Fayllar. Org


-rasm. “Toshkent” Respublika fond birjasida 2012-2018 yillardagi savdo aylanmasi dinamikasi


Download 369.69 Kb.
bet21/36
Sana25.02.2023
Hajmi369.69 Kb.
#1227872
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
internetdan olingan ma\'lumotlar

1-rasm. “Toshkent” Respublika fond birjasida 2012-2018 yillardagi savdo aylanmasi dinamikasi4
Quyidagi rasmda (2-rasm) “Toshkent” Respublika fond birjasida 2012-2018 yillarda tuzilgan yillik shartnomalar soni keltirilgan. Rasmda ma’lumotlariga asosan 2012-2013-2014 yillar davomida deyarli shartnomalar soni 900 dona atrofida, ya’ni mos ravishda 916, 941, 918 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2015-yildan boshlab esa shartnomalar soni o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. 2015-2016-2017 yillarda shartnomalar soni mos ravishda, 2794, 3080, 2572 donani tashkil etgan. 2018-yilga kelib esa, Respublika fond birjasida tuzilgan shartnomalar soni ancha o‘sganligi diagramma ma’lumotlaridan yaqqol ko‘rinib turibdi. Ushbu yilda shartnomalar soni 13751 taga yetgan, ya’ni o‘tgan yillarga nisbatan bir necha barobar ko‘p shartnoma tuzilganligi albatta iqtisodiyotimizning rivojlanishi uchun hissa qo‘shadi.

___________



YUZ.UZ
https://yuz.uz/uz/news/kapital-bozorini-tartibga-solish-tizimini-yanada-takomillashtirish-chora-tadbirlari-togrisida?view=byudjet-jarayonida-fuqarolarning-faol-ishtirokini-taminlash-boyicha-qoshimcha-chora-tadbirlar-togrisida
Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
 Hujjatlar14 Aprel 20213645
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-son farmoni va 2021 yil 3 apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida”gi PQ-5053-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. 2021 yil 1 maydan boshlab:
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilsin;
tugatilayotgan Kapital bozorini rivojlantirish agentligining qimmatli qog‘ozlar bozorini, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish hamda lotereyalarni tashkil etish faoliyati bo‘yicha vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkazilsin.
2. Moliya vazirligiga kapital bozorini rivojlantirish sohasida quyidagi vazifalar yuklatilsin:
qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish, nazorat qilish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
qimmatli qog‘ozlar amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi investorlar hamda qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;

Download 369.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling