' G. P. Xomchenko, I. G. Xomchenko


- §.  Uglerod  va  uning  xossalari


Download 6.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/81
Sana15.12.2017
Hajmi6.95 Mb.
#22307
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81

11.2- §.  Uglerod  va  uning  xossalari

Tabiatda uchrashi. 

Tabiatda  uglerod  erkin  holda  olmos,  grafit 

va  karbin  ko‘rinishida,  birikmalarida  esa  —  toshko‘mir,  qo‘ng‘ir 

ko'mir  hamda  neft  ko'rinishida  uchraydi.  Tabiiy  karbonatlar  — 

ohaktosh,  marmar,  b o ‘r  C a C 0 3,  magnezit 

M g C 0 3,  dolom it 

M g C 0

3

 •  C a C 0

3

  tarkibiga  kiradi.  Organik  moddalaming  asosiy 

tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Uglerodning  yer  qobig'idagi  miqdori 

0,1%-  Havoda uglerod  (IV)  oksid  ko'rinishida bo‘ladi.

Fizik  xossalari. 

Uglerodning  allotropik  shakl  o'zgarishlari  — 

olm os,  grafit  va  karbin  fizikaviy  xossalari  jihatidan  bir-biridan 

keskin farq qiladi, bunga sabab ulaming kristall  panjaralari turlicha 

tuzilganligidir.

O l m o s   —  atom  panjarali  rangsiz  kristall  modda.  Olmos 

kristallarida  uglerod  atomlari  s/>3-gibridlanish  holatida  bo'ladi

(3 .2 -§   ga  q.).  Ular  o ‘zaro  puxta 

qutbsiz kovalent bog'lanishlar orqali 

bog'langan.  Olmosda  uglerodning 

har qaysi  atomi to'rtta boshqa atom 

bilan  qurshab  olingan,  bu  atomlar 

tetraedr  markazidan  uning  uchlariga 

tomon  yo'nalgan  tomonda  bo'ladi 

(to'rtta  a-bog'lanish, 

1 1


.

1

-rasm). 



B ularning  ham m asi  nih oyatd a 

qattiqlik, ancha katta zichlik (3,5 g/sm3)

11.1- rasm.  Olmosning kristall  va olmosga xos boshqa xususiyatlami 

panjarasi. 

baxsh etadi.  Shuning uchun u shisha

kesish,  tog‘  jinslarini  burg‘ulash  va  o ‘ta 

qattiq  m ateriallarni  silliq la sh   u ch u n  

ishlatiladi.  Olmos issiqlikni va elektr tokini 

yaxshi  o ‘tkazmaydi.  Uning  sof  holdagi 

namunalari  yorug'likni  kuchli  sindiradi 

(shu’lalanadi).  Shuning  uchun  olmosdan 

bezaklar  (brilliantlar)  tayyorlanadi.

Yoqutistonda  olmosning  yirik  konlari

topilgan.  Bundan  tashqari,  1961 -yilda 

.

1 



• 



  ui  u  u- 

•  u 

1 1 .2 -rasm. 

Grafitnmg

ularni  sanoatda  grafitdan  ishlab  chiqarish 

kristall panjarasi

yo‘lga qo'yilgan.

G r a f i t   —  salgina  metall  yaltiroqligi  bor,  ushlab  ko'rilganda 

yog'lidek tuyuladigan to'q kulrang kristall modda.  Grafit kristallarida 

uglerod atomlari 

sp

*-gibridlanish holatida bo'ladi  (3.2-§ ga q).  Ular 

to'g'ri  oltiburchaklikdan  tarkib  topgan  yassi  qatlamlar  bo'lib 

birikkan  (11.2-rasm).  Ularda  uglerodning  har  bir  atomi  uchta 

qo'shni  atom  bilan  puxta  kovalent  bog'lanishlar orqali bog'langan 

bo'ladi  (uchta  a-bog'lanish).  Bog'lanishlar bir-biriga  nisbatan  120 

°C  li burchak ostida yo'nalgan.  Har qaysi atomning valent elektroni 

qatlamda metalldagi  kabi  harakatchanligicha qoladi va uglerodning 

bir  atomidan  boshqa  atomiga  o'tib  turishi  mumkin.  Shunday 

elektronlar  hisobiga  metall  bog'lanish  amalga  oshadi.  Grafitning 

elektr o'tkazuvchanligi  yaxshiligiga (metallardagidan yomon emas), 

shuningdek  uning  issiqlik  o'tkazuvchanligi  va  metall  yaltiroqligi 

borligiga sabab ana shudir.

Grafitda  qatlamlar  orasidagi  masofa  ancha  katta  (0,335  nm), 

ular  orasidagi  o'zaro  ta’sir  kuchlari  esa  nisbatan  bo'sh  (bular 

asosan  molekulalararo  kuchlar)  bo'ladi.  Shu  sababli  grafit  yupqa 

tangachalar holida  ajraladi,  ularning o'zi juda  mustahkam  bo'ladi. 

Tangachalar  qog'ozga  oson  yopishadi.

Grafit  qalamlar  o'zagini,  shuningdek  elektrodlar  (sanoatdagi 

elektrolizlar  uchun)  tayyorlashda  ishlatiladi.  Texnik  moylar  bilan 

aralashma  holida  surkov  materiali  sifatida  foydalaniladi:  uning 

tangachalari surkaladigan yuzadagi notekisliklami yo'qotadi.  Grafit 

qiyin  suyuqlanadigan  va  haroratning  keskin  o'zgarishlariga  yaxshi 

chidaydigan  bo'lgani  uchun  grafit  bilan  gil  aralashmasidan 

metallurgiya  uchun  suyuqlantirish  tigellari  tayyorlanadi.  Grafit 

yadro  reaktorlarida  neytronlarni  sekinlatuvchi  sifatida  ham 

ishlatiladi.

Grafitning katta qatlamlari  Sibirda,  Oltoyda va boshqa joylarda 

uchraydi.  Grafitni koksdan sun’iy usulda olish ham yo‘lga qo'yilgan.

K a r b i n   —  qora  rangli  mayda  kristall  kukun.  Dastlab  60- 

yillarda  rus  kimyogarlari  tomonidan  sintez  qilingan,  keyinchalik 

tabiatda  top ilgan .  Karbin  kristallari  uglerod  atom larining 

navbatlashib  keladigan  oddiy  va  o ‘lchamli  bogianishlar  orqali 

bog‘langan  chiziqsimon  zanjirlaridan  tarkib  topgan:

- C  = C  -   C = C  -   C = C  -   ...  yoki  (—С = С—)„



Qattiqligi  jihatidan  karbin  grafitdan  ustun,  lekin  olmosdan 

ancha  keyinda  turadi.  Yarim  o'tkazgich  xossalariga  ega.  Havosiz 

joyda 2800  °C ga qadar qizdirilganda garbitga  aylanadi.

Tabiiy uglerod  element sifatida ikki izotopdan:  ^2C  (98,892%)

va  j3C  (1,108%)  dan  tarkib topgan.  Bundan  tashqari,  atmosferada

radioaktiv  izotop  ‘4C  ning  ozgina  aralashganligi  aniqlangan,  u 

sun’iy  yo‘l  bilan  olinadi  va  ilmiy  tadqiqotlarda  keng  ko‘lamda 

ishlatiladi.

Ko‘mir. 

Uglerodli birikmalar termik parchalanganda qora massa

—  ko‘mir  hosil  bo'ladi  va  uchuvchan  mahsulotlar  ajralib  chiqadi. 

K o‘mir  grafitning  mayin  kukunidan  iborat.  Ko'm irning  eng 

muhim  navlari  koks,  pista  ko'mir  va  qurum.

K o k s   toshko'mirni  havosiz  joyda  qizdirish  bilan  olinadi. 

Metallurgiyada qaytaruvchi sifatida ishlatiladi.

P i s t a   k o ‘ m i r   yog'ochning ko‘mirIanishidan  (havosiz joyda 

yoki havo juda oz bo‘lganda qizdirilganda) hosil bo‘ladi.  Metallurgiya 

sanoatida,  temirchilik  ustaxonalarida,  qora  porox  olish,  gazlarni 

yuttirishda va turmushda  ishlatiladi.

Q u r u m   uglevodorodlarni  (tabiiy  gaz,  asetilen,  skipidar  va 

b.)  cheklangan  miqdordagi  havoda  yondirish  (yoki  havosiz joyda 

termik  parchalash)  yo‘li  bilan  olinadi.  Rezina  ishlab  chiqarishda 

to ‘ldiruvchi  sifatida,  shuningdek  qora  b o ‘yoqlar  (bosm axona 

bo‘yog‘i,  tush)  va  etik  moyi  tayyorlashda  ishlatiladi.

S h i s h a   u g l e r o d   —  uglerodning  am orf  holda  mavjud 

bo'lishiga  misol.  U  uglerodli  birikmalarni  termik  parchalash  yo‘li 

bilan  ham  olinadi.  Ajoyib  xossalarga  ega:  mexanik  mustahkamligi 

katta,  zichligi,  elektr  o'tkazuvchanligi  kam,  qiyin  suyuqlanadi  va 

agressiv  muhitda  ishlatiladigan  apparatura  tayyorlash  uchun, 

shuningdek aviatsiyada va kosmonavtikada ishlatiladi.

Adsorbsiya. 

K o‘mir  (ayniqsa,  pista  ko'mir)ning  adsorblash 

xususiyati juda  kuchli  bo‘ladi.

Ko‘miming  va  boshqa  qattiq  yoki  suyuq  moddalaming  o‘z 

sirtida  bug4,  gaz  va  erigan  moddalarni  ushlab  qolish  xossasi  ad­

sorbsiya  deyiladi.

Yuzasida  adsorbsiya  sodir  bo'ladigan  moddalar 

adsorbentlar 

deyiladi.  Adsorblanadigan  moddalar 

adsorbatlar

  deyiladi.  Agar, 

masalan  siyoh  eritm asini  mayda  tuyilgan  ko'm irga  qo'shib 

chayqatilsa va so'ngra aralashma filtrlansa,  u  holda filtratda  rangsiz 

suyuqlik  —  suv  bo'ladi.  Bu  holda  erigan  bo'yoqning  hammasi 

ko'mirga  adsorblanadi.  Ko'mir  —  adsorbent,  bo'yoq  —  adsorbat.

Texnikada adsorbentlar sifatida alumosilikatlar,  sintetik smolalar 

va boshqa moddalar ishlatiladi.

Ko'mirning  adsorblash  xususiyati  uning  g'ovakligi  tufaylidir. 

G'ovaklar soni  qancha  ko'p  bo'lsa,  ko'mirning sirti  shuncha  katta 

va  adsorblash  xususiyati  shuncha  kuchli  bo'ladi.  Odatda  pista 

ko'mirning  g'ovaklari  turli  xil  moddalar  bilan  qisman  to'lgan 

b o 'la d i,  bu  esa  uning  adsorblash  xususiyatini  kamaytiradi. 

Adsorbsiyani  kuchaytirish  uchun  ko'mirga  maxsus  ishlov  beriladi

—  suv  bug'i  oq im id a  q izd irib ,  g'ovak lari  ifloslan tiru vch i 

moddalardan  tozalanadi.  Shunday  ishlov  berilgan  ko'mir 

aktiv 

ко ‘mir

  deyiladi.

Aktiv  ko'm ir  shakar  sharbatini  unga  sariq  rang  beruvchi 

qo'shimchalardan  tozalash,  o'simlik  moylari  va  yog'larni  tozalash 

uchun  keng  ko'lamda  ishlatiladi.  Aktiv  ko'mirdan  tayyorlangan 

tabletkalardan  («karbolen»)  tibbiyotda  organizm dan  zararli 

moddalarni  chiqarib  yuborish  uchun  foydalaniladi.  Aktiv  ko'mir 

protivogazlarda  zaharlovchi  m oddalarni  yutib  qolish  uchun 

ishlatiladi.  N .D.Zelinskiy yaratgan  filtrlovchi protivogazdan  1914— 

1918-  yillardagi  jahon  urushida  foydalanilgan,  bu  esa  bir  necha 

o'n  minglab  kishilarning  hayotini  saqlab  qolishga  imkon  bergan.

Kimyoviy xossalari. 



Odatdagi temperaturada ko'mir ancha inert 

bo'ladi.  Uning  kimyoviy  aktivligi  yuqori  temperaturalardagina 

namoyon  bo'ladi.  Ko'mir  oksidlovchi  sifatida  ba’zi  metallar  va 

metallmaslar bilan  reaksiyaga kirishadi.  Uglerodning metallar bilan 

hosil  qilgan  birikmalari 

karbidlar

 deyiladi.  Masalan:

4A1+3C=AI,C3

aluminiy

karbid


Kalsiy karbid amalda katta ahamiyatga ega, u ohak CaO bilan koksni 

elektr pechlarda  qizdirish  orqali  olinadi:

C aO +3C =C aC 2+CO

kalsiy

karbid


Vodorod bilan ko'mir nikel katalizator ishtirokida va qizdirilganda 

metan  —  tabiiy  yonuvchi  gazlarning  asosiy  tarkibiy  qismini  hosil 

qiladi:

C+2H 2=C H 4



Lekin  ko'm ir  qaytaruvchilik  xossalarini  nam oyon  qiladigan 

reaksiyalarga ko'proq kirishadi.  Bu hoi ko'mirning istalgan allotropik 

shakl  o'zgarishining  to'liq  yonishida  ko'rinadi:

C + 0 2= C 0 2



Ko'mir  temir,  mis,  rux,  qo'rg'oshin  va  boshqa  elementlarni 

ulaming oksidlaridan qaytaradi, uning bu xossasidan metallurgiyada 

shu metallarni olishda keng ko'lamda foydalaniladi.  Masalan:

2 Z n 0 + C = 2 Z n + C 0 2



Ko'mirning juda muhim kimyoviy xossasi  — uning atomlarining 

bir-biri  bilan  birikib,  puxta  bog'lanishlar  —  uglerod  zanjirlari 

hosil  qilishidir 

(III 

qism,  Organik  kimyoga  q.).

11.3- §.  Uglerod  oksidlari.  Karbonat  kislota

Uglerodning  ikkita oksidi  m a’lum:  CO  va  C 0 2.

Uglerod (II) oksid. 

Uglerod (II)  oksid  CO uglerodning kislorod 

yetishmaganida yonishi jarayonida hosil bo'ladi.  Sanoatda u yuqori 

temperaturada  ko'mir cho'g'i  ustidan  karbonat  angidrid  o'tkazish 

yo'li  bilan  olinadi:

C 0 2+ C = 2 C 0



Laboratoriya  sharoitida  uglerod  (II)  oksid  chumoli  kislotaga 

qizdirib  turib  konsentrlangan  sulfat  kislota  ta’sir  ettirish  (sulfat 

kislota  suvni  tortib  oladi)  orqali  olinadi:

H C 0 0 H = H 20 + C 0 T



Uglerod 

(II) 

oksid  —  rangsiz,  hidsiz,  nihoyatda  zaharli  gaz. 

Ishlab  chiqarish  binolarida  CO  ning  yo'l  qo'yiladigan  miqdori  1  1 

havoda 0,03  mg ni tashkil etadi.  U   avtomobildan  chiqadigan tutun 

gazlarda  hayot  uchun  xavfli  miqdorlarda  bo'ladi.  Shu  sababli,

garajlar,  ayniqsa  dvigatellarni  ishga  tushirish  paytida,  yaxshi 

shamollatiladigan  bo‘lishi  kerak.

Yuqori  temperaturalarda  uglerod  (II)  oksid  —  kuchli  qayta­

ruvchi.  U  ko‘pchilik  metallarni  ularning  oksidlaridan  qaytaradi. 

Masalan:

C 0+C u 0=C u C 0

2

Uglerod  (II)  oksidning  bu  xossasidan  rudalardan  metallar 



suyuqlantirib  olishda  foydalaniladi.

Havoda  uglerod  (II)  oksid  ko‘kish  alanga  berib  yonib,  ko'p 

miqdorda  issiqlik ajratib chiqaradi:

2 C 0 + 0 2=  2 C 0 2,  Д Я ;   = -572  kJ

Shuning  uchun  u  boshqa  gazlar  bilan  birgalikda  gazsim on  

yonilg'ining  ba’zi  turlari  —  generator  gazi  va  suv  gazi  tarkibiga

kiradi.


Uglerod  (II)  oksidda  uglerodning valentligi  uchga,  oksidlanish 

^uujasi  esa  +2 ^   Leng.  Buning sababi  3.10-§  da aytib o ‘tilgan.

Uglerod  (IV)  oksid.  Uglerod  (IV)  oksid  C 0

2

  (boshqacha  ayt- 



ganda  karbonat  angidrid)  tabiatda  organik  moddalar yonganida va 

chiriganida hosil bo'ladi.  Havoda (hajmiy ulushi 0,03%), shuningdek 

ko‘pchilik mineral  manbalar (narzan, boijom va b.) tarkibida bo'ladi. 

Hayvon  va  o'simliklar  nafas  olganida  ajralib  chiqadi.

Laboratoriya sharoitida C 0

2

 marmarga xlorid kislota ta’sir ettirib 



olinadi:

CaC0

3

+2H+=Ca

2

++H

2

0 + C 0



Sanoatda  uglerod  (IV)  oksid ohaktosh kuydirilganda hosil  bo'ladi:

CaC0

3

= C a 0 + C 0



C 0

2

  ning  struktura  form ulasini  shunday  ifodalash  mumkin: 



0 = C = 0 .  U  chiziqsimon shaklda bo'ladi.  Uglerodning kislorod bilan 

bog'lanishi qutbli,  lekin bog'lanishlar simmetrik joylashganligi tufayli 

C 0

2

  molekulasining  o'zi  qutbsiz bo'ladi  (3.13-rasm, 



a

  ga  q.).

Uglerod  (IV)  oksid  —  rangsiz  gazsimon  modda.  U  havodan

1,5  marta  og'ir,  shu  sababli  uni  bir  idishdan  boshqasiga  quyish 

mumkin. Yonishga va nafas olishga yordam bermaydi.  O't oldirilgan 

cho'p  uglerod  (IV)  oksidda  o'chadi,  uglerod  (IV)  oksidning  kon­

sentratsiyasi katta bo'lganda odam va hayvonlar bo'g'iladi.  U shaxta, 

quduq va yerto'lalarda ko'pincha xavfli miqdorlarda to'planib qoladi.

C 0

2

 xona temperaturasida 

6

  MPa bosimda suyuqlikka aylanadi. 

Suyuq  holda  po'lat  ballonlarda  saqlanadi  va  tashiladi.  Ballonning 

jo ‘mragi  ochilganda uglerod  (IV)  oksid  bug'lanadi,  natijada qattiq 

soviydi  va  gazning  bir  qismi  qorsimon  massaga  aylanadi.  Qattiq 

uglerod  (IV)  oksid  q u r u q   m u z   deyiladi.

Uglerod  (IV)  oksid kislotali  oksid xossalarini  namoyon  qiladi; 

suv  va  ishqorlarning  eritmalari  bilan  o ‘zaro  ta’sirlashadi.  Xona 

temperaturasida  1  hajm suvda taxminan  1  hajm  C 0

2

  eriydi.  Bunda 



karbonat kislota hosil bo‘ladi.  Reaksiya qaytar:

Muvozanat  boshlang'ich  moddalar  tomoniga  ko'p  siljigan  bo'ladi, 

ya’ni erigan C 0

2

 ning juda oz qismigina kislotaga aylanadi.  Ishqorlar- 



ning  eritmalari  bilan  o'zaro  ta’sirlashganda tuzlar  hosil  bo'ladi:

C 0

2

  yuqori  temperaturalarda  oksidlash  xossalarini  namoyon 



qiladi:  ko'mir va aktiv metallar bilan reaksiyaga  kirishadi.  Masalan:

O't  oldirilgan  magniy tasmasi  karbonat  angidridda  yonadi.

Uglerod  (IV)  oksid  soda,  shakar  ishlab  chiqarishda,  suv  va 

ichimliklami gazlashtirish uchun,  suyuq holda — o't o'chirgichlarda 

ishlatiladi.  Quruq muzdan tez buziladigan  mahsulotlarni saqlashda 

foydalaniladi.

Karbonat kislota. 



Karbonat  kislota  faqat  eritmadagina  mavjud 

bo'ladi.  Qizdirilganda  u  uglerod  (IV)  oksid  bilan  suvga  ajraladi. 

Karbonat  kislota  molekulasida vodorod  atomlari  kislorod  atomlari 

bilan  bog'langan  bo'ladi:

U  ikki  asosli  kislota sifatida bosqich  bilan dissotsilanadi.  Dastlab,

C 0 2+ H 20 ^ H 2C 0 3

C 0 2+ 2 N a 0 H = N a 2C 0 3+ H 20

C 0 2+ C = 2 C 0

C 0 2+ 2M g=2M g0+C

H 2C 0 3  <=*  H-  +  H C 0 3



va so'ngra juda oz darajada quyidagicha dissotsilanadi-

H C 0 3  <=>  H +  +  H C O 2- 



Karbonat  kislota  kuchsiz  elektrolitlar  qatoriga  kiradi.

11.4-  §.  Karbonat  kislotaning  tuzlari

Karbonat  kislota  ikki  qator  tuzlar:  o ‘rta  tuzlar  —  karbonat  va 

nordon  tuzlar  —  gidrokarbonatlar  hosil  qiladi.  Ular  tuzlarning 

umumiy  xossalarini  namoyon  qiladi.  Ishqoriy  metallarning  va 

ammoniy karbonatlari  hamda gidrokarbonatlari suvda yaxshi eriydi. 

Karbonat  kislotaning  o ‘zi  beqaror  b o‘lgani  bilan  uning  tuzlari 

barqaror  birikmalardir.  Ular  kislotani  ishqor  bilan  o'zaro  ta’sir 

ettirilganda  olinishi  mumkin.  Ishqoriy  metallar  bilan  ammoniy 

karbonatlarining eritmalari gidrolizlanishi tufayli  ishqoriy muhitga 

ega bo‘ladi:

C O 2'   + H

20<=*  H C O 3- + O H -

Ishqoriy-yer  m etallarning  karbonatlari  suvda  kam  eriydi. 

A ksincha,  gidrokarbonatlari  yaxshi  eriydi.  Gidrokarbonatlar 

karbonatlar,  uglerod  (IV)  oksid  va  suvdan  hosil  bo'ladi:

C a C 0


3+ C 0 2+ H 20 = C a (H C 0 3)2

Gidrokarbonatlarning  eritmalari  qaynatilganda  ular  karbo- 

natlarga aylanadi:

C a (H C 0 3)2— *—» C a C 0

3i + H 20 + C 0 2T

Karbonat kislotaning quyidagi tuzlari katta amaliy ahamiyatga ega.

N a t r i y   k a r b o n a t   N a

2

C 0 3;  texnikadagi  nomlari:  soda, 



karbonat  soda.  Bu  suvda  yaxshi  eriydigan  oq  kukun.  Suvdagi 

eritm ad a n   k rista llgid ratlar  N a

2

C 0

3

  •  1 0 H

2

0 ,   sh u n in g d ek  



N a

2

C 0

3

- 7 H 20   va  N a

2

C 0

3

- H 20   h o lid a   k ristallanadi.  Bu 

kristallgidratlar  k r i s t a l l   s o d a   deyiladi.  Qizdirilganda  suvsiz, 

y a ’ni  su v sizla n tirilg a n   (k a lsin a tsiy a la n g a n )  soda  N a

2

C 0



(kalsinatsiya  —  «qizdirish»  so'zidan)  hosil bo'ladi.  Suvsizlantirilgan 

sodadan  uning  boshqa  turlari:  kristall  soda,  ichimlik  soda  olinadi. 

Soda  shisha,  sovun,  qog‘oz  ishlab  chiqarishda,  ro‘zg‘orda  yuvish 

vositasi  sifatida va b.  maqsadlarda ishlatiladi.

N a t r i y   g i d r o k a r b o n a t   N a H C 0 3;  texnikadagi  nomlari: 

ichimlik soda,  bikarbonat soda.  Bu suvda  kam eriydigan oq kukun. 

Qizdirilganda  (100  °C  gacha)  oson  parchalanadi:

2 N aH C 0

3=N a2C 0 3+ H 20 + C 0 2T

Ichim lik  soda  tibbiyotda  (jig'ildon  qaynaganda  ichiladi), 

ro‘z g ‘orda,  su n ’iy  m ineral  suvlar  ishlab  chiqarishda  va  o ‘t


o ‘chirgichlarni  to ‘ldirishda,  qandolatchilikda  va  non  yopishda 

ishlatiladi.

K a l i y   k a r b o n a t   K

2

C 0 3,  boshqacha  aytganda  potash  — 



suvda  yaxshi  eriydigan  oq  kukun.  O'simliklar  kulining  tarkibida 

b o ‘ladi.  Suyuq  sovun,  qiyin  suyuqlanadigan  optik  shisha, 

pigmentlar  ishlab  chiqarishda  ishlatiladi.

K a l s i y   k a r b o n a t   C a C 0

3

  tabiatda  b o ‘r,  marmar  va 



ohaktosh  ko'rinishida  uchraydi,  ular  binokorlikda  ishlatiladi. 

Ohaktoshdan  ohak va  uglerod  (IV)  oksid  olinadi.

Karbonat-ionga sifat reaksiya. 



Download 6.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling