' G. P. Xomchenko, I. G. Xomchenko


Birinchi savolga siz biladigan  ma’lumotlar asosida javob berish


Download 6.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/81
Sana15.12.2017
Hajmi6.95 Mb.
#22307
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81
Birinchi savolga siz biladigan  ma’lumotlar asosida javob berish 

mumkin.  Istalgan  metall  elektrolit  eritmasiga botirilganda  m etall/ 

eritma  sirt  chegarasida  potensiallar  ayirmasi  vujudga  keladi,  u 

elektrod potensiali

  deyiladi.  Har  qaysi  elektrodning  potensiali  metall- 

ning  tabiatiga,  uning eritmadagi  ionlarining konsentratsiyasiga va 

temperaturaga bog'liq.

Alohida  elektrodning  potensialini  bevosita  o'lchab  bo'lmaydi. 

Shuning  uchun  elektrod  potensiallar 

standart  vodorod  elektrodga 

nisbatan  o'lchanadi,  uning  potensiali  temperaturaning  barcha 

qiymatlarida  shartli  ravishda  nolga  teng  deb  olinadi.  Vodorod 

elektrod  platina  kukuni  (elektrolitik  cho'ktirilgan  platina)  bilan 

qoplangan  platina  plastinkadan  iborat  bo'lib,  u  sulfat  kislota 

eritm asiga  b otirilgan   b o 'la d i;  k islo ta   eritm asid a  vod orod  

ionlarining  konsentratsiyasi  1  mol/1  ga  teng:  plastinkani  25°C 

da  101,325  kPa  bosim li  gazsim on  vodorod  oqim i  yuvib  o'tib 

turadi  (12.3-  rasm).

Molekular vodorod eritmadan o'tganida eriydi va platina siitiga yaqinlashadi. 

Platina sirtida vodorod molekulalari atomlarga ajraladi va adsorblanadi (sirtga 

o'tiradi). Vodorodning adsorblangan atomlari Нй  ionlanadi:

Hads -   e  ->  H +

vodorod  ionlari  esa  elektronlarni  biriktirib 

olib,  adsorblangan holatga o'tadi:

H +  + ё   ->  H ads.

V odorod  elek tro d d ag i  a n c h a   to 'liq  

muvozanat  ushbu sxema bilan  ifodalanadi:

2 H + + 2 e ^ 2 H ;ids(Pl)^ H 2

Bu muvozanatning o‘rta qismi odatda tushirib 

qoldiriladi, lekin bunday muvozanatning qaror 

topishida platina juda katta rol o' ynashini nazarda 

tutish  lozim.

Л

H,

12.3- rasm. Standart 



vodorod elektrod

Agar  endi  istalgan  metall 

plastinkasini  uning  tuzining 

eritmasiga botirib (bu eritmada 

metall  ionlarining  konsentra­

tsiyasi 

1

  mol

/1

  bo'lishi  kerak), 

standart  vod orod   elek trod  

bilan  12.4-rasmda ko'rsatilgani 

kabi  ulansa,  u  holda  galvanik 

element  (elektr-kimyoviy  zan­

jir)  olinadi;  bu  elem entning 

elektr  yurituvchi  kuchini  (qis­

qartirilgan  EYK)  oson 

0

*

1

- 

ch ash   m um kin.  Shu  EYK 

berilgan  elektrodning  standart 

elektrod  p otensiali  deyiladi 

(odatda,  i?   bilan  belgilanadi).

Shunday  qilib, 

tekshirilayotgan  elektrod  bilan  standart  vodorod 

elektroddan  tuzilgan  galvanik  elementning  (elektr  kimyoviy 

zanjirning)  EYK  elektrod potensiali  deyiladi.



Bunday  zanjir  12.4-rasmda  tasvirlangan.  Elektrod  potensiali 

oksidlanish-qaytarilish  potensiali

  ham  deyiladi.

Elektrod potensiallami E va standart elektrod potensiallami 

В

  bilan 

belgilashda  belgilar  yoniga  shu  potensial  qaysi  sistemaga  taalluqliligini

ko'rsatuvchi  indeks  qo'yish  qabul  qilingan.  Masalan,  2H+ + 2e<=>H



sistemaning  standart  elekdrod  potensiali  E° 



,  Li++e<=>Li

2H+/H

2

sistemaniki  E° 



,  М п 0 7 + 8 Н ++5ё ^ M n 2++ 4H 20   sistem an ik i

Li+ / Li 

4

 



1

e sa E

0

 







kabi  yoziladi.

М П О


4 + 8 Н   / M n  

+ 4 H 20


Metallarni standart elektrod potensiallarining algebraik qiymati 

ortib borishi  tartibida joylashtirib, 

1 2


.

1

- jadvalda  ko'rsatilgan  qator 



olinadi.  Unga  boshqa  oksidlanish-qaytarilish  sistemalari  (shu 

jumladan,  metallmaslar  sistemalari  ham)  ularning  E  ga  muvofiq 

holda  kiritilishi  mumkin,  masalan,  EC|/ C|_=1,36 

B,

  Ef2 / f - =  2,87 

В

,

E°  ,  = -  

0

  515  va h.  12.1-jadvalda ko'rsatilgan  qatomi eng mu-



s /s 2~

him  metallardan  tuzilgan,  25°C  suvli  eritmalardagi  oksidlanish- 

qaytarilish  sistemalari  standart  elektrod  potensiallari  qatorining

12.4- rasm.  Metallning standart 

elektrod potensialini o'lchash 

uchun galvanik zanjir:



1—  a n iq la n a d ig an   elektrod;  2—  p o - 

tensiom etr;  3—  standart  v o d o ro d  

elektrod;  4—  kaliy  xlo rid   eritm asi


bir  b o ‘lagi  sifa tid a   qarash  m u m k in .* 

Bu  qatordan  o ld in  

N .  N .  Beketovning  «siqib  chiqarish  qatori»  tuzilgan  edi.

Standart  elektrod  potensiallarning  k o ‘pchiligini  tajribada 

aniqlash mumkin.  Lekin  ishqoriy metallar va ishqoriy-yer metallar 

uchun  E°  qiymatlari  faqat  nazariy  hisoblab  topiladi,  chunki  bu 

metallar  suv  bilan  o'zaro  ta’sirlashmaydi.

Standart  elektrod  potensiallar  qatori  metallarning  k i m y o ­

v i y   x o s s a l a r i n i   tavsiflaydi.  Bu  qator  elektrolizda  ionlar 

qanday ketma-ketlikda qaytarilishini aniqlash uchun,  shuningdek, 

metallarning boshqa xossalarini bayon  qilishda ishlatiladi  (10.9- va

12.5-  §  larga q.).

Potensialning algebraik qiymati  qancha  kichik b o‘lsa,  shu m e- 

tallning  qaytaruvchilik  xususiyati  shuncha  kuchli  va  ionlarining 

oksidlash  xususiyati  shuncha  kam  b o ‘ladi.

Bu  qatordan  ko'rinib  turibdiki,  litiy  metali  —  eng  kuchli 

qaytaruvchi,  oltin  —  eng  kuchsiz.  Va,  aksincha,  oltin  ioni  Au3+ 

eng kuchli  oksidlovchi,  litiy  ioni  Li+  — eng  kuchsiz  (2 1 .1 -jadvalda 

bu  xossalarning  kuchayib  borishi  strelkalar  bilan  ko'rsatilgan).

Standart  elektrod  potensiallar  qatorida  har  qaysi  metall  o'zidan 

keyingi metallarni tuzlarining eritmalaridan siqib chiqara oladi.  Lekin 

bu  hamma  hollarda  ham  albatta  siqib  chiqaradi,  degan  so'z  emas. 

Masalan,  aluminiy  misni  mis  (II)  xlorid  CuCl

2

  eritmasidan  siqib 



chiqaradi,  lekin  uni  mis  (II)  sulfat  CuCO^  eritmasidan  amalda  siqib 

chiqara olmaydi.  Bunga sabab shuki, aluminiy sirtidagi himoya pardasini 

xlorid-ion  СГ  lar  sulfat-ion  SO

4

'   larga  qaraganda  tezroq  yemiradi.



Metallarni  ularning  tuzlari  eritmalaridan  ancha  aktiv  ishqoriy 

metallar  va  ishqoriiy-yer  metallar  tom onidan  siqib  chiqarilish 

reaksiyalarining  tenglam alarini,  ko'pincha,  standart  elektrod 

potensiallar  qatori  asosida  yozadilar  va,  tabiiyki,  xato  qiladilar. 

Bu  holda  metallar  siqib  chiqarilmaydi,  chunki  ishqoriy  metallar 

va  ishqoriy-yer  metallarning  o'zi  suv  bilan  reaksiyaga  kirishadi.

Standart  elektrod  potensiallarning  qiymatlari  manfiy bo'lgan, 

ya’ni  qatorda  vodoroddan  oldin  turgan  barcha  metallar  suyul­

tirilgan  kislotalardan  (HCI  yoki  H

2

S 0

4

  ga  o'xshash)  vodorodni

AQSHda elektrod potensiallarning teskari  ishoralari qabul qilingan: 



eng musbati (+3,04 V).  Li+/Li elektrodda va eng manfiyi  (—2,87 V)  F2/2 F  

sistemada.  Ingliz tilidan taijima qilingan o'quv adabiyotida xuddi shunday 

hisoblash  tartibini  uchratish  mumkin.

Simvol  Hg  simob  (I)  tuzining  eritmasida  simob  elektrodga  tatbiq 

etiladi,  uning  ionini,  dim er  holida  tasvirlash  qabul  qilingan:


siqib  chiqaradi  va  o ‘zi  kislotalarda  eriydi.  Lekin  qo‘rg‘oshin  sulfat 

kislotaning suyultirilgan eritmalarida amalda erimaydi.  Bunga sabab 

shuki,  qo‘rg‘oshin  sirtida  darhol  kam  eriydigan  qo'rg'oshin  sulfat 

P b S 0

4

  tuzidan  iborat  himoya  qatlami  hosil  bo'ladi  va  u  eritmani 



metallga  tekkizmay  qo'yadi.  Qatorda  vodoroddan  keyin  turgan 

metallar  uni  kislotalardan  siqib  chiqara  olmaydi.

Keltirilgan  misollardan  shunday  xulosa  chiqarish  mumkin: 

standart  elektrod  potensiallar  qatoridan  foydalanishda  ko'rib 

chiqilayotgan  jarayonlarning  o'ziga  xos  xususiyatlarini  e ’tiborga 

olish  lozim.  Eng  asosiysi  —  shuni  nazarda  tutish  kerakki,  standart 

elektrod  potensiallar  qatorini  suvdagi  eritmalargagina  tatbiq  etish 

mumkin  va  ular  suvli  muhitda  boradigan  oksidlanish-qaytarilish 

reaksiyalarida  metallarning  kimyoviy  aktivligini  ko'rsatadi.

Standart  elektrod  potensiallar  qatorida  natriy  Na  kalsiy  (Ca) 

dan  keyin  joylashgan:  uning  standart  elektrod  potensialining 

algebraik qiymati  kattaroq.

Har  qanday  galvanik  elementning  EYK  ini  standart  elektrod 

potensiallar E°  ning ayirmasidan  hisoblab topish  mumkin.  Bunday 

EYK  doim o  musbat  kattalik  ekanligini  nazarda  tutish  kerak. 

Shuning  uchun  algebraik  qiymati  katta  bo'lgan  elektrod  poten- 

sialidan algebraik qiymati kichik bo'lgan elektrod potensialini ayirish 

lozim.  Masalan,  mis — rux elementining EYKi standart sharoitlarda 

0,34  -   ( - 0 ,7 6 ) =  1,1  V  bo'ladi.

12.6-  §.  M eta llar  olishning  asosiy  usullari



Metallar  tabiatda  erkin  holatda  (yombi  metallar)  va,  asosan, 

kimyoviy  birikmalar  holida  uchraydi.

Aktivligi  eng  kam  bo'lgan  metallar  yombi  metallar  holida 

uchraydi.  Ulaming  asosiy vakillari  oltin  bilan  platinadir.  Kumush, 

mis,  simob,  qalay  tabiatda  yombi  holida  ham,  birikmalar  holida 

ham,  qolgan barcha metallar (standart elektrod  potensiallar qatorida 

qalaygacha  bo'lgan  metallar)  faqat  boshqa  elementlar  bilan  hosil 

qilgan birikmalari  holida  uchraydi.

Tarkibida metallar va ulaming birikmalari bor,  sanoatda metallar 

olish uchun yaroqli bo'lgan minerallar va tog' jinslari 

rudalar

 deyiladi. 

Metallarning  eng  muhim  rudalari  ularning  oksidlari  va  tuziaridir 

(sulfidlari,  karbonatlari  va  h.k.).  Agar  ruda  tarkibida  ikkita  va undan 

ko'p  metallarning  birikmalari  bo'lsa,  bunday  rudalar 

polimetall 

rudalar

  deyiladi  (masalan.  mis-ruxli.  qo'rg'oshin-kumushli  va  b.)

Rudalardan  metallar  olish  —  metallurgiyaning  vazifasidir.

Metallurgiya  —  bu  tabiiy xomashyodan  sanoatda  metallar olish 

usuli  haqidagi  fan.  Metallurgiya  sanoati  ham  metallurgiya  deyiladi.



Hozirgi  metallurgiyada  75  xildan  ko‘p  metallar va ular asosida 

turli-tuman qotishmalar olinadi.  Metallar olishning usullariga qarab 

piro-,  gidro-  va elektrometallurgiya bo‘ladi.

P i r o m e t a l l u r g i y a   m etallurgiyada  yetakchi  o ‘rinni 

egallaydi.  U  rudalardan metallarni yuqori temperaturalarda qaytarish 

reaksiyalari  yordamida  olish  usullarini  o ‘z  ichiga  oladi.  Qayta­

ruvchilar  sifatida  ko'm ir,  aktiv  metallar,  uglerod  (II)  oksid, 

vodorod,  metan  ishlatiladi.  Masalan,  ko‘mir  bilan  uglerod  (II) 

oksid  qizil  mis  rudasi  (kuprit)  Cu20   dan  misni  qaytaradi:

C

u



20 + C = 2 C

u

+ C 0



C

u

20 + C 0 = 2 C



u

+ C 0 2


Temir rudalaridan  cho'yan va  po‘lat  olish  ham pirometallurgiyaga 

misol bo'ladi  (14.9-  §  ga  q.).

Agar  ruda  metall  sulfidi  bo'lsa,  u  oldin  kuydirib  oksidlash 

(havoli joyda  kuydirish)  y o ‘li  bilan  oksidga  aylantiriladi.  Masalan:

2 Z n S + 3 0 2= 2 Z n 0 + 2 S 0 2 



So'ngra  metall  oksidi  ko'mir yordamida  qaytariladi:

2 Z n 0 + C = 2 Z n + C 0 2



Ko'mir  (koks)  bilan  qaytarib  olinadigan  metallar  karbidlar 

hosil  qilmaydigan  yoki  beqaror  karbidlar  (uglerodli  birikmalar) 

hosil  qiladigan  hollardagina  qo'llaniladi;  bunday  metallarga temir 

va  ko'pchilik  rangdor  metallar  —  mis,  rux,  kadmiy,  germaniy, 

qalay,  qo'rg'oshin va b.  kiradi.

Metallarni  ularning birikmalaridan  kimyoviy jihatdan aktivroq 

bo'lgan  boshqa  metallar  bilan  qaytarish  m e t a l l o t e r m i y a  

deyiladi.  Bu jarayonlar ham yuqori temperaturalarda sodir bo'ladi. 

Qaytaruvchilar  sifatida  aluminiy,  magniy,  kalsiy,  natriy  shuning­

dek,  kremniy  ishlatiladi.  Agar  qaytaruvchi  aluminiy  bo'lsa,  u 

holda  jarayon  a l u m i n o t e r m i y a ,   agar  magniy  bo'lsa  — 

m a g n i y t e r m i y a   deyiladi.  Masalan:

Cr20 3+ 2 A l= 2 C r+ A l20 3;  TiCl4+2M g=Ti+2M gCI2



Metallotermiya yo'li bilan,  odatda,  qaytarilganda ko'mir bilan 

karbidlar hosil qiladigan  metallar (va ulaming qotishmalari) olinadi. 

Bular  —  marganes,  xrom,  titan,  molibden,  volfram  va  b.  Ba’zan 

metallar ularning  oksidlaridan  vodorod  bilan  qaytariladi  (v  о  d  о  - 

r o d o t e r m i y a ) .   Masalan:

M o 0 3+ 3H 2= M o + 3 H 20 ; 

W 0 3+ 3 H 2= W +3H 20

Bunda juda toza metallar olinadi.


G i d r o m e t a l l u r g i y a g a   metallarni tuzlarining eritmalari­

dan  olish  usullari  kiradi.  Bunda  ruda  tarkibiga  kiradigan  metall 

dastlab m os reagentlar yordamida eritmaga o ‘tkaziladi,  s o ‘ngra shu 

eritmadan  ajratib  olinadi.  M asalan,  tarkibida  mis  (II)  oksid  CuO 

bor  mis  rudasiga suyultirilgan  sulfat  kislota bilan  ishlov berilganda 

mis sulfat holida eritmaga o'tadi:

C u 0 + H



2S 0 4= C u S 04+ H 20

So'ngra  mis  eritmadan  elektroliz  y o ‘li  bilan  yoki  tem ir  kukuni 

yordam ida  siqib  chiqarish  orqali  ajratib  olinadi:

CuSO ,+Fe =  Cu+FeSO,



4  

4

Hozirgi  vaqtda  qazib  olinadigan  barcha  misning  25%  ga  yaqini 

gidrometallurgiya usuli bilan olinadi.  Bu usulning kelajagi porloq,  chunki 

rudani yer yuzasiga  chiqarmay  turib  metallar  olishga  imkon  beradi.

Oltin,  kumush,  rux,  kadm iy,  molibden,  uran  va boshqa m etallar 

ham  shu  usul  bilan  olinadi.  Tarkibida  yom bi  oltin  bor  rudaga 

m aydalangandan  keyin  kaliy  sian id  eritmasi  bilan  ishlov  beriladi. 

Bunda  oltinning ham masi  eritmaga  o ‘tadi.  U   eritmadan  elektroliz 

usulida  yoki  rux  metali  bilan  siqib  chiqarish  orqali  ajratib  olinadi.

E l e k t r o m e t a l l u r g i y a g a   metallarni elektroliz yordamida 

olish  usullari  kiradi.  Bu  usul  bilan  asosan  yengil  m etallar  — 

alum iniy  (13.11-  §  ga  q.),  natriy  (1 3 .2 -  §  ga  q.)  va  boshqa  suyuq­

lantirilgan  oksidlaridan  yoki  xloridlaridan  olinadi.

Elektrolizdan  ba’zi  m etallarni  tozalash  uchun  ham   foyda­

laniladi.  Tozalanadigan  m etalldan  anod  tayyorlanadi.  Elektroliz 

vaqtida anod eriydi,  metall  ionlari eritmaga o ‘tadi,  katodda esa ular 

c h o ‘kadi.  Elektrolitik  toza  metallar:  mis,  kumush,  tem ir,  nikel, 

q o ‘rg‘oshin  va  boshqalar  ana  shunday  olinadi.

Hozirgi  yarim o‘tkazgichlar  texnikasi  bilan  atom   texnikasiga 

nihoyatda toza  (qo'shim chalar  miqdori  ko‘pi  bilan 

1 0


“%)  metallar 

zarur.  M etallarni  puxta  tozalashning  eng  muhim   usullari  zonali 

suyuqlantirish,  metallarning  uchuvchan  birikmalarini  qizdirilgan 

sirtda  parchalash,  metallarni  vakuumda  qayta  suyuqlantirish  va  b.

Shunday  qilib,  m etallarni  birikmalaridan  olish n in g  barcha 

usullari  oksidlanish-qaytarilish  jarayonlariga  asoslangan.

12.7- §.  Metallarning  korroziyalanishi

M etallar  korroziyaga  uchraydi.  K orroziyalanish  deganda 

metallarning tevarak-atrofdagi  muhit ta’sirida yemirilishi tushuniladi. 

Bu  o ‘z - o ‘zidan  boradigan  oksidlan ish-qaytarilish  jarayonidir. 

Yemirilishning sodir b o ‘lish mexanizm iga ko‘ra korroziya ikki xil  — 

kim yoviy va  elektrokim yoviy  bo'ladi.

M etallnng tevarak-atrofdagi  muhitda oksidlanib  yemirilishida 

sistem ada  elektr  toki  paydo  boMmasa,  bunday  yemirilish 

kim yoviy 

korroziyalanish  deyiladi.

Bu holda metall  muhitning tarkibiy qismlari — gazlar va noelek­

trolitlar  bilan  reaksiyaga  kirishadi.

K im yoviy  korroziyalanishning  gazdan  korroziyalanish  d eyi­

ladigan  turi,  ya’ni  metallarning  havo  kislorodi bilan birikishi  katta 

zarar  keltiradi.  Harorat  ko'tarilganda  k o 'pchilik  m etallarning 

oksidlanish tezligi juda ortib  ketadi.  M asalan,  temirda 250 —  300°C 

dayoq  oksidlarning  ko'rinadigan  pardasi  hosil  bo'ladi.  600°С  va 

undan  yuqorida  metallarning  sirti  tem irning  turli  xil  oksidlari: 

FeO;  F e

3

0 4;  F e

2

0

3

  dan  iborat  kuyindi  qatlami  bilan  qoplanadi. 



Kuyindi  tem irni  keyingi  oksidlanishdan  m uhofaza  qila  olm aydi, 

chunki  unda  darz  ketgan  joylar  va  g'ovaklar  bo'lib,  ular  metallga 

kislorodning  o'tishini  osonlashtiradi.  Shuning  uchun  tem ir  80°C 

dan  yuqorida  qizdirilganda  uning  oksidlanish  tezligi  juda  ortib 

ketadi.

Noelektrolitlardagi  kim yoviy  korroziyalanishga  ichki  yonuv 

dvigatellari  silindrlarining  yem irilishi  m isol  bo'la oladi.  Y oqilg'ida 

qo'shim chalar  —  oltingugurt  va  uning  birikmalari  bo'ladi,  ular 

yonganida  oltingugurt  (IV)  va  (VI)  oksidlarga  —  korrozion-aktiv 

m oddalarga  aylanadi.  Ular  reaktiv  dvigatel- 

larning  d etallarini  —  so p lo   va  boshq alarni 

yemiradi.

Elektrokim yoviy  korroziya  eng  katta  zarar 

keltiradi.

M etallning elektrolit muhitida yemirilishida 

sistem a  ichida elektr toki vujudga k elsa, bunday 

y em irilish  

e le k tro k im y o v iy   k o rro ziya la n ish  

deyiladi.

Bu  holda  kim yoviy  jarayonlar  (elektronlar 

berish)  bilan  birga  elektr jarayonlar  (elektron­

larning bir qism dan boshqa qismga  o'tishi)  ham 

sodir  bo'ladi.

E lektrokim yoviy  korroziyalanishga  m isol 

tariqasida elektrolit xlorid kislota eritmasida (ya’ni 

vodorod  ionlari  N +  ning konsentratsiyasi yuqori 

bo'lganda)  misga  tegib  turgan  tem irning  kor- 

roziyalanishini  keltirish  m um kin.  M etallar bir-

12.5- rasm.

Galvanik juftning 

ta ’sir  sxemasi.


biriga bunday tegib turganda galvanik elem ent vujudga keladi (7

. 1


 -  § 

va  12.5-  rasmga q).*

12.5-  rasmda k o ‘rsatilganidek,  aktivroq  metall  — tem ir (anod) 

elektronlarini mis atomlariga berib,  oksidlanadi va Fe2+ ionlari holida 

eritmaga  o ‘tib,  m uhitning  xlorid  ionlari  bilan  temir  (II)  xlorid 

FeC l

2

  hosil  qiladi.  V odorod  ionlari  esa  misga  (katodga)  borib, 



elektronlarni  biriktirib  oladi  va  zaryadsizlanadi.  Bu  reaksiyalarni 

ionli ko'rinishda ushbu um um iy tenglam a bilan  ifodalash mumkin:

Fe -  2F=  Fe2+

2H+ + 2e  =  H

2  


Fe + 2H+  =  Fe2+  + H

2

yoki



Fe + 2HC1  =  FeCl

2

  + H

2

Katodlarda  vodorod  ionlari  (yoki  suv  molekulalari)  zaryadsiz- 

lanishi  o ‘rniga  elektrolitda erigan  kislorodning  qaytarilish jarayoni 


Download 6.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling