strategik sherikchilik to’g’risida bitim imzolandi. 15 moddadan iborat mazkur bitim
o’zaro xavfsizlikni ta’minlash, global tahdidlarga qarshi harakat qilish, siyosiy, iqtisodiy
va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan strategik sherikchilikning
mustahkam poydevori bo’lib xizmat qiladi. Uchrashuv davomida O’zbekiston
Respublikasi bilan «Lukoyl» neft kompaniyasi OAJ hamda «O’zbek neft-gaz» milliy
xolding kompaniyasi bilan «Gazprom» ochiq aktsiyadorlik jamiyati o’rtasida mahsulot
taqsimotiga oid bitim imzolandi. Bu hujjat Rossiya tomonidan O’zbekiston yoqilg’i-
energetikasi sohasiga qariyb 1 mlrd. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritishni
nazarda tutadi. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo hajmi 2003 yilda 1 mlrd. 149 mln. AQSh
dollarini tashkil etdi.
O’zbekiston Rossiya o’rtasidagi munosabatlar tom ma’nodagi teng huquqlilik,
o’zaro manfaatdorlik, bir-birlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini
hurmat qilish tamoyillari asosida chuqurlashib bormoqda.
366
O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasida davlatlararo
munosabatlarga asos solishda I.Karimovning 1992 yil
avgust
oyida Kievga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Tashrif chog’ida, 25
avgust kuni O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Ukraina Prezidenti Leonid
Kravchuk O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasida davlatlararo munosabatlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |