' G. P. Xomchenko, I. G. Xomchenko


Olinishi  va  ishlatilishi


Download 6.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/81
Sana15.12.2017
Hajmi6.95 Mb.
#22307
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81

Olinishi  va  ishlatilishi. 

Fosfor  apatitlar  yoki  fosforitlardan 

olinadi.  Buning  uchun  ular  ko'mir  (koks)  va  qum  bilan  aralash- 

tiriladi hamda elektr pechda  1500 °C da qizdiriladi:

3Ca3(P 0 4 )2 + 10C+6Si02  = 6CaSi03 + P4 +10CO

4P+ 20ё = P4 

C+ 


2e

  = C+2


1

10

Bu  reaksiyada  fosfor bug'lari  quyuqlashadi va  suvli  yig'gichda 



tutib  qolinadi.

Qizil  fosfor  gugurt  ishlab  chiqarish  uchun  ishlatiladi.  Qizil 

fosfor,  surma  (III)  suifid,  temir  surigi  (kvars  aralashgan  tabiiy 

tem ir  (III)  oksid)  va  yelimdan  aralashm a  tayyorlanadi,  bu 

18  —  G.  P.  Xomchenko 

273


aralashma gugiirt qutisining yon sirtlariga surtiladi.  Gugurt kallagi 

asosan bertole  tuzi,  maydalangan  shisha,  oltingugurt va  yelimdan 

tarkib topgan  bo‘ladi.  Gugurt  kallagi gugurt qutisining yon  sirtiga 

ishqalanganda qizil fosfor alangalanadi, kallak tarkibini o 't oldiradi, 

undan  esa  cho'p  yonadi.

Oq  fosfor  ko‘p  ishlatilmaydi.  Undan  odatda  tutun  pardalar 

hosil qilishda foydalaniladi. Qora fosfor juda kamdan-kam hollarda 

ishlatiladi.



10.11- §.  Fosfor  oksidlari  va  fosfat  kislotalar

Fosfor oksidlari. 

Fosfor bir nechta oksidlar hosil qiladi.  Ulardan 

eng  muhimlari  P40 6  va  P4O l0.  Ko'pincha  ulaming  formulalari 

soddalashtirilgan  holda  P20 3  va  P20 5  tarzida  yoziladi  (oldingi 

oksidlarning  indekslari  2 ga bo‘lingan).

F o s f o r   (III)  o k s i d   P40 6  —  mo‘msimon  kristall  massa,

22,5  °C da suyuqlanadi.  Fosforni kislorod yetishmaydigan sharoitda 

yondirish yo‘li bilan olinadi.  Kuchli  qaytaruvchi.  Juda zaharli.

F o s v o r   (V) o k s i d   P4O 10 — oq gigroskopik kukun.  Fosforni 

mo‘l havo yoki kislorodda yondirish orqali olinadi.  U suv bilan juda 

shiddatli  birikadi,  shuningdek,  boshqa  birikmalardan  ham  suvni 

tortib oladi.  Gazlar va suyuqliklami qurituvchi sifatida ishlatiladi.



Fosforning  oksidlari  va  barcha  kislorodli  birikmalari  azotning 

xuddi  shunday  birikmalariga  qaraganda  ancha  mustahkamroqdir, 

bunga  sabab  azotga  nisbatan  fosforda  metallmaslik  xossalarining 

susayganligidir.

Fosfat  kislotalar. 

Fosfor  (V)  oksid  P4O 10  suv  bilan  o'zaro 

ta’sirlashib,  trimetafosfat  kislotani  H3(P 0 3)3  hosil  qiladi  (uning 

formulasi soddalashtirilgan holda H P 0 3 sifatida yoziladi); bu kislota 

mo'l  suv bilan  qaynatilganda  fosfat  kislota  H 3P 0 4  ni  hosil  qiladi; 

H3P 0 4 qizdirilganda difosfat kislota  H4P20 7 hosil bo'ladi:

З Р 0 10+ 6Н 20 = 4 Н 3( Р 0 3)3

Н 3( Р 0 3)3+ ЗН 20 = З Н 3Р 0 4

2Н 3Р 0 4= Н 4Р20 7+ Н 20

Bulardan amalda eng katta ahamiyatga ega bo'lgani fosfat kislota

chunki uning tuzlari  — fosfatlardan o'g'itlar sifatida foydalaniladi.

Fosfat  kislota  —  oq  qattiq  modda.  Suv bilan  istalgan  nisbatda



aralashadi.  U  nitrat  kislotadan  farq  qilib,  oksidlovchi  emas  va 

qizdirilganda  parchalanmaydi;  bunga  sabab  shuki,  fosfor  uchun 

xos  bo‘lgan  barcha  oksidlanish  darajalari  orasida  +5  oksidlanish 

darajasi eng barqarordir. Sanoatda fosfat kislota ikki usul: ekstraksiya 

va termik usul bilan olinadi.

Birinchi usulga ko‘ra maydalangan kalsiy fosfatga sulfat kislota 

bilan  ishlov  beriladi:

CaS04 cho‘kma holida tushadi,  kislota esa eritmada qoladi.  Kislota 

bilan  birga  eritmaga  ko'pchilik  qo'shimchalar  —  temir,  aluminiy 

sulfatlari va b.  ham o'tadi.  Bunday kislota o'g'itlar ishlab chiqarish 

uchun  ishlatiladi.

Ikkinchi usulga ko'ra dastlab (tabiiy fosforni elektr pechda qay- 

tarish  yo'li  bilan)  fosfor olinadi.  So'ngra  uni  P4O 10  oksidga  qadar 

oksidlanadi  va bu  oksidni  suv bilan  biriktirib,  sof kislota  (konsen­

tratsiyasi  80%  gacha)  olinadi.

Fosfat kislotaning tuzlari. 

Fosfat kislota molekulasida vodorod 

atomlari  kislorod  bilan  bog'langan:

Suvdagi  eritmada  fosfat  kislota bosqich bilan  dissotsilanadi.  U 

uch  asosli  kislota  bo'lgani  uchun  uch  xil  tuz  —  fosfatlar  hosil 

qiladi:


1)  fosfatlar  —  fosfat  kislotadagi  vodorodning hamma  atomlari 

o'm ini  boshqa  atomlar  olgan,  masalan  K3P 0 4  —  kaliy  fosfat, 

(NH4)3P 0 4  —  ammoniy  fosfat;

2)  gidrofosfatlar —  kislotadagi ikki vodorod  atomining  o'mini 

boshqa  atomlar  olgan,  masalan  K2H P 0 4  —  kaliy  gidrofosfat, 

(NH4)2H P 0 4  —  ammoniy  gidrofosfat;

3)  digidrofosfatlar  —  kislotadagi  bitta  vodorod  atomining 

o' r ni ni   boshqa  atom   olgan,  m asalan,  K H 2P 0 4 

—  kaliy 

digidrofosfat,  N H 4H2P 0 4  —  ammoniy  digidrofosfat.

Ishqoriy  metallarning va ammoniyning barcha  fosfatlari  suvda 

eriydi.  Fosfat  kislotaning  kalsiy  tuzlaridan  suvda  faqat  kalsiy 

digidrofosfat  Ca(H2P 0 4)2  eriydi.  Kalsiy  gidrofosfat  C aH P 04  va

Ca3( P 0 4)2+ 3H 2S 0 = 2 H 3P 0 4+ 3C aS


kalsiy  fosfat  Ca3(P 0 4)2  organik  kislotalarda  eriydi  (  organik 

kislotalar podzol va torfli tuproqlarda boiadi).



10.12- §.  Mineral  o‘g‘itlar

Tarkibida o ‘simliklar uchun zaruriy oziq elementlari bo'ladigan 

moddalar,  asosan  tuzlar 

mineral  о ‘g'itlar

 

deyiladi.  Ular yuqori  va 

barqaror  hosil  olish  maqsadida  tuproq  unumdorligini  oshirish 

uchun tuproqqa qo'shiladi.



Makro  va  mikroo‘g‘itlar. 

0 ‘simliklarning  o'sib  rivojlanishi 

uchun  zarur  bo'lgan  asosiy  kimyoviy  elementlar  quyidagilardir 

(ular  o'nta):  С,  О,  H,  N,  P,  K,  Ca,  Mg,  Fe,  S.  O'simliklaming 

mineral  oziqlanishi  uchun  zaruriy  elementlardan  N,  P,  К  va 

ba’zi boshqalari o'simliklarga ko'p miqdorlarda kerak bo'ladi.  Shu 

sababli  ular 

makroelementlar

 

deyiladi,  tarkibida  shu  elementlar 

bor  o'g'itlar 

makroo‘g ‘itlar

 

yoki  odatdagi  o'g'itlar  deyiladi.

Lekin  tirik  organizmlarga  yuqorida  aytib  o'tilgan  10  element 

bilan  birga juda  oz  miqdorlarda  (mikromiqdorlarda)  B,  Cu,  Co, 

Mn,  Zn,  Mo,  J  kabi  kimyoviy  elementlar  ham  zarur.  Ular 

mikroelementlar,

 

tarkibida  shunday  elementlar  bor  o'g'itlar  esa



— 

mikroo‘g ‘itlar

 

deyiladi.  Hozir  mikroo'g'itlarsiz  —  dalalarning 

vitaminlarisiz  ish  yuritib  bo'lmaydi,  chunki  ulardan  foydalanish 

qishloq  xo'jaligi  ishlab  chiqarishida  qo'shim cha  imkoniyatlar 

yaratadi.

0 ‘g‘itlarning  klassifikatsiyasi. 

Mineral  o'g'itlar  oddiy  (bir 

tomonlama  ta’sir  etadigan)  va  kompleks  (murakkab  va  aralash) 

o'g'itlarga bo'linadi.

O d d i y   o ' g ' i t l a r   tarkibida  bitta  oziq  elementi  bo'ladi. 

Masalan,  natriyli selitra tarkibida azot,  kaliy xlorid tarkibida kaliy 

bor va h.

M u r a k k a b   o ' g ' i t l a r  ning  bir  xil  zarrachalari  tarkibida 

ikkita va undan ko'p oziq elementi bo'ladi.  Masalan,  kaliyli selitra 

tarkibida kaliy bilan azot,  nitrofoskada — azot,  fosfor hamda kaliy 

bo'ladi va h.

A r a l a s h   o ' g ' i t l a r   turli  xil  o'g 'itlarn in g   —  oddiy, 

murakkab o'g'itlarning mexanik aralashmasidan iborat bo'ladi.  Ular 

ko'pincha o ' g ' i t   a r a l a s h m a l a r i   deyiladi.

O 'g 'itlar  ishlab  chiqaradigan  sanoat  o ' g ' i t   s a n o a t i  

deyiladi.  Hozirgi  vaqtda  bu  sanoat  mineral  o'g'itlarning  40  dan 

ortiq  turini  ishlab  chiqarmoqda.

Azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar. 

O'g'itlar orasida azotli, fosforli 

va kaliyli o'g'itlar eng katta ahamiyatga ega.


A z o t l i   o ‘g ‘ i t l a r   tarkibida,  ilgari  ta’kidlab  o ‘tilganidek, 

bog'langan  azot  bo'ladi.  Bular  selitralar  (natriy,  kaliy,  ammoniy 

va  kalsiy  nitratlari),  ammoniy  turlari,  suyuq  ammiak,  ammiakli 

suv,  mochevina  —  CO(NH2)2  (qoramollar  ozig'iga  ham  qo'shib 

beriladi,  tarkibida  eng  ko'p  —  47%  azot  bo'ladi)  va  b.  Hozirgi 

vaqtda  bu  o'g'itlardan  eng  ko'p  ishlatiladigani  ammiakli  selitra, 

ya’ni  ammoniy  nitratdir.  U  bir-biriga  qovushib  qolmasligi  uchun 

donador  (granula)  holda  ishlab  chiqarilidi.

F o s f o r l i   o ' g ' i t l a r   —  bular  fosfat  kislotaning  kalsiy  va 

ammoniyli  tuzlaridir.  Ular  ishlab  chiqariladigan  barcha  mineral 

o'g'itlarning  yarmini  tashkil  etadi.  Eng  ko'p  tarqalgan  fosforli 

o'g'itlar  quyidagilardir.

F o s f o r i t   t a l q o n i ,   fosforitlarni  mayda tuyish yo'li  bilan 

olinadi.  Uning tarkibida kam eriydigan tuz,  Ca3(P 0 4)2 borligi sababli 

o'sim liklar  faqat  kislotali  tu p roqlarda  —  podzol  va  torfli 

tuproqlardagina  o'zlashtirilishi  mumkin.  Mayin  tuyilganligi, 

shuningdek  uni  tuproqqa  kislotali  o'g'itlar,  masalan,  (NH4)2S 0 4 

yoki  go'ng  bilan  birga  solish  o'zlashtirilishini  osonlashtiradi.

O d d i y   s u p e r f o s f a t ,  apatit va fosforitlaiga sulfat kislota bilan 

ishlov  berish  orqali  olinadi.  Ishlov  berishdan  maqsad  —  o'simliklar 

har qanday  tuproqda  yaxshi  o'zlashtiradigan  eruvchan  tuz  olishdir:

Ca3(P 0 ),+ 2 H 2S 0 4= C a(H 2P 0 4)2+ 2C aS04

Donador  o'g'itlarning  kukunsimon  o'g'itlarga  nisbatan  ancha 

afzalliklari  bor:  ularni  saqlash  oson  (qovushib  qolmaydi),  o'g'it 

seyalkalari  yordamida  tuproqqa  solish  qulay,  lekin  asosiysi  —  u 

ko'pchilik tuproqlarda hosilni ancha oshiradi.

Q o ' s h   s u p e r f o s f a t   —  tarkibi  C a(H 2P 0 4)2  bo'lgan 

konsentrlangan  fosforli  o 'g 'it.  Oddiy  superfosfatga  nisbatan 

taqqoslanganda  tarkibida  ballast  —  C aS 0 4yo'qligi jihatdan  afzal. 

Qo'sh superfosfat ikki bosqichda olinadi.  Dastlab fosfat kislota olinadi 

(10,11-§  dagi  tenglamaga  q.).  So'ngra  apatit  yoki  fosforit  fosfat 

kislotaning  suvdagi  eritm asi  bilan  ishlanadi.  Boshlang'ich 

moddalaming miqdori quyidagi tenglamaga muvofiq olinadi:

Ca3( P 0 4)2+ 4H 2P 0 = 3 C a ( H 2P 0 4)2

P r e t s i p i t a t   —  tarkibi  C aH P 0 4 • 2H20   bo'lgan  konsentr­

langan  fosforli  o'g'it.  Suvda kam  eriydi,  lekin organik kislotalarda 

yaxshi  eriydi.  Fosfat  kislotani  kalsiy  gidroksid  eritmasi  bilan 

neytrallash  orqali  olinadi:



S u y a k   t a l q o n i ,   uyhayvonlariningsuyaklariniqaytaishlab 

olinadi,  tarkibida  Ca3(P 0 4)2  bor.

A m m o f o s   — tarkibida fosfor va azot bo'ladigan o'g'it.  Fosfor 

kislotani ammiak bilan neytrallanganda hosil bo'ladi. Odatda tarkibida 

NH4H2P 0 4 va  (NH4)2H P 0 4 bo'ladi.

Shunady  qilib,  fosfat  kislotaning  kalsiy  va  ammoniy  tuzlari 

fosforli  o'g'itlar  hisoblanadi.

K a l i y l i   o ' g ' i t l a r   ham o'simliklarning oziqlanishi uchun 

zarur.  Tuproqda kaliy yetishmasa hosil va o'simliklarning noqulay 

sharoitga chidamliligi sezilarli darajada pasayadi.  Shu sababli, qazib 

olinadigan kaliy tuzlarining 90% ga yaqinidan kaliyli o'g'itlar sifatida 

foydalaniladi.

Eng  muhim  kaliyli  o'g'itlar  quyidagilardir:

1)  i s h l o v   b e r i l m a g a n   t u z l a r   maydalangan  tabiiy 

tuzlardan, asosan silvinit NaCl • KC1 va kainit M gS04 • KC1 • 3H20  

minerallaridan  iborat.

2)  k o n s e n t r l a n g a n   o ' g ' i t l a r   tabiiy  kaliyli  tuzlarni 

qayta  ishlash  natijasida olinadi,  bular  KC1  va  K2S 0 4.

3 ) y o g ' o c h   va  t o r f   k u l i   tarkibida  potash  —  K2C 0 3 

bo'ladi.


Tarkibida  mikroelementlar  bo'ladigan  aralash  o'g'itlar  ishlab 

chiqarishga alohida e’tibor beriladi.

lO-BOBGA  D O IR   TESTLAR  VA  ULARNING  YECHIM LARI

10.1. 

Quruq  holdagi  qizil  fosfor qaysi  tuz gardi  bilan  aralash- 

tirilgan zahotiyoq  kuchli  alanga  hosil qilib oksidlanadi?

A)  kaliy  sulfat;  B)  kaliy  nitrat;  C)  kaliy  gidrofosfat; 

D)  kaliy  nitrit;  E)  kaliy  ortofosfat.

Yechish:

 Fosfor erkin holda oksidlovchi xususiyatga ega bo'lgan 

moddalar bilan aralashtirilganda yoki kuchsiz qizdirilganda kislorod 

hosil  qilib  parchalanadigan  moddalar  (Bertolle  tuzi,  kaliy  nitrat 

va  boshqalar)  ta’sirida  fosfor  (V)  oksidgacha  oson  oksidlanadi:

2 P + 5 K N 0 3= 5 K N 0 2+ P 20 5

2P°  -  10e  —»  2P+5 

N +5  + 2 ?   -»  N +3



Javob:

 В bo'ladi.



10

.

2

.

  Konsentrlangan nitrat kislota bilan 7,75 g fosfor orasidagi 



reaksiya  natijasida  ajralib  chiqqan  gaz  m oddaning  hajm ini 

(1,  n.  sh.)  va  reaksiyada  q atn ash g an   barcha  m o d d alar 

koeffitsiyentlari  yig‘indisini  hisoblang.

A)  11,2;  13  B)  16,8;  15  C)  33,6;  14  D)  28;  13  E)  22,4;  12



Yechish: 

Reaksiya tenglamasi

P + 5 H N 0 3= 5 N 0 2+ H 3P 0 4+ H 20

bo'yicha  1  mol  fosfor  oksidlanganda  5  mol  azot  (IV)  oksid  hosil 

bo'ladi.  Test  shartida  berilgan  fosfor  miqdori 

n(

P)  =  7,75  :  31  = 

0,25  mol,  unda  hosil  bo'lgan  azot  (IV)  oksid  miqdori  « (N 0 2)  = 

0,25 • 5  =  1,25  mol,  uning hajmi  esa  K N 0 2)  =  1,25 • 22,4  =  28  1 

bo'ladi.

Tenglamadagi  koeffitsiyentlar yig'indisi  13  ga teng.



Javob:

 

D  

bo'ladi.

10.3.  Juda  kuchli  suyultirilgan  nitrat  kislota  eritmasi bilan  rux 

orasidagi reaksiya tenglamasida qatnashgan boshlang'ich moddalar 

va  mahsulotlarning  koeffitsiyentlar  yig'indisini  hisoblang.

A)  24;  B)  22;  C)  20;  D)  19;  E)  17.



Yechish:

 Aktiv  metallar  konsentratsiyasi  kuchsiz  bo'lgan  nitrat 

kislota bilan  reaksiyasi  natijasida oksidlanish  darajasi  —  3  bo'lgan 

azot  (ammiak)  hosil  bo'ladi,  eritmadagi  mo'l  miqdorda  olingan 

nitrat  kislota bilan  birikib,  ammoniy  nitratni  hosil  qiladi:

4 Z n + 10H N O 3= 4Z n(N O 3)2+ N H 4N O 3+ 3H 2O

Zn°  + 2e  —>  Z n +2 

N +5  + 8e  ->  N"3

Tenglamadagi  moddalar  koeffitsiyentlari yig'indisi  22  ga teng.

Javob:

 

В 

bo'ladi.

10.4. 

Nisbiy molekular massasi  150  dan  kichik bo'lgan  modda 

tarkibida  48,5%  kislorod,  undan  2,25  marta  ko'proq  vodorod  va 

ulardan  tashqari,  azot  va  fosfor  elementlari  tutgan  modda  for­

mulasini toping.  Uning tarkibidagi azotning miqdori fosfornikidan

2  martadan  ko'proq ekanligini  hisobga oling.

A)  (N H 4)2H P 0 4;  B)  (N H 4)3P 0 4;  C)  (N H 4)3P 0 3;

D)  N H 4P 0 3;  E)  (N H 4)H 2P 0 4



Yechish.

  Massasi  100  g  b o 'lg a n   m odda  nam unasidagi 

kislorodning  miqdori 

n(0)

  =48,5  :  16=3,03  mol,  vodorodning



miqdori  esa  л(Н)  =   л(О)  •  2,25=3,03  •  2,25=6,82  mol.  Javoblarda 

keltirilgan  moddalar  formulalari  orasidan  faqat  bittasida  azotning 

miqdori fosfomikidan ikki  marta katta bo'lishi shartiga (N H

4

)

2

H P 0



javob beradi.  Undan kislorod va vodorodlar mol nisbatlarini topamiz: 



6,82  :  3,03=2,25  :  1  yoki  ularni  4  ga  ko'paytirsak,  9  :  4  hosil 

bo'ladi.  Uning  molekular  massasi  132  ga  teng.

Javob:

 A bo'ladi.

10.5. 

Ammiak  molekulasining  dipol  momenti  ц=4,9  ■ 10

‘30 


Kl  •  m,  azot  (III)  ftorniki  esa  0 ,7 -  10 

30

  K l- m   ga  teng.  Bu 



qiymatlar  orasidagi  katta  farqning  sababi  qanday  tushuntiriladi?

1

)  ftor  a to m in in g   n isb iy   e le k tr m a n fiy lig i  v o d o ro d  



atominikidan katta farq qiladi; 2)  N  —  H va N   —  F  bog'larini 

d ip ol  m om entlarining  vektorlari  qarama-qarshi  tom on 

yo'nalgan;  3)  azot  atomining  taqsimlanmagan  elektron jufti 

vaN —  Fbog'ining dipol  momenti ta’siri N  —  H  bog'inikiga 

qaraganda  kamroq bo'ladi;  4)  N   —  H  bog'ining qutb vektori 

bilan  azot  atomidan  taqsimlanmagan elektron juft yo'nalishi 

bir tomonga,  N   —  F bog'ining vektoriga esa teskari tomonga 

yo'nalgan bo'ladi;  5)  N   —  F bog'i vektori va N t i   yo'nalishi 

bir  tomonga,  N  —  H  va  N t i   yo'nalishi  teskari  tomonga 

bo'lganligi  natijasida  dipol  moment  har  xil  bo'ladi.

A)  2,  4  В)  1,  2  C)  2,  3  D)  3,  4  E)  2,  5.

Yechish.

  Bog'lar  vektorlari  har  xil  tomonga  yo'nalishi  (strelka 

nisbiy  elektrmanfiyligi  kichik  elem entdan  shu  xususiyat  katta 

bo'lgan  element  tomoniga  (N<—H  va  N —>F)  yo'nalgan  bo'ladi. 

Azot  atomidagi  taqsimlanmagan  elektron  juftining  vektori  azot

atomidan  elektron  juft  yo'nalishi  tomoniga  H —

Ti   yo'nalishi 

va  umumiy  vektor  uzunligi  qo'shilishiga  olib  keladi,  dipol  m o­

ment  yuqori  qiymatga  ega bo'ladi.  Azot  (III)  ftoridida  esa bunday

yo'nalishlar qarama-qarshi tarzda bo'ladi:  F<— 

n

T I  ularning  farqi 

N  —  F  bog'inikini  kamaytiradi  (3.4-§  ga  qarang).

Javob:

  A  bo'ladi.

1 1 - B O B .

  UGLEROD  GRUPPACHASI

1 1 .1 -§ .  Uglerod  gruppachasining  umumiy  tavsifi

Uglerod  gruppachasiga  uglerod,  kremniy,  germaniy,  qalay  va 

qo'rg'oshin  kiradi.  Bular  D .I.M endeleyev  davriy  sistemasi  IV 

gruppasining  p-elem entlaridir.  Ularning  atomlarining  tashqi

pog'onasida  to'rttadan  elektron  bo'ladi  — 

ns2np2

  (

1 1


.

1

-jadval, 

2

-p.),  ularning  kimyoviy xossalari  o'xshashligiga sabab ana shudir.

G ruppachadagi  dastlabki  ikki  e lem en t  atom lari  tashqi 

pog'onasining  elektron  tuzilishini  shunday  tasvirlash  mumkin:

3d

2p

3p

2s

t   t


3s

t   t


6c  

U

1



t

1



 



 

I

n=2 

!__________ ! 

n - 3  

I__________ j



Qo'zg'almagan holda ulaming atomlarida 2 tadan juftlashmagan 

elektron  bo'ladi.  Gruppachadagi  barcha  elementlar  atomlarining 

tashqi pog'onasida erkin orbitallar borligi uchun  qo'zg'algan holatga 

o'tganida 

5

-p og'on ach an in g  elektronlari  bir-biridan  ajraladi 



(punktir  strelkalar  bilan  ko'rsatilgan).

Uglerod  gruppachasining  elementlari  birikmalarida  + 4  va  —4, 

shuningdek 

+ 2


  oksidlanish  darajasini  namoyon  qiladi,  yadroning 

zaryadi  kattalashishi  bilan 

+ 2


  oksidlanish  darajasi  ko'proq 

nam oyon  bo'ladi.  Uglerod,  kremniy  va  germaniy  uchun  + 4, 

qo'rg'oshin  uchun 

+ 2


  oksidlanish  darajasi  ko'proq  xos.  —4 

oksidlanish  darajasi  С  —  Pb  qatorida  tobora  kamroq  uchraydi.

Uglerod  gruppachasidagi  elementlaming  ba’zi  xossalari  11.1 -§ 

jadvalda keltirilgan.

Uglerod  gruppachasining  elementlari  umumiy  formulasi  R 0



va  RO  bo'lgan  oksidlar  hosil  qiladi,  vodorodli  birikmalarining 



um um iy  formulasi  esa  R H 4.  U glerod  bilan  kremniy  yuqori 

oksidlarining gidratlari kislota xossalariga ega, qolgan elementlaming 

gidratlari  esa  amfoter,  kislota  xossalari  germaniy gidratlarida,  asos 

xossalari  esa  —  qo'rg'oshin  gidratlarida  kuchliroq  ifodalangan. 

Ugleroddan  qo'rg'oshinga  o'tgan  sari  vodorodli  birikmalari  R H



ning  puxtaligi  kamayadi:  C H

4

  —  mustahkam,  barqaror  modda, 

PbH

4

 esa erkin holda ajratib olinmagan.  Gruppachada tartib raqami 



ortishi  bilan  atom ning  ionlanish  energiyasi  kamayadi  va  atom 

radiusi  kattalashadi  ( 1 1 .1-jadvalning  3-  va 

6

-p  ga  q.),  y a ’ni 



m etallm aslik  xossalari  susayib,  m etallik  xossalari  kuchayib 

boradi.

Xossalari

С

Si



Ge

Sn

Pb



1.  Tartib raqami

6

14



32

50

82



2. Valent elektronlari

2?2Р'

3s*3p3

4s24p}

5^5p3


6s>6pi

3. Atomning ionlanish 

energiyasi,  eV

11,3


8,2

7,9


7,3

7,4


4.  Nisbiy elektrmanfiyligi

2,50


1,8

1,8


1,8

1,9


5.  Birikmalaridagi 

oksidlanish  darajasi

+4,+2, 

- 4


+4,+2, 

- 4


+4,  - 4

+4,+2, 


- 4

+4,+2, 


- 4

6. Atomning radiusi

0,077

0,134


0,139

0,158


0,175

Download 6.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling