Favqulotda vaziyatlar va fuqorolar muhofazasi haqida tushuncha


Favqulodda vaziyatlar, uning turlari va xususiyatlari


Download 204 Kb.
bet2/13
Sana08.05.2023
Hajmi204 Kb.
#1443274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Favqulotda vaziyatlar va fuqorolar muhofazasi haqida tushuncha

2. Favqulodda vaziyatlar, uning turlari va xususiyatlari
Favqulodda vaziyat (FV)-ma’lum hududda yuz bergan falokat, halokat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning o‘limiga, salomatligiga, tevarak atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli moddiy zarar etkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir.
Favqulodda vaziyatlar havfining tarqalish tezligiga ko‘ra, ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. tasodifiy FV - er silkinishi, portlash, transport vositalardagi avariyalar va

boshqalar;

  1. shiddatli FV - yong‘inlar, zaharli gazlar otilib chiquvchi portlashlar va

boshqalar;
v) mo‘’tadil (o‘rtacha) FV - suv toshqinlari, vulqonlarni otilib chiqishi,
radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar va boshqalar;
g) ravon FV - sekin-asta tarqaluvchi xavflar: qurg‘oqchilik, epidemiyalarni tarqalishi, tuproqni ifloslanishi, suvni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.
Favqulodda vaziyatlar yana tarqalish miqyosiga (shikastlanganlar soniga hamda moddiy yo‘qotishlar miqdoriga qarab) ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi:

  1. Lokal (ob’ekt miqyosidagi) FV;

  2. Mahalliy FV;

  3. Respublika (milliy) FV;

  4. Transchegaraviy (global).

Lokal favqulodda vaziyat - biror ob’ektga taaluqli bqlib, uning miqyosi o‘sha ob’ekt xududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq bqlmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bqlgan kunda eng kam oylik ish xaqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu ob’ekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi.
Mahalliy tavsifdagi favqulodda vaziyat - aholi yashaydigan xudud (aholi punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq, biroq 500 dan kam bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bqlgan kunda eng kam oylik ish xaqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 mln. baravaridan kam bqlmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi.

Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling