariga muvofik boshka vakolatlarni amalga oshiradi. Vazirliklar va idoralar favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasida: o’z tasarrufidagi korxona, muassasa va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat kilishga shay bulib turishini ta`minlashlari; tarmokning va uz tasarrufidagi ob`ektlarning favqulodda vaziyatlar sharoitida barkaror ishlash imkoniyatini oshirish tadbirlarini ishlab chikishlari va amalga oshirishlari; favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish buiicha harakatlar rejasini, nizomlar, koidalar va yuriknomalarni kelishib olish uchun O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga takdim etishlari; o’z tasarrufidagi ob`ektlar hodimlarini harbiylashtirilmagan tuzilmalar tarkibida favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish usullariga va harakat kilishga urgatishlari; favqulodda vaziyatlar tugrisida xabar berish mahalliy tizimlarini yaratishlari va ularni doimo shay holatda saklab turishlari; aholining va hududlarning muhofazalanish holati tugrisida belgilangan tartibda ahborot berishlari, shuningdek tarmok hodimlarini favqulodda vaziyat tahdidi borligi tugrisida xabardor kilishlari; moddiy va moliyaviy resurslar rezervlarini yaratishlari; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish rejalariga muvofik; uz tasarrufidagi ishlab chiqarish va ijtimoiy ob`ektlarda hamda ularga tutash hududlarda avariya, kutkaruv ishlari va kechiktirib bulmaydigan boshka ishlar tashkil etilishi, moliyalanishi va o’tkazilishini ta`minlashlari; o’ta muhim ob`ektlar va ularning hodimlarini favqulodda vaziyatlar sharoitida uz faoliyatlarini davom ettirishlari ta`minlanadigan punktlarga evakuatsiya kilish tadbirlarini amalga oshirishlari; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maxsus kuchlari va vositalari tashkil etilishini, tayyorgarlikdan o’tkazilishini va shay bulib turishini ta`minlashlari; o’z tasarrufidagi ob`ektlar loyihalanishi, qurilishi va rekonstruktsiya kdlinishi chogida ahrlini va hududlarni muhrfaza kilish masalalariga oid talablar bajarilishini nazorat kdlib borishlari; qonun hujjatlariga muvofik. boshka vakolatlarni amalga oshirishlari shart. Vazirliklar va idoralar Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ruyhati belgilab kuyiladigan, potentsiat xavf manbai bo’lgan ob`ektlarda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhrfaza kdlish bo’yicha mutaxasislar shtat lavozimlarini joriy etadilar. Boshka ob`ektlarda esa mas`ul shahslar tayinlanadi. Download 34.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling