Fayllar. Org
qimmatli qog‘ozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
Download 369.69 Kb.
|
internetdan olingan ma\'lumotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- bekor qilish yoki o‘zgartirish talab etilmaydi ; Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy boshqarmalarida ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan hujjatlar
- 2021 yil 1 maydan boshlab Moliya vazirligiga o‘tkaziladi
- 2021 yil 1 maydan
qimmatli qog‘ozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
mahalliy kapital bozorining rivojlanish holati va uning professional qatnashchilari to‘g‘risida investorlar va jamoatchilikni xabardor qilish; qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional ishtirokchilarning faoliyatini, shuningdek, bukmekerlik va lotereyalarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish; qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, professional ishtirokchilarning mutaxassislarini attestatsiyadan o‘tkazish va malaka guvohnomalarini berish; qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ro‘yxatdan o‘tkazish, ular yuzasidan hisobot berish hamda qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini va qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni hisobga olish reyestrini yuritish talablarini belgilash; o‘z mablag‘lari yetarli darajada bo‘lishiga doir majburiy normativlarni va qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha tavakkalchiliklarni cheklovchi ko‘rsatkichlarni o‘rnatish; qimmatli qog‘ozlar bozorining holati va uning ishtirokchilari haqida, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan ma’lumotlar oshkoraligini ta’minlash orqali jamoatchilikni xabardor qilish; kapital bozorini rivojlantirish va tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro institutlar bilan samarali hamkorlik qilish. 3. Tugatilayotgan Kapital bozorini rivojlantirish agentligining jami 110 nafar shtat birligi (shundan, 90 nafar boshqaruv xodimi) hisobidan Moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlari cheklangan soni 54 nafarдан (shundan, 16 nafar hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi markaziy apparat xodimlari) iborat Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tashkil etilsin. 4. Belgilansinki: Kapital bozorini rivojlantirish departamentining o‘z faoliyatini bevosita hududlarda olib boradigan xodimlari mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi va ushbu xodimlarning hududlardagi faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar Moliya vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi; Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish agentligining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan avval berilgan hujjatlar va ilgari qabul qilingan qarorlar o‘z kuchini saqlab qoladi va ushbu organni tugatish munosabati bilan ularni bekor qilish yoki o‘zgartirish talab etilmaydi; Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy boshqarmalarida ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan hujjatlar (tegishli faoliyatni litsenziyalash, qimmatli qog‘ozlar chiqarishni ro‘yxatga olish, murojaatlar va boshqa hujjatlar) 2021 yil 1 maydan boshlab Moliya vazirligiga o‘tkaziladi va ko‘rib chiqish natijalari Moliya vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi; Kapital bozorini rivojlantirish departamenti shtatlari birinchi navbatda tugatilayotgan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tizimi xodimlari hisobidan butlanadi. 5. 2021 yil 1 maydan boshlab quyidagi mablag‘lar Moliya vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltirilsin: fond birjasida qimmatli qog‘ozlar savdosini amalga oshirishda sotuvchi tomonidan to‘lanadigan yig‘im; emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning dastlabki chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lanadigan yig‘im; emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni yiriklashtirish jarayonida ularning nominal qiymati oshirilganda emitent tomonidan to‘lanadigan yig‘im; qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va (yoki) avval ro‘yxatdan o‘tgan qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishiga o‘zgartirishlar bo‘yicha hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan yig‘im; lotereyalarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish bilan bog‘liq yig‘imlar; qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalarni o‘tkazish huquqini beruvchi malaka attestatini olishga talabgorlarni (jismoniy shaxslarni) attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish uchun undiriladigan yig‘im; qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional ishtirokchilarning faoliyatini amalga oshirishi uchun litsenziya olish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘im; belgilangan tartibda Moliya vazirligi tomonidan undiriladigan boshqa yig‘imlar. 6. Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2021 yil 1 mayga qadar: Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasining hamda rivojlantirish jamg‘armasining qoldiq mablag‘lari Moliya vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkazilishini; Kapital bozorini rivojlantirish agentligi mol-mulkining Moliya vazirligiga topshirilishini ta’minlasin. 7. Moliya vazirligining Kapital bozorini rivojlantirish departamenti Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 107-uy manziliga joylashtirilsin va ushbu bino birinchi qavatining chap qanoti va tegishli yerto‘la qismi Moliya vazirligiga operativ foydalanish huquqi asosida biriktirilsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish departamentining hududiy sho‘’balari xodimlari Kapital bozorini rivojlantirish agentligi hududiy boshqarmalarining hozirgi joylashuvi bo‘yicha binolarda (xonalarda) joylashtirilishini ta’minlasin. 8. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuniga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini; qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Download 369.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling