1- ma’ruza. Kirish. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi. Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari. Reja


Download 154.48 Kb.
bet16/44
Sana09.06.2023
Hajmi154.48 Kb.
#1473401
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
1- Ma\'ruza. Kirish. O\'sish va rivojlanish qonuniyatlari

Suyaklarning tarkibi va xillari. Suyaklar tarkibi organik va anorganik
moddalardan iborat. Suyakning organik moddasiga ossein deyilib, u
suyak vaznining 1/3 qismini tashkil etadi, qolgan 2/3 qismi anorganik
m oddalardan iborat. Yosh kattalashgan sari suyaklar tarkibidagi
anorganik moddalar miqdori ortib boradi. Shuning uchun keksalaming
suyagi mo‘rt boladi. Kalsiy, fosfor, magniy va boshqa elementlar nisbati
ham o‘zgaradi. Kichik maktab yoshidagi bolalar suyagi tarkibida ko‘proq
kalsiy, katta maktab yoshidagi bolalaming suyagi tarkibida fosfor tuzlari
ko‘p boladi. Suyaklarning tuzilishi va kimyoviy tarkibi o‘zgarishi bilan
ularning fizik xossalari ham o‘zgaradi. Bolalarning suyagi, tog‘aylari
mayin, qayishqoq bo‘ladi. 7 yoshda naysimon suyaklarning tuzihshi katta
odamlarnikiga o‘xshashdir. Lekin 10-12 yoshlarda suyakning g‘ovak
moddasi jadal o‘zgaradi. Bolaning yoshi qancha kichik bolsa, suyak ust
pardasi suyakning zich qavatiga shuncha yopishadi, 7 yoshda suyak ust
pardasi zich qavatdan ajralib turadi. 7 dan 10 yoshgacha naysimon
suyaklarning ilik qismi o‘sishi sekinlashadi, 11-12 yoshdan 18 yoshgacha
naysimon suyaklar to ‘la shakllanib boladi.
Suyak xillari. Suyaklar shakli va tuzilishiga ko‘ra naysimon, yassi va aralash
suyaklarga bo‘linadi. Naysimon suyaklar qo‘l-oyoq skeleti tarkibiga kirib, ular orasida uzunlari yelka, bilak, tirsak, son suyaklari kaltalari qo’l va oyoq kaft va
barmoq suyaklari hisoblanadi. Har bir naysimon suyakning tanasi (diafız)
va ikki uchi (epifiz) farq qilinadi. Yassi suyaklarning shakli har xil bo‘lib,
ularga kallaning qoplovchi suyaklari, kurak va chanoq suyaklari kiradi.
Aralash suyaklar esa turli shaklda bo‘ladi. Suyaklar yuzasida notekishklar,
do‘mboq, teshiklar va egatlar bo‘lib, ularga umurtgalar, kaft usti va tovon
suyaklari kiradi. Muskullar, paylar, boylamlar birikadi yoki tomirlar,
nervlar o‘tadi.

Download 154.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling