01 умичт ўқув қул


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma



 
SUVANOVA F. U. 
 
 
 
 
“O‘SIMLIK MOYLARI ISHLAB 
CHIQARISH TEXNOLOGIYASI”
fanidan o’quv qo’llanma 



664(075.32) 
Taqrizchilar: 
Ismatov S.SH. –Buxoro muhandislik-texnologiya instituti dotsenti, t.f.n. 
Abdiev A. - Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti dotsenti, q.x.f.n 
 
O’quv qo’llanmada o’simlik moylari ishlab chiqarish texnologik jarayonlar va 
ularni amalga oshirish uchun qo’llaniladigan qurilmalarning tuzilishi, ishlashi va 
asosiy texnik ko’rsatkichlari bayon etilgan. 
O’quv qo’llanma to’rtta qismdan iborat. Birinchi qismda moyli urug’larni qabul 
qilish va saqlash jarayonlari va qurilmalarning tusilishi va ishlashi ta’riflangan. 
Ikkinchi va uchinchi qismlarda moyli urug’larni moy olishga tayyorlash va presslash 
usulida moy olish texnikasi turlari, tusilishi va ishlashi yoritilgan
To'rtinchi qismida ekstraktsiya usulida moy olish qurilmalari, ekstraktsiya 
jarayoniga turli omillarning ta’siri, mistsella va shrotni qayta ishlash erituvchini 
regeneratsiyalash va rekuperatsiyalash jarayonlari va qurilmalari bayon etilgan. 
O’quv qo’llanma 5321000 - Oziq-ovqat texnologiyasi (yog’-moy mahsulotlari) 
ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan. Undan talabalar kurs loyihalari va 
bitiruv malakaviy ishlarni bajarish uchun, yog’-moy sanoati mutaxassislari, 
tadbirkorlar va fermerlar ham foydalanishlari mumkin. 



KIRISH 
Yog’-moy sanoati, oziq-ovqat sanoatining eng muhim va murakkab sohalaridan 
biridir. Uning asosiy xom ashyo moyli urug’lar, tayyor mahsulot – oziqa va texnik 
moylardir. Yog’-moy sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan kunjara va shrot 
qishloq xo’jaligida oqsilga boy bo’lgan ozuqa sifatida ishlatiladi. Moyli urug’lardan 
o’simlik moylardan tashqari vitaminlar, fosfatidlar va boshqa biologik faol 
moddalarga boy bo’lgan mahsulotlar olinadi. 
Moyli xom ashyoni qayta ishlash ratsional texnologiyasini to’g’ri tashkil etish 
orqali ishlab chiqilgan o’simlik moylarning miqdorini oshirish va uning tarkibidagi 
faol, foydali komponentlarni saqlab qolishga olib keladi. Buni amalga oshirish uchun 
texnologik jarayonlarni boshqaradigan mutaxassislar urug’larning fiziologik va 
biokimyoviy xususuyatlari, turli xil texnologik omillarning xom ashyo va tayyor 
mahsulotlar tarkibiga ta’siri, texnologik jarayonlarni boshqarish, zamonaviy 
texnologik uskuna va jihozlari haqida bilimga ega bo’lishi kerak.
Yog‘-moy tarmog’ini zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish asosida
jadal rivojlantirishni 
ta’minlash va yog’-moy sanoatini boshqarish tizimini 
takomillashtirish 
maqsadida, 
shuningdek, 
2017-2021 
yillarda 
О’zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar 
strategiyasi va О’zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi 
vazifalariga muvofiq: yog’-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishning resurs bazasini 
kengaytirish, yog’-moy korxonalaridagi asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish
ularni ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish va hisobini yuritishning zamonaviy 
tizimlari bilan jihozlashni nazarda tutuvchi О’zbekiston Respublikasi yog’-moy 
tarmog’ini jadal rivojlantirish bо’yicha “yо’l xaritasi” tasdiqlandi. Bundan tashqari, 
tizimidagi yog’-moy korxonalar tomonidan mavjud ishlab chiqarish texnologik 
tizimlarni zamonaviy, resurstejamkor va avtomatlashtirilgan uskunalar bilan 
jihozlashga qaratilgan bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. 
Shu sababdan ham “O’simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi” fanini 
talabalarga o’qitish ularni shu soha bo’yicha mutaxassis bo’lib yetishishlarida muhim 
ahamiyatga ega.



O’quv qo’llamada o’simlik moylari ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining 
maqsadi, ularni amalga oshirish uchun qo’llaniladigan zamonaviy uskunalar va 
jihozlarning turlari, tuzilishi, ishlashi va texnik tavsifi batafsil yoritilgan. 
O’quv qo’llanma 5321000 - oziq–ovqat texnologiyasi (yog’–moy mahsulotlari) 
bakalavriat yo’nalishi uchun O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim 
vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturi asosida yozilgan.



Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling