£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet372/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

O’zbekiston va Ukraina 

aloqalari 


 

367


1994 yil 21-22 dekabr kunlari Belorus Respublikasi Prezidenti Aleksandr 

Lukashenko rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo’ldi. Tashrif paytida davlatlararo, 

hukumatlararo hamda har ikki davlat muassasalari o’rtasida 18 ta hujjat imzolandi. 

O’zbekiston bilan Belorus o’rtasida do’stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash 

haqidagi Deklaratsiyani, Madaniyat va san’at sohasida hamkorlik qilish to’g’risida 

shartnomani I.Karimov va A.Lukashenko imzoladilar. Hukumatlar o’rtasida daromad va 

mulklardan ikki tomonlama o’zaro soliq olmaslik, avtomobil, temir yo’l, xavo yo’li va 

pochta aloqasi bo’yicha hamkorlik haqidagi bitimlar imzolandi. Tashqi ishlar vazirliklari 

o’rtasida maslahatlashuv haqida protokol hamda tarmoqlararo hujjatlar imzolandi. 

1995 yil 30-31 mart kunlari O’zbekiston Prezidenti I.Karimov Moldova 

Respublikasida rasmiy safarda bo’ldi. I.Karimov va Moldova Prezidenti Mircha Snegur 

o’rtasidagi muzokaralar nihoyasida O’zbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi 

o’rtasida do’stona hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Hukumatlar o’rtasida erkin 

savdo munosabatlarini rivojlantirish, fan-texnika, madaniyat va san’at, pochta xizmati, 

aloqa, bank sohalarida hamkorlik, samolyotlar qatnovini yo’lga qo’yish, ikki tomonlama 

soliq, olmaslik to’g’risidagi o’ndan ziyod bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar izdan chiqqan 

aloqalarning tiklanishi uchun huquqiy zamin yaratdi. 

O’zbekiston uchun ishlab chiqilayotgan shakar, dori-darmon, qishloq-

xo’jalik texnikasi, elektro-texnika asbob-uskunalari, sug’orishda 

foydalaniladigan nasoslar kerak. Moldova sanoati uchun esa, O’zbekistonning 

paxtasi, kimyoviy tolasi, qattiq metallari kerak. Bu zaruriyat ikki mamlakat 

hamkorligining zaminidir. 

 

1995 yil 5 sentyabrda Gruziya davlat rahbari, 



respublika parlamenti raisi Eduard Shevernadze 

rasmiy tashrif bilan O’zbekistonda bo’ldi. Bu  

tashrif O’zbekiston bilan Gruziya o’rtasidagi qadimiy aloqalarni tiklashda muhim 

ahamiyatga ega bo’ldi. Ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi 

va muzokaralar nihoyasida I.Karimov va E.Shevernadze tomonidan O’zbekiston va 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling